Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga etishi o’tish davri tugaganligidan darak beradi.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ikki yo’l, ya’ni revolyustion va evolyustion yo’llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyustion yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo’lladilar. Bu yo’lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o’tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ancha uzoq muddatli o’tish davri bo’lishini unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko’plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko’paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo’q, odamlarning ahvoli og’irlashdi.
Shuning uchun O’zbekiston bu yo’ldan bormay boshqa yo’l tanladi. Bu yo’l O’zbekistonning o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyustion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir.
«Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»11, deb yozadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i, qonunlarning ustunligi ta’minlanmog’i lozim.
To’rtinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o’tishda bu prinstiplarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish prinstipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyustion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |