8-mavzu. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish. Reja


Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari



Download 326,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.06.2022
Hajmi326,27 Kb.
#697397
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Ma'ruza

2.Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.


Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish 
tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik 
(obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. 
Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni 
mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga 
do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda 
belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar 
nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar 
xamma vaqt mos kelishini anglatadi. 
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash 
nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok 
etishdan 
to 
amalda 
qo‘llashgacha 
bo‘lgan 
bosqichlarida 
olib 
borish 
kerak.Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi 
kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim 
oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish 
uchun ta’limnazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis 
o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, 
baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va 
birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning 
ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. 
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan 
bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida 
belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. 
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab 
etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga 
qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni 
amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e’lon qilish, ularni 
manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni 
tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi. 

Download 326,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish