Osiyo qit'asi jahonda eng katta hududga ega bo'lgan, tabiati nihoyatda rang-barang, eng ko'p va zich joylashgan aholiga ega. Bu yerda odamzod paydo bo'lgach, eng qadimiy madaniyatlar yaratil-gan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda Osiyoning hududi 32 mln.kv km ga yaqin, aholisi 3 mlrd.dan ortiq, ya'ni jahon aholisining yarmidan ko'pini osiyoliklar tashkil qiladi. - Osiyo qit'asi jahonda eng katta hududga ega bo'lgan, tabiati nihoyatda rang-barang, eng ko'p va zich joylashgan aholiga ega. Bu yerda odamzod paydo bo'lgach, eng qadimiy madaniyatlar yaratil-gan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda Osiyoning hududi 32 mln.kv km ga yaqin, aholisi 3 mlrd.dan ortiq, ya'ni jahon aholisining yarmidan ko'pini osiyoliklar tashkil qiladi.
- Odatda Osiyo fanda geografik va tarixiy-etnografik jihatdan olti qismga bo'lib o'rganiladi: G'arbiy yoki Old Osiyo xalqlari, Markaziy Osiyo va Qozog'iston xalqlari, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari, Sharqiy va Shimoliy Osiyo yoki Sibir xalqlari.
Shimoliy Muz okeani tomonidan keladigan arktika havosi Sharqiy Osiyo tomon cheksiz pasttekisliklarga yoyiladi va qish paytlari G'arbiy Osiyoga nisbatan (bu yerda baland tog'lar to'siq bo'ladi) ancha sovuq bo'ladi. Qit'aning Tinch va Hind okeanlariga yaqinligi eng katta musson iqlimli hududni hosil qilgan. Agar baland tog' tizmalari bir tomondan Janubiy Osiyoni qutb havzasidan saqlasa, ikkinchi tomondan o'sha to'siq, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoning ichki dasht va yarim dasht hududlariga namlik keltiradigan dengiz havosini o'tkazmaydi. Oqibatda bir yoqda qalin tropik va subtropik o'rmonli tog' ekinlari yastanib yotsa, ikkinchi yoqda qarama-qarshi iqlimli bepoyon sahro va yarim dasht hududlar o'ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qit'aning okean sohillariga yaqin joylari, ayniqsa, janubiy qismidagi nam yerlarida yashil o'rmonlar go'zal manzara kashf etadi. Aksincha, yozgi jaziramada bir xil rangdagi qurg'oq, cheksiz dashtu biyobon kishini garang qiladigan darajada ma'yus ko'rinishga ega bo'ladi. Umuman, Osiyo beshta mintaqa; mo'tadil yoki o'rtacha, subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial bog'lamalarda joylashgan. - Shimoliy Muz okeani tomonidan keladigan arktika havosi Sharqiy Osiyo tomon cheksiz pasttekisliklarga yoyiladi va qish paytlari G'arbiy Osiyoga nisbatan (bu yerda baland tog'lar to'siq bo'ladi) ancha sovuq bo'ladi. Qit'aning Tinch va Hind okeanlariga yaqinligi eng katta musson iqlimli hududni hosil qilgan. Agar baland tog' tizmalari bir tomondan Janubiy Osiyoni qutb havzasidan saqlasa, ikkinchi tomondan o'sha to'siq, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoning ichki dasht va yarim dasht hududlariga namlik keltiradigan dengiz havosini o'tkazmaydi. Oqibatda bir yoqda qalin tropik va subtropik o'rmonli tog' ekinlari yastanib yotsa, ikkinchi yoqda qarama-qarshi iqlimli bepoyon sahro va yarim dasht hududlar o'ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qit'aning okean sohillariga yaqin joylari, ayniqsa, janubiy qismidagi nam yerlarida yashil o'rmonlar go'zal manzara kashf etadi. Aksincha, yozgi jaziramada bir xil rangdagi qurg'oq, cheksiz dashtu biyobon kishini garang qiladigan darajada ma'yus ko'rinishga ega bo'ladi. Umuman, Osiyo beshta mintaqa; mo'tadil yoki o'rtacha, subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial bog'lamalarda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |