8-Mavzu: O`zbekistonda ziyorat obyektlari va O'zbekistondagi islom obidalari va islom obidalari tarixi. Reja


Namangan. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) maqbarasi



Download 34,54 Kb.
bet20/22
Sana07.06.2023
Hajmi34,54 Kb.
#949468
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O'zbekiston islom obidalari

Namangan. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) maqbarasi
XX asr boshi. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) XVII asrning birinchi yarmida dunyoga kelgan. Ilmga tashnalik uni Turkistonning ilmu fan markazi bo'lmish Buxoroga olib kelgan. Uzoq yillar madrasada o'qish bilan birga donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta'lim olib, u zotdan irshod xatini - pirning yorlig'ini olgach, Buxorodan chiqib, O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Qashqarning Xo'tan, Yorkent va boshqa shaharlarida bo'lgan. Mullo Bozor Oxund fiqh, hadis, faroiz, jo'g'rofiya, ilmi hisob, tarix, adabiyot, tasavvuf va boshqa ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim edi.
Samarqand. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi
Samarqand viloyati Xartang qishlog'idagi Imom Buxoriy ziyoratgohiga 70-yillar boshida O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari idorasi tomonidan qabr toshi qo'yilgan bo'lib, 70-yillar o'rtalarida qabr ustiga gumbazli ayvon qurilgan. 1998 yilda Imom Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy hisobda 1225 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muhtasham yodgorlik majmua bunyod etildi. "Hadis ilmida Amirul al-mo'miniyn", degan sharafli nomga sazovor bo'lgan alloma hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni (milodiy 810 yil 20 iyul) Buxoro shahrida tavallud topgan. 10 yoshidan boshlab Movarounnahrdagi turli roviylardan eshitgan hadislarni yodlay boshlagan, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to'plamlarini mutolaa qilib yod olgan. 825 yili Imom Buxoriy volidai muhtaramasi va inisi Ahmad bilan Makkai Mukarramaga safar qilib, u yerda 6 yil yashagan. Hayotining ko'p qismini xorijiy mamlakatlarda musofirlikda o'tkazib, ko'plab olimlardan ta'lim olgan. Xorijdan qaytgach, Buxoroda ko'plab shogirdlarga hadis ilmidan saboq bergan. Imom Buxoriy avlodlarga 20 dan ortiq meros qoldirgan. Ulardan "Al-Jome' as-sahih", "Al-Adab al-mufrad", "At-Tarix as-sag'ir" kabilar mashhurdir.
Samarqand. Imom al-Moturidiy maqbarasi
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan maqbara 2000 yilda Samarqandning Chokardiza qabristonida bunyod etilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma'naviy-ruhiy hayotidagi o'rni beqiyosdir. U Islom olamida "Imom al-huda" (Hidoyatga boshlovchi imom) va "Imom al-mutakallimin" (Kalom olimlarining imomi) degan sharafli unvonlar bilan mashhur bo'lgan. Ismlari Muhammad, "Moturidiy" taxallusini Samarqandning Moturid qishlog'ida tavallud topganliklari uchun olganlar. Manbalarning dalolat berishicha, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmi bilan yoshlikdanoq qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan tahsil olgan. Ko'plab mashhur faqih va muhaddislar bilan muloqotda bo'lgan, butun umri davomida shu sohaga oid ko'plab asarlar yozib qoldirgan. "Kitob at-tavhid", Kitob maqomat", "Tavilot ahl as-sunna "asarlari shular jumlasidandir.

Download 34,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish