24.3-jadval
O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi
Ko‘rsatkichlar
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
Jami daromadlar
|
7634,4
|
100,0
|
9728,6
|
100,0
|
12954,9
|
100,0
|
16872,7
|
100,0
|
22626,3
|
100,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
-mehnatga haq to‘lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlar
|
2057,0
|
26,9
|
2860,2
|
29,4
|
3857,1
|
29,7
|
5417,5
|
32,1
|
7534,6
|
33,3
|
-mol-mulk, tadbirkorlik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar
|
4593,7
|
60,2
|
5448,0
|
56,0
|
7135,8
|
55,1
|
8786,9
|
52,1
|
11290,5
|
49,9
|
-ijtimoiy transfertlar
|
983,7
|
12,9
|
1420,4
|
14,6
|
1962,0
|
15,2
|
2668,3
|
15,8
|
3801,2
|
16,8
|
Jami xarajatlar va jamg‘armalar
|
7561,1
|
100,0
|
9533,0
|
100,0
|
12680,7
|
100,0
|
16572,8
|
100,0
|
22240,7
|
100,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
-iste’mol sarflari
|
5871,8
|
77,7
|
6911,4
|
72,5
|
9538,9
|
73,6
|
12409,8
|
73,5
|
16613,8
|
74,7
|
-majburiy to‘lov va badallar
|
598,7
|
7,9
|
667,3
|
7,0
|
895,8
|
6,9
|
1123,1
|
6,7
|
1445,6
|
6,5
|
-jamg‘armalar-ning o‘sishi
|
1090,6
|
14,4
|
1954,3
|
20,5
|
2246,0
|
17,4
|
3039,9
|
18,0
|
3803,2
|
17,1
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
o‘sishining 13,4 foizi mehnatga haq to‘lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar, 4 foizi ijtimoiy transfertlar hisobiga ro‘y berdi (24.1-diagramma).
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi. Jumladan, O‘zbekistonda 2001 yilda mehnatga layoqatli aholining o‘rtacha ish haqi kun kechirish uchun minimum darajada zarur bo‘lgan mablag‘ning 99 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yilda bu ko‘rsatkich 3 barobardan ko‘proq oshdi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich MDH mamlakatlari o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi7.
24.1-diagramma
Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat:
- davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar;
- shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari;
- jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar;
- aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar;
- lotereya bo‘yicha yutuqlar;
- tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar;
- har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.
O‘zbekistonda aholi jon boshiga real pul daromadlari 2008 yilda 23 foizga o‘sdi (24.2-diagramma).
Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar;
2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari;
3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish;
24.2-diagramma
O‘zbekistonda aholi real pul daromadlarining o‘sishi
(o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
4) turar joy sharoitlari;
5) ma’lumot va madaniyat;
6) mehnat qilish va bandlik sharoitlari;
7) aholining daromadlari va xarajatlari;
8) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;
9) transport vositalari;
10) dam olishni tashkil etish;
11) ijtimoiy ta’minot;
12) inson erkinligi.
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
Prezident SHavkat Mirziyoev 2021 yilni “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildi. 2021 yilga bunday nom berilishi sababi va oqibatlarini bilish uchun “Nima uchun yilga bunday nom berildi?” hamda “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash uchun nima qilishimiz kerak?” degan savollarga javob topish lozim.
Aslida, yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining sabablari talaygina. Birinchidan, aholimizning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yoshlar miqdor jihatidan yirik qatlam, katta kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli bo‘lgani uchun ular boshqa guruhlarga nisbatan faolroq va moslashuvchan bo‘ladi. Uchinchidan, yoshlar yangiliklarga ochiq bo‘lganligi bois, ular innovatorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. To‘rtinchidan, mehnatga layoqatli aholining salmoqli qismini tashkil etadigan yoshlar o‘z maqomini oshirishdan, yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishdan manfaatdor bo‘ladi. Beshinchidan, hali qadriyatlari to‘la shakllanib ulgurmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topish ishtiyoqida harakat qiladi. Oltinchidan, yoshlar davlatning strategik resursi hisoblanadi, ya’ni ertangi hayotimiz bugun voyaga etayotgan yoshlarga qanchalik e’tibor berayotganimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Axir, «YOshlar – kelajak bunyodkori», deb bejizga aytilmagan-ku. Eng asosiysi, yoshlar jamiyatning bir bo‘lagi, uning uzluksiz tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun yoshlar muammolariga butun jamiyat muammolari sifatida qarash lozim. SHu boisdan, O‘zbekistonda yoshlar muammolari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.
Murojaatnomada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olti vazifa ajratib ko‘rsatildi. Bular quyidagilar:
Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoit yaratish;
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirish;
Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish;
Mamlakat taraqqiyotining zamini bo‘lgan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
YOshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin etim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etish.
Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar davlatning ijtimoiy madadiga muhtoj odamlar: ehtiyojmand va nochor oilalar, imkoniyati cheklanganlar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘kislikni ravo ko‘rish, ularning hech kimdan kam bo‘lmasliklariga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan. Pirovardida bu yoshlar Prezidentning g‘amxo‘rligini o‘z taqdirida his qiladi, imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hamma bilan huquqi tengligini, ya’ni huquqiy imkoniyati cheklanmaganini anglaydi, ota-ona mehri nasib qilmasa-da, davlat rahbaridan mehr ko‘radi, adolatli va insonparvar siyosatdan ko‘ngli to‘q bo‘ladi.
Bola tug‘ilganidan boshlab 30 yoshigacha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, undan ko‘mak olishi Murojaatnomada belgilandi.
Prezidentimiz Murojaatnomada mazkur masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ulug‘ mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning “Quyoshliq istasang, kasbi kamol qil”, degan iboralarini keltirdilar. Bu mulohazaning negizida katta tarixiy haqiqat mujassamdir Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyning kasb-korda va har bir ishda odamlarni komillikka erishtirish odatlari bo‘lganligini sharhlab, “Boburnoma”da shunday deydi: “Kimki biror ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, himmat va maqsadi shu ishni kamolga etkazish edi. Alisherbek ko‘p va yaxshi narsalarni ixtiro qilgan edi. Mobodo biror kishi qaysidir ishda bir yangilik yaratsa, u narsaning rivoji va ravnaqi uchun uni “Alisheriy” deb atardilar”( Qarang: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2008 yil, 139-141 betlar). Prezidentimiz Murojaatnomada mamlakatimiz fuqarolarini asrlar mobaynida milliy amaliyotda bo‘lgan tajribani o‘zlashtirish, ya’ni har kasb egasi o‘z ishida komil mutaxassis darajasiga etishishlari zarurligiga da’vat etmoqdalar. CHunki o‘tgan to‘rt yil mobaynida inson omili ustuvor davlat siyosatiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |