O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
SH.M.Mirziyoevning
Konstituttsiyaning 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida
jamoatchik nazoratini, avvalo, huquqni muhofaza qilivchi va nazorat idoralari,
moliya, banq ta’lim, sog‘liqni saqlash, komunal ho‘jaliq energetika va trasport
sohalarida joriy etilishining zarurligini aytib o‘tdi. SHuningdek ommaviy axborot
vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mansabdor shaxslarning o‘z ishini qonuniy
asosda to‘g‘ri tashkil etish va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
jamoatchilikka to‘liq
va tezkor yetkazish
maqsadida ularning har birida matbuot
hizmatining tashkil etilishi aytib o‘tildi. “Jamoatchilik nazorati – bu faqatgini
davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini-o‘zi
boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning
muhum omillaridan biri” ekanligini ta’kidladi.
SHuningdek ommaviy axborot vositalarning ish faoliyatidagi ochiqlik
hamda tsenzurasiz faoliyat davlatimiz konstituttsiyasida ham mustahkamlab
qo‘yilgan. Ushbu huquq o‘z navbatida Respublikadagi barcha axborot va davlat
faoliyatining bevosita halq oldida ochiq va oshkora xisobot berishlari, halq
muhokamasiga qo‘yish imkonini beradi. Davlat idoralari endigi navbatda halqga
va halq manfaatlariga hizmat qilishi, demokratik tamoyillarning ustuvorligi va
fuqarolik jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligidan dalolat beradi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda
“Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalga oshirildi
va bu jarayon davom ettirilib borilmoqda. Mamlakatimizda inson manfaatlarini
ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
negizida yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo
yangi tizim joriy etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual
qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan
hamkorlik qilishi, aholining eng
dolzarb muammolarini hal etilishi va jamoatchilik nazorati institutlarining
jadallashuviga olib keldi.
Davlat idoralari ochiqligi va shaffofligi, OAVning keng tarmoqlardagi
faoliyati va mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi,
avvalo, yurt ravnaqi, rivoji uchun hizmat qiladi. Mansabdor shaxslarning o‘z
lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga imkon bermaydi. SHaxsiy
daxlsizliq huquqiy savodxonliq davlat idoralari mansabdor shaxslarining o‘z
ishiga mas’uliyati ortadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi” Qonunda ko‘rsatilganidek davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat idoralari
tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab
o‘tilgan. Ushbu qonunda axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi,
faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi
kafolatlangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida
axborot taqdim etishda avvalo, fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini
tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan
huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning
o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish kabi
muhim vazifalar belgilandi va tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik
shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi
ko‘rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish yoki
axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham
foydalanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
SHuningdek ushbu Qonunning 12-moddasida
d
avlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy veb-
saytlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvining ochiqligi
va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini oshirish
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 apreldagi qarori
bilan
axborotlarning
umumfoydalanish
uchun
ochiqlik
holati,
ochiq
ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon
hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro
talablarga to‘liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati
indeksidagi o‘rni pastligicha qolmoqda. “Elektron hukumat” Portalini
rivojlantirish uchun davlat statistika Qo‘mitasiga bir qator huquqlar berildi.
Portalni takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar
to‘plamlari ro‘yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o‘rganib
chiqishga mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini
o‘rganish, “Ochiq ma’lumotlar indeksi” va «Ochiq ma’lumotlar barometri”
talablariga muvofiqligi, tegishli indikatorlarni joylashtirish bo‘yicha vazirlik va
idoralar ro‘yxati, Statistika salohiyati indeksida mamlakat o‘rnini yaxshilashga oid
“Yo‘l xaritasi”, Jahon bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini
yaxshilashning maqsadli ko‘rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet
ochiqligi indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo‘mitasida
yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro‘yxati
ushbu qaror asosida tasdiqlandi.
Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, o‘z
vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va
foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga
javob berish, tavsiyalarni o‘rganish va amalda qo‘llashda, Portalda e’lon
qilinadigan ro‘yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar
rahbarlarining vazifalari belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”,
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish
siyosati”,
“O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari
xodimlarining odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek
qo‘yish maqsadida tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi
uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Korruptsiya holati ko‘p sodir etilishi
mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, notarial
idoralar faoliyatida korruptsiya va
huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish
hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida
alohida choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasida korruptsiya darajasi yuqori
bo‘lgan sohalar: soliq, sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi,
davlat xaridlarini amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib
olinib ular faoliyati tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar
o‘z natijasini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |