Sarvdoshlar oilasi – Cupressaceae. Bu oilaga 20 turkumga mansub 145
o‘simlik turi yer yuzining Antarktidadan tashqari deyarli hamma qit’alarida
tarqalgan. Ular uncha baland bo‘lmagan daraxt o‘simliklari bo‘lib, smola yo‘llari
yo‘q. Lekin maxsus hujayralarida smola va efir moylari to‘planadi. Shu sababli
o‘simlik o‘ziga xos hid tarqatadi. Barglari ko‘p yillik, ignasimon yoki qipiqsimon,
qarama-qarshi yoki halqa shaklida joylashgan. Uning aksariyat qismi bir uyli, erkak
qubbalar yakka-yakka holda joylashgan. Mikrosporofillari qipiqsimon, uning ost
tomonida 2-6 mikrosporangiylar joylashgan. Mikrosporalarida havo yo‘llari yo‘q.
Urg‘ochi qubbalarida yopqich va urug‘barglari birlashgan. Boshlang‘ich
urug‘murtagi to‘g‘ri, egilmagan 1 dan 12 ga qadar. Boshlang‘ich urug‘murtaklari
ko‘p sonli (ayrim hollarda 200 taga kadar) to‘p bo‘lib joylashgan. Bu oila vakillarini
urg‘ochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oilaga bo‘lish tavsiya qilinadi. Bu
kenja oilalar Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Juniperideae), tuyalar (Thujoideae).
Sarv turkumiga 15 ga yaqin daraxt o‘simliklari mansub
bo‘lib, shimoliy yarim sharlarning tropik o‘lkalarida
keng tarqalgan. Ular piramida shaklidagi daraxt, bargi
qipiqsimon tuzilishli, efir moyli. Urg‘ochi qubbasi
halqasimon
shaklda
joylashgan
besh
qirrali
qipiqsimon,
ko‘p
urug‘li,
pishgandan
so‘ng
urug‘barglarga ajaraladi. Urug‘i ikki yilda yetiladi.
Sarvning keng tarqalgan turlaridan biri doimiy yashil
pirmidal sarv (S. piramidalis) bo‘lib, uning balandligi
30 metr, 2000 yilgacha umr ko‘radi, yog‘ochi qo‘ng‘ir-
qizg‘ish rangda, duradgorlikda keng qo‘llaniladi. Bu
o‘simlik Qora dengiz sohilida, xususan Qrim va
Kavkazda madaniylashtirilgan. Qrimda Amerikadan
keltirilgan Arizon (S. arisonica) va Luzitan sarvlari (S.
lusitanica) ayniqsa keng tarqalgan. Archalar kenja oila
(Juniperidaceae) ning faqat Archa (Juniperus) turkumi
mavjud bo‘lib, uning 70 ga yaqin turi yer yuzining
shimoliy yarim sharlaridan subtropik o‘lkalarga qadar
tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida archaning 31 turi o‘sadi. Ular uncha katta
bo‘lmagan daraxt рахт bo‘lib, bargi igna yoki qipiqsimon 3 tadan halqa shaklida
joylashadi. Archa ikki uyli o‘simlik. Mikrostrobillar (erkak qubba) barg qo‘ltig‘ida,
yozgi novda uchida joylashgan. Megastrobillari (urg‘ochi qubba) qisqargan
novdalar uchida, barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Uning ostki barglari orasida mevasiz
(puch), ustki uchta qipiqsimon meva bargida uchtadan boshlang‘ich urug‘murtak
joylashgan. Pishib yetilgan paytda qubba barglari bir-biri bilan birlashib, meva
100-rasm. Archa (Juniperus
seravschanica).
A – urg‘ochi qubbali novda; B
– erkak qubbali novda;
D – erkak qubba; E – urg‘ochi
qubba; F – meva shaklidagi
pishgan qubba kesimi.
A
B
D
E
F
shaklidagi qubbaga aylanadi. Uning ichida bir nechta urug‘ yetiladi. Qubba ikkinchi
yilda pishadi.
O‘rta Osiyoda archaning uch turi keng tarqalgan (100-rasm). Turkumning
savr archasi, zarafshon archasini O‘rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan beri
pistako‘mir olish uchun ishlatganlar. Shu bilan birga bu o‘simlikning yog‘ochi
qurilish materiallari va uy-ro‘zg‘or asboblari yasashda qo‘llanilgan. Archa
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan o‘simliklardan hisoblanadi.