2-masala. Madaniy taraqqiyot inson ma‘naviy kamolotining asosiy
ko‗rsatkichi hisoblanib, mamlakat ravnaqi har bir fuqaroning ongliligi, ularning
madaniy-tarixiy boyliklarini yaratish, saqlash va rivojlantirish jarayonlariga
bo‗lgan munosabatlariga har tomonlama bog‗liqdir. Davlatimiz rahbari
SH.M.Mirziyoev «Har bir suveren davlat o‗zining betakror tarixi va madaniyatiga
egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa xaqli ravishda
shu mamlakat xalqi hisoblanadi»
1
. Ta‘kidlash joizki, madaniy-tarixiy taraqqiyot
nihoyatda murakkab hisoblanib, uning ichki mohiyatini ham moddiy, ham
ma‘naviy madaniyatlar tashkil etadi. Ularning o‗zaro aloqasi hamda mavjudlik
shakllarini anglab etish uchun madaniy taraqqiyotning o‗ziga xos xususiyatlari,
qonuniyatlari, rivojlanish bosqichlari va o‗lchovlarini aniqlash, shuningdek
madaniy hodisalarning o‗zaro aloqasi, madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotdagi
vazifalari, o‗rni va roli, madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari to‗g‗risida
muayyan bilimga ega bo‗lish talab etiladi.
O‗zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati,
ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz», – degan
fikrlarida juda katta mantiq va ma‘no bor. Biroq, sovet mustabid tuzumi sharoitida
1
http://www.mrdi.uz/institut/institut-tarixi/
o‗zbek milliy madaniyati haddan ortiq darajada zarar ko‗rdi. Barcha
mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura maddohlari ham o‗zbek xalqini qul
qilish uchun, eng avvalo, xalqimizning milliy madaniyatini yo‗q qilishga zo‗r
berdilar! Taniqli olim A.Mavrulov shunday ta‘kidlagan edi: «o‗zbek xalqi katta
yo‗qotishlarga qaramasdan, o‗zligini, o‗z milliy madaniyatini muayyan darajada
saqlab qola bildi. Bunga uzoq va yaqin tarix guvoh. Endigi vazifa ma‘naviy
hayotdagi barcha yo‗qotishlarning o‗rnini qoplashdan iboratdir. O‗zbek xalqi ana
shu yo‗ldan bordi, o‗z milliy tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko‗rsata oldi.
Bu esa mustamlakachiliklar davrida yo‗qotilgan, toptalgan madaniy merosni
tiklash, o‗zligini anglashga bo‗lgan rag‗batni uyg‗otdi»
1
.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e‘tiqod qayta tiklandi.
Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‗z qayta tiklandi, bu
kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo‗lib qoldi. Musulmonlar
O‗zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili
Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‗ldilar. Prezident Farmoni
bilan tuzilgan «Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik markazi (1994 yil 23 aprel
PF-842-son)
2
, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‗armasi (Vazirlar
Mahkamasining 27.09.1996 yil 338-sonli Qarori)
3
jamiyatning ma‘naviy-ma‘rifiy
ravnaqi yo‗lida xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma‘naviy-ma‘rifiy
asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‗oyasining asosiy tushuncha va
tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida
Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas‘uliyat hissini oshirish, yot
g‗oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‗naltirilgan targ‗ibot
tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Ma‘naviyat targ‗ibot markazi, uning
joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.
1
Халқ сўзи. – 2016. – 15 дек.
2
https://lex.uz/docs/196309
3
https://nrm.uz/contentf?doc=428964_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_vazirlar_mahkamasining_
27_09_1996_y_338-son_manaviyat_va_marifat_jamoatchilik_markazi_huzuridagi_oltin_meros_halqaro_hayriya_
jamg%E2%80%98armasini_qo%E2%80%98llab-
quvvatlash_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_qarori&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va
barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‗payib bormoqda. Bunday
murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab,
uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta‘lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka
hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‗oyaviy-tarbiyaviy
ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va
terroristik harakatlarga adashib qo‗shilib qolish, milliy qadriyatlarga e‘tiborsizlik,
erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan targ‗ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu
masalalarga jiddiy e‘tiborni talab etmoqda.
Mamlakatimizda
qabul
qilingan
2017-2021
yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi
bo‗g‗inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini
ta‘minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash
ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‗yilgan.
Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma‘naviy-ma‘rifiy
targ‗ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‗lami va
miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‗rsatayotgan soha xodimlarining bilim
va malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar
mehnatiga haq to‗lashning barqaror tizimini yo‗lga qo‗yish, sohada faoliyat olib
borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning
samarasini oshirish maqsadida: Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining
Respublika Ma‘naviyat targ‗ibot markazi hamda Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-
amaliy markazini birlashtirish yo‗li bilan ularning negizida O‗zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |