2. O’zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlarini rejalashtirish tarhlari
O’zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlarini rejalashtirish tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
hududlarning zonalashtirilishi;
aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;
sanoatni, qishloq xo’jaligini, viloyatlararo hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
shaharsozlik vositalari orqali O’zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlari;
O’zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlarini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari
O’zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 50-moddasiga muvofiq shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
hududning zonalashtirilishi;
aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari;
viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari;
hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta’minlash chora-tadbirlari;
hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
3.O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari
O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:
energiya ta’minotini, gaz ta’minotini, aloqani, irrigasiyani, suv ta’minotini va kanalizasiya tarmoqlarini rivojlantirish;
havo, temir yo’l, avtomobil, daryo transportini, quvur orqali yetkazib berish transportini va boshqa transport turlarini rivojlantirish;
hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning boshqa masalalari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlar va rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53-moddasiga muvofiq tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlar belgilanadi:
tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;
hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlari;
aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yo’nalishlari;
aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari;
aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |