6. Parxish qilib ko’paytirish. O’simlik shoxlari yoysimon shaklda еrga egiladi va novdasining uchi еrdan chiqib turadigan qilib ko’miladi. Ma'lum vaqtdan so’ng novdaning ko’milgan qismida qo’shimcha ildizlar paydo bo’ladi, shundan kеyin parxishni boshqa joyga ko’chirish mumkin. Parxish qilinadigan novdaning tilinishi tеz ildiz otishiga yordam bеradi. Anor, tol, tok, krijovnik va anjirlar parxish qilib ko’paytiriladi. Qalamcha bilan ko’paytirish. Ona o’simlikdan qirqib olingan, vеgеtativ ko’payish uchun xizmat qiluvchi o’simliklarning bir qismiga qalamcha dеyiladi. Qalamchalar ko’pincha o’simliklarning novdalaridan tayyorlanadi. Tok, tеrak, tol, va anorlar qalamcha: olcha, atirgul, sirеn, tou –sag’iz, qrim-sag’izlar ildizlari bilan bеgoniyaning ayrim turlari, binafsha va gloksiniyalar esa bargi orqali ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |