8-mavzu: O'zbekiston hududlarining xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari



Download 186,1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.05.2021
Hajmi186,1 Kb.
#65102
Bog'liq
108-guruh.Olloberganov Behzod



8-mavzu:O'zbekiston hududlarining xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.  

 

 



              Savollar.  

1. 15-asr oxiri 16-asr boshlarida Movorounnahrdagi ijtimoiy siyosiy hayot.  

2. Shyboniylar va ashtarxoniylar sulolasi haqida qanday ma'lumotga egasiz.  

3. Buxoro amirligi haqida aytib bering.  

4. Xiva xonligi haqida ma'lumot bering.  

        5.Qo'qon xonligi    haqida qanday ma'lumotga egasiz.  

              Javoblar.  

1.XV asrning oxiri XVI asr Dashti Qipchoq, Movaraunnahr va Xurosonda bo`Iib o`tgan 

ijtimoiy-siyosiy voqealar, iqtisodiy madaniy ahvoli to`g`risida qimmatli ma'lumotlar beruvchi 

asarlar juda ko’p. Bular ichida Zahriddin Muhammad Boburning (1453-1530) "Boburnoma", 

shoir va tarixchi olimlardan Kamoltddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solih 

(1453-1535)larning forsiy va o’zbek tilda bitilgan "Shayboniynoma" asarlari, Xondamirning 

"Habib us-siyar", Fazlulloh ibn Ruzbehon (1457-1530) ning "Mehmonnomayi Buxoro", 

noma'lum muallifning "Tavorixi guzida", "Nusratnoma", Mirzo Muhammad Haydar 

(1500-1556)ning "Tarixi Rashidiy", Abdulloh Nasrullohiyning "Zubdai ul-Osor", Xo`ja Qulibek 

Balxiyning "Tarixi Qipchoqxoniy" va Hofiq Tanish Buxoriy (1547-1604) ning "Sharofnomayi 

shohiy" ("Abdullanoma" nomi bilan mashhur) asarlari alohida ahamiyatga ega. 

 

Muhammad Shayboniyxonning markaziy hokimiyatini mustahkamlash uchun amalga 



oshirgan ba'zi chora tadbirlari, beklarning kuchayishi va o’zaro kurashlariga hatn sabab 

bo’ldi. Masalan-, davlat boshqaruvi sohasida suyurg`ol tizimining joriy etilib, bosib olgan 

hududlarda boshqaruv ishining farzandlari, qarindosh-urug`lari, qabila boshliqlariga 

topshirilishi uning vafotidan keyin markaziy hokimiyatdan mustaqil bo`lishga intilishlarni 

kuchaytirdi. 

 

Mamlakat xo`jaligini tiklash uchun bo`sh yotgan yerlar, vafot etgan yoki soliqlar og`irligidan 



ko`chib ketgan mahalliy mulkdorlar yerlari qayta taqsimlandi. Bu esa ijtimoiy hayotni tartibga 

solishga yordam berdi. 

 

Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul islohoti 



o`tkazilib, markaziy shaharlarda vazni bir hil bо`lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa 

pullar zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeyini kuchaytirish, 

shayboniy xonlari va beklari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan bu islohot 

Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o’zaro urushlar natijasida yaxshi natija 

bermadi va pul qadrsizlandi. 1515-yilda oliy hukmdor Ko`chkunchixon pul islohoti 

o`tkazishga majbur bo’ldi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o`tkazilgan pul islohotlari xonlik 

iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etgan bo`lib, markaziy hokimiyat kuchayishi, xazinaga 

foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga yordam berdi. 

 

Pul islohotini bosqichma-bosqich o`tkazgan Abdullaxon II oltin, kumush, mis pullarni otasi 



nomidan (1560-1583) chiqarganda mamlakatdagi bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan 

bo`lsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarida (1583-1598), asosan, Buxoroda 

markazlashgan pul zarb qilishni yo`lga qo`ydi. Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba'zati 

Balx, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga ruxsat bergan. 




2.Ashtarxoniylar, Joniylar – 1601–1756-yillarda o‘zbek davlatchili- 

gini boshqargan sulola. Jo‘jixon naslidan bo‘lgan аshtаrxonlar  

(joniylаr) sulolasi asli Astrаxan (Hojitarxon) yerlarida yashab hukm- 

ronlik qilganlar. Astraxanni Ivan Grozniy 1556-yili bosib olgach  

Ashtarxoniylar Yormuhammad boshchiligida Buxoroga Iskandar  

Sulton saroyiga kelib o‘rnashadilar. Yormuhammadning o‘g‘li Jo- 

nibek Sultonga Iskandarning qizi, Abdullaxon II singlisi Zuhrabe- 

gim nikohlab beriladi. Undan Din Muhammad, Boqi Muhammad,  

Vali Muhammadlar dunyoga keladi. Shu zayilda Shayboniylаrgа  

qarindoshlik rishtalari bog‘lanadi. Natijada 1601-yili Shayboniy- 

larning so‘nggi vakili Pirmuhammad vafot etgach, Shayboniylardan  

taxt vorisi chiqmaganda Buxorodа yashab turgаn Jonibek sultonni  

xon qilib ko‘tаrishgа qаror qiladilаr. Lekin Jonibek sulton bu tаklif- 

dаn bosh tortadi. Taxtgа Jonibekning kаttа o‘g‘li Din Muhammаdni  

ko‘tаrаdilаr. Аmmo u Buxorogа kelаyotganda Obivardda jangda  

halok bo‘lаdi. Shundа uning ukаsi Boqi Muhammаdxon voris deb  

e’lon qilinаdi. Qаbul qilingаn аn’аnаgа ko‘rа Vali Muhammаd Balx- 

gа noib etib yuborildi. Аnа shu tаriqа 1601-yildаn boshlаb Buxoro  

xonligidа hokimiyat Ashtarxoniylar sulolаsi qo‘liga o‘tadi. Bu yanа  

Jonibek sulolаsi – «Joniylаr» sulolаsi deb ham yuritilаdi.Shayboniylаr hukmronligi yillаridа 

eng oliy dаvlаt idorаsi  

dargoh hisoblаngаn. Uning tepasidа oliy hukmdor – xon turgаn.  

Oliy hukmronlik otаdаn bolаgа emаs, bаlki sulolаdаgi eng ulug‘  

nаmoyondаgа o‘tgаn. Keyinchalik bu аn’аnа sulolа ichidan oilаviy  

taxt vorisligigа o‘tgаn. Abdullaxon II dаvrigа kelib, mаsаlаn, hoki- 

miyat Iskаndаrxondan o‘g‘li Abdullaxongа, Abdullaxondаn esа  

o‘g‘li Аbdulmo‘mingа o‘tgаn. Аmmo shayboniylаr sulolаsidаgi  

dаvomiylik so‘nggi pаytgа qаdаr ana shu tartibda shakllаnа olmа- 

gаn. Abdullaxon II dаvridа Balx viloyati hokimligini valiahdgа  

topshirish аn’аnаsi shakllаnib borgаn. Biroq Shayboniylаr fаoliyati- 

gа chek qo‘yilishi bilan bu аn’аnа rivojlаnmаy qolgan. Bu аn’аnа  

ashtarxoniylаr dаvridа yana tiklаngаn. 

Dargohdаgi xondan keyingi dаvlаt mаnsаbi sаrdor, boshliq,  

yetakchi deb hisoblаngаn vа u xonning eng ishonchli vа yaqin kishi- 

lаridаn biri bo‘lgаn. Qаbul mаrosimlаridа u xonning chap tomonidаn  

joy olgаn vа dаvlаtning ichki vа tаshqi siyosаti, harbiy mаsаlаlаrdа  

xonning birinchi maslahatchisi deb qаrаlib, xon fаrmon vа yorliq- 

lаridа uning nomi birinchi bo‘lib qаyd etilgаn. Mаsаlаn, 1570-yili  

Buxorodа hokimiyatni tiklash jаrаyonidа, buxoroliklаr bilаn muzo- 

kаrаgа xon o‘z sаrdorini yuborgаn. Bundаn tashqari, harbiy yurishni  

uyushtirish, dushman harbiy qudratini o‘rgаnish, elchilik vаzifаlаrini  

bаjаrish vаzifаlаrini ham sаrdor olib borgаn. 

Dаvlаt tаsаrrufigа tegishli mаnsаblаrdаn yanа biri – otаliqdir.  

U otаsining o‘rnini bosmoq mаzmunini аnglаtаdi. Ushbu xizmat  

hokimiyatning joylаrdаgi viloyat – mulklаrdаgi siyosаtini belgilash- 

dа kаttа ahamiyatgа egа bo‘lgаn. Zero, oliy hukmdor mаmlа- 




kаt qismlаrini viloyatlаrni sulolа nаmoyandаlаri – shahzodalаrigаtаqsimlаb bergаn. Bаlog‘аt 

yoshigа yetmаgаn shahzodalаr, to ul​- 

g‘аyib mustаqil fаoliyat ko‘rsаtgunlаrigа qаdаr, otаliqlаr hokimiyatni  

boshqargаnlаr. Ulаr butun bir viloyat tаqdirini hal etib kelganlаr.  

Xonning chiqаrgаn hukmini yorliq vа boshqa rаsmiy hujjаtlаrini  

o‘z egаlаrigа yetkаzishgа parvonachi jаvobgаr bo‘lgаn.  

Dargohgа tushgan аrzlаrni qаbul qilib, jаvobni berish, mаm- 

lаkаtdаgi tаrtiblаrgа аmаl qilinishini nаzorаt qilish dodxoh zim- 

mаsigа yuklаtilgаn. Shuningdek u elchilаrni qаbul qilish, elchilik  

yumuchlаrini tashkil etish vа hatto shaxsan elchi sifаtidа boshqa  

mаmlаkаtlаrgа borib kelish tаdbirlаrini bаjаrgаn. Ko‘kаldosh, ya’ni  

ko‘ngildosh mаnsаbi dargohdаgi muhim lаvozimlаrdаn biri hisoblаn- 

gаn. Bu lаvozimgа xon vа sulolаning eng yaqin kishilаridаn qo‘yil- 

gаn. Oddiy qilib аytgаndа, mаmlаkаtdа xon olib borаyotgаn siyo- 

sаt dаxlsizligi, ungа kishilаrning munosаbаtlаri kаbi ishlаrni nаzorаt  

qilib borish ko‘kаldoshning vаzifаsi bo‘lgаn. Mаsаlаn, Abdullaxon II  

vа Аbdulmo‘min o‘rtаsidаgi qаrаmа-qarshilikni bаrtаrаf etishdа  

Qulbobo ko‘kаldosh аsosiy o‘rin tutgаn. U xongа Аbdulmo‘min ha- 

rаkаtlаri vа mаqsаdlаrini oldindаn bilib, to‘g‘ri mа’lumot bergаn.  

Shuning uchun Аbdulmo‘min taxtgа chiqqаndаn so‘ng‘ Qulbobo  

ko‘kаldoshdаn qutulish uchun uni qаtl ettirgаn. 

Xon bilаn shahzodalаr o‘rtаsidаgi аloqаlаrni, sulolа ichki muno- 

sаbаtlаrigа oid tаdbirlаrni yo‘lgа qo‘yishni xon yasovuli olib borgаn.  

U shahzodalаrni xon tomonidаn qаbul qilish, аrzlаr, iltimoslаrini  

yetkаzish kаbi ishlаrni bаjаrgаn.XVI аsrning oxiri – XVIII аsrning birinchi yarmidа Shayboniy- 

lаr vа Ashtarxoniylаr xususiy mulkchilikka аsoslаngаn yer egаligi  

munosаbаtlаri bosqichidа edilаr. Аyrim qаbilаlаr tepasidа voris  

zodаgonlаr – Chingizxon xonadonidаn bo‘lgаn sultonlаr turаrdi.  

O‘z nаvbаtidа qаbilаlаr, urug‘lаr vа аvlodlаrgа bo‘lingаn edi. Ulаr  

sultonlаr bilаn birgа qаbilаlаrning yetakchisi – beklar vа biylаr  

tomonidаn boshqarilаdi. Ulаrdаn eng qudrаtlilari xon etib sаylаnаrdi.  

Xonning o‘z lashkari bo‘lib, qаbilаlаrning yigitlаri bilаn birgа uning  

qurolli kuchlаrini tashkil etgan.  

3.Buxoro Amirligi — Buxoro xonligini 1753-yildan keyingi nomi; ashtarxoniylar o‘rniga kelgan 

mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat Buxoro Amirligi 

deb atala boshlangan. 1920-yil Buxoro bosqini natijasida tugatilgan.Poytaxti-Buxoro, 

tillari-o'zbek tili va fors tili, aholisi - o'zbeklar va tojiklar,boshqaruv shakli - mutloq manarxiya.  

Amir Mirshod 1758-yil Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi 

Miyonkoʻl hokimi Doniyorbiy (1758-1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qat

ʼiy markaziy 

hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro 

janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 

1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir 

hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yillar) topshirdi. Shohmurod yangiliklarni Arkda 

saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl 

etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoro ahliga ularni bir necha soliqdan ozod 

etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan 



boʻlib, u katta jome

ʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan 

va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. 

Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida 

qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxon avlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq 

esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yili Shohmurod 

pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil 

shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan 

rahbarlik qildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarkibiga Amudaryoning chap sohilidagi 

hududlarni, jumladan, Balx va Marvni qaytardi. 1786-yili u Karmanada xalq qoʻzgʻolonini 

bosdirdi, keyin Shahrisabz va Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. 

Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklar va tojiklar 

yashaydigan janubiy Turkistonni oʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi. Amir Haydar 

(1800-1826-yy.) otasidan soʻng taxtga oʻtirgan vaqtda butun Mavorounnahr uning hukmiga 

boʻysinar edi. Haydarning taxtga koʻtarilishi ommaviy qoʻzgʻolonlar va qatllar bilan toʻgʻri 

keldi. 1800-yili Marv turkmanlari bosh koʻtarishdi. Ichki janjallarga koʻp oʻtmasdan Qoʻqon 

bilan Oʻratepa uchun urush qoʻshildi. Haydar ushbu shaharni tasarrufida saqlab qolishga 

muvaffaq boʻldi. Amir Haydar davrida siyosiy tizim yakka hokimiyatchilik tomon intilayotgan 

markazlashgan monarxiyadan tashkil topgan edi. Amirga 4 ming kishigacha yetadigan 

byurokratik mahkama xizmat qilardi. Armiyaning miqdori oshdi. Faqat Buxoroning oʻzida 12 

ming harbiydan iborat qoʻshin turardi. Ahmad Donishning yozib qoldirishicha, Amir Haydar 

boshqaruv vaqtiga „har 3-6 oyda yuzaga keladigan toʻxtovsiz feodal urushlar davri“ deya 

baho berish mumkin. Haydardan soʻng taxtga uning oʻgʻli Nasrullo (1826-1860-yy.) oʻtirdi. 

Unga hokimiyat sari yoʻl ochish maqsadida akalari Husayn va Umar oʻldirildi. Armiya va 

ruxoniylarga suyangan Nasrullo zodagonlarni jilovlash maqsadida feodal tarqoqlikka qarshi 

qat


ʼiy kurash olib bordi. Hukmronligining birinchi oyida u har kuni 50-60 tadan kishini qatl 

qildi. Nasrullo shu paytgacha amirlik tarkibiga faqat nomigagina kirgan viloyatlarni 

birlashtirishga erishdi. Viloyatlarni boshqarishga oʻziga mute

ʼ boʻlgan „nasl-nasabsiz“ 

kishilarni tayinladi. Nasrullo amirligi chogʻida Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan Marv, Chorjoʻy, 

Oʻratepa, Xoʻjand kabi chegarada joylashgan alohida hududlar uchun boʻlgan tinimsiz 

urushlar davom etib turdi. Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining qarshiligi, ayniqsa kuchli 

boʻldi. Bir necha harbiy yurishlardan soʻng 1853-yilga kelib ular Buxoroga boʻysindirildi. 

Amirlik tarkibiga faqat Zarafsxon daryosining oʻrta va quyi oqimidagi vohagina barqaror 

kirgan edi. 

 

Buxoro amirligi bayrog'i.  




4.Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920 

yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab — Xiva 

shahri.Poyatxti - Xiva shahri,dini - islom, tillari-o'zbek va fors, boshqaruv shakli - monarxiya.  

Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. 

Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga 

qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qal

ʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan 

mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar 

mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini 

egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan. 

16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi 

Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda Eron va 

Marvgacha, shimolda Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro 

amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin 

Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km² yer maydoniga ega kichik vassal davlatga 

aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida 

aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, 

arablar, ruslar va boshqalar tashkil qilgan. 

Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar, 

davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva xonligining ma

ʼmuriy 

jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-asrdan beklik deb atala boshlagan. Dastlab 

xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. 

Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh 

vazir tomonidan boshqarilgan. 

Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdosotiq ishlari 

olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juz

ʼyadan iborat 

boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba

ʼzi turlari amalga oshirilgan. 

 

Xiva xonligi bayrog'i.  



5.Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Minglar 

urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, 

Namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. 

Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). 

Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, 

Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan 

Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib 

chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun 

koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va 

hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik 

boʻladi.19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning 

soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to 

Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi 

Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shim. viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib 

taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning 

yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, 




Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu 

yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez 

qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi. 

Xonlari:Shohruhbiy 1710–1721 

Abdurahimbiy 1721–1733 

Abdulkarimbiy 1733–1750 

Erdonabiy 1750–1770 

Sulaymon 1770 

III Shohruh 1770 

Narboʻta biy 1770–1800 

Olimxon 1800–1809 

Muhammad Umar 1809–1822 

Muhammad Ali 1822–1842 

Sherali 1842–1845 

Murod Bek Xon 1845 

Muhammad Xudoyor xon 1845–1858 

Muhammad Mullabiy 1858–1862 

Shohmurod 1862 

Muhammad Xudoyor xon 1862–1863 

Muhammad Sulton 1863–1866 

Muhammad Xudoyor xon 1866–1875 

Nasriddin 1875 

Poʻlat xon 1875 

Nasriddin 1876-1876.  

Oʻzbeklar Qoʻqon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Ta

ʼkidlab oʻtish oʻrinliki, 

XX asr boshlariga qadar oʻzbeklarning bir qismi oʻtroq, qolgan qismi esa yarimoʻtroq 

(yarimkoʻchmanchi) holda yashaganlar. XX asr boshlariga kelib, vodiy oʻzbeklarining 828 

mingdan ziyodrogʻi oʻtroq holda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan 

mashgʻul boʻlganlar. Rus tilidagi adabiyotlarda aholining ushbu oʻtroq qismiga nisbatan 

„sart“ etnonimi qoʻllaniladi. Biroq, keyingi yillarda oʻzbek xalqiga nisbatan bu etnonimni 

qoʻllanilishi toʻgʻri emasligi va ushbu etnonim mazkur xalqqa past nazar bilan, kamsitilib 

qarash nuqtai-nazaridan, rusiyzabon tadqiqotchilar tomonidan ilmiy iste

ʼmolga olib kirilganligi 

haqidagi fikr-mulohazalar bayon etilmoqda. Oʻzbek xalqiga nisbatan „sart“ etnonimining 

qoʻllanilishi, tarixiy haqiqatga zidligi, oʻzbek xalqiga ushbu etnonim hech qachon oʻz 

xalqining nomi sifatida qoʻllanilmaganligi haqida jadidchilik harakatining namoyandasi 

Mahmudxoʻja Behbudiy ham oʻz davrida ta

ʼkidlab oʻtgan edi. Turli urugʻ-qabilaviy tuzilishga 

ega boʻlgan yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) oʻzbeklarning vodiydagi umumiy soni oʻsha 

davr ma

ʼlumotlariga koʻra 215 ming nafardan koʻproqni tashkil etgan. Bular ichida turk, ming, 

qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qoʻqon xonligi hududidagi yirik etnografik guruhlar 

hisoblangan. Ushbu urugʻ-qabilalar oʻzbek xalqini konsolidatsiyalashuvida muhim etnik 

komponentlar sifatida qatnashdilar. 

 

Qo'qon xonligi bayrog'i.  



Download 186,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish