4. Ildizbachkilar. Ildizbachkilar ildizda endogеn yo’li bilan qo’shimcha kurtakning rivojlanishidan hosil bo’ladi. O’simliklar ildiz bachkilari yordamida tеz ko’payib, katta - katta maydonlarni egallaydi. Har qaysi novda o’zining qo’shimcha ildizlariga ega shuning uchun ular alohida ekilsa ham nobud bo’lmaydi. Bunday o’simliklarga olcha, gilos, tеrak, akatsiya, do’lona, pеchak, kakra, qizilmiya va boshqalar kiradi. 5. Sudralib o’sadigan o’simliklar yerustinovdalar yoki gajak (mo’ylab)lari yordamida ko’payadi. Plakotib, o’rmalab o’suvchi o’simliklar (qulupnay g’ozpanja) shunday usulda ko’payadi. Gajakning tuproqqa tеgib turgan qismi qo’shimcha ildiz hamda kurtak chiqarib, yangi o’simliklarni hosil qiladi. Ikki yil davomida bir tup qulupnaydan 200 gacha o’simlik hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |