8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#140381
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 мавзу Мустақиллик йилларида Ўзбекистондаги маданий ва маънавий 37a3d104714e9808fd7663b9e95992aa (1)

3-masala.  Ma‘naviy-ma‘rifiy  sohadagi  yutuqlarimiz  ta‘lim  tizimidagi  tub 

o‗zgarishlarda  yaqqol  namoyon  bo‗lmoqda.  Xalq  ta‘limini  isloh  qilish,  kadrlar 

tayyorlash  tizimini  mustahkamlash  sohasida  muhim  CHora-tadbirlar  amalga 

oshirildi.  YAngi  oliy  o‗quv  yurtlari  tashkil  etilib  bilimlarning  yangi  tarmoqlari 

bo‗yicha  kadrlar  tayyorlash  yo‗lga  qo‗yildi  Oliy  ta‘lim  tizimidagi  16 

universitetning 12 tasi  mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng 

zarur  zamonaviy  mutaxassisliklar  bo‗yicha  o‗nlab  yangi  oliy  o‗quv  yurtlari-

Mudofaa  vazirligi  qoshida  Harbiy  akademiya,  Ichki  ishlar  vazirligi  qoshida  Ichki 

ishlar  akademiyasi,  Bank-moliya  akademiyasi,  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya 

universiteti,  Toshkent  aviatsiya  instituti,  Navoiy  tog‗-konchilik  instituti,  Toshkent 

Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta‘limni tubdan isloh 

qilish yo‗llari ishlab chiqildi. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida 

O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash 

milliy  dasturi»  qabul  qilindi.  Milliy  dasturning  maqsadi  ta‘lim  sohasini  tubdan 



isloh qilish, uni o‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‗la xalos 

etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy 

talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  milliy  tizimini 

yaratishdan iboratdir. 

Milliy  dastur  ro‗yobga  chiqmoqda.  Yoshlar  umumiy  o‗rta  ta‘limni  9-yillik 

maktablarda  oladilar,  yana  uch  yil  davomida  yangidan  tashkil  etilgan  akademik 

litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‗rta maxsus bilim va kasb-hunar o‗rganadilar. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan  vazifalarni  bajarish 

umumxalq, umummillat ishiga aylandi.  

Oliy  ta‘lim  tizimida  katta  o‗zgarishlar  qilindi.  Oliy  ta‘lim  ikki  bosqichdan-

bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 

Mamlakatimizda  iqtidorli  yoshlarni  izlab  topish,  ularga  ko‗maklashish, 

qo‗llab-quvvatlash  bo‗yicha  davlat  siyosati  sobit  qadamlik  bilan  olib  borilmoqda. 

Iste‘dodli  yoshlarni  moddiy  va  ma‘naviy  rag‗batlantirish,  chet  elda  o‗qishini 

qo‗llab-quvvatlash maqsadida ―Respublika bolalar fondi‖, ―Sog‗lom avlod uchun‖, 

―Iste‘dod‖  jamg‗armalari  tashkil  topdi.  Ta‘lim  sohasida  AKSELS,  AYREKS, 

AQSH  kollejlari  konsortsiumi,  SARE,  Tinchlik  korpusi  (AQSH),  Konrad 

Adenauer  fondi,  Britaniya  kengashi,  SAUD  Al-Baptin  fondi  (Misr)  kabi  xalqaro 

tashkilotlar bilan hamkorlik yo‗lga qo‗yildi.  

2003  yil  1  iyulda  «Iste‘dod»  jamg‗armasi  tashkil  etildi.  O‗zbekiston 

Prezidentining  2017  yil  27  iyuldagi  farmoniga  muvofiq  jamg‗armaning  nomi 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  chet  elda  stipendiatlarning  malaka 

oshirishi,  stajirovka  o‗tashi  va  ta‘lim  olishini  tashkil  etish  «Iste‘dod» 

jamg‗armasiga  o‗zgartirildi.  Jamg‗arma  faoliyatining  maqsadi  yuqori  malakali, 

xalqaro  mehnat  bozorida  raqobatbardosh  etuk  mutaxassislarni  jahonning  nufuzli 

ta‘lim  va  ilmiy  muassasalarida  magistratura  va  PhD  dasturlari  asosida  tayyorlash 

orqali 

respublika 

iqtisodiyotining 

ustuvor 


sohalarini 

rivojlantirishga 

ko‗maklashish,  davlat  va  jamoat  tuzilmalari  xodimlarning,  pedagog  va  ilmiy 

kadrlarning bilim va malakalarini oshirish darajasini yuksaltirish uchun zarur shart-

sharoitlar yaratish, ularning hamkorlik asosida rivojlamgan mamlakatlarda malaka 



oshirish,  stajirovka  o‗tash  va  ta‘lim  olishlariga  ko‗maklashishdan  iborat  etib 

belgilandi

1

.  


Bugungi  kunda  ―Iste‘dod‖  jamg‗armasi  negizida  ―El-yurt  umidi‖ 

jamg‗armasi faoliyat yuritmoqda.  

Xorijda 

yashayotgan 

va 

professional 



faoliyatini 

yuritayotgan 

vatandoshlarimiz,  ayniqsa,  katta  ilmiy  salohiyatga  ega  olimlar,  mutaxassislar  va 

iste‘dodli  yoshlar  bilan  yaqin  hamkorlikni  yo‗lga  qo‗yish,  shuningdek, 

O‗zbekistonning  har  tomonlama  va  jadal  rivojlanishi  uchun  zarur,  jahon  mehnat 

bozorida raqobatbardosh  va  yuqori  malakali  mutaxassislarni etakchi  xorijiy ta‘lim 

muassasalarida  hamda  O‗zbekistonda  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  orqali 

kadrlar  bilan  ta‘minlash  maqsadida  2018  yil  25  sentyabrda  ―O‗zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va 

vatandoshlar  bilan  muloqot  qilish  bo‗yicha  «El-yurt  umidi»  jamg‗armasi 

faoliyatini  tashkil  etish  to‗g‗risida‖gi  PF-5545-sonli  O‗zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining Farmoni

2

 e‘lon qilindi. 



Shuni  ta‘kidlash  joizki,  bugungi  kunda  yurtimizda  ―Ta‘lim  jarayonini  isloh 

etish  va  mehnat  bozorida  talab  qilinadigan  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashda 

oliy o‗quv yurtlari muhim o‗rin egallamoqda.  

Mamlakatimizda  istiqlolning  dastlabki  yillaridan  boshlab  ta‘lim-tarbiya 

tizimini  tubdan  isloh  qilishga  alohida  e‘tibor  qaratilib,  farzandlarimizning  jahon 

andozalari  darajasida  zamonaviy  bilim  va  kasb-hunarlarni  egallashi,  jismonan  va 

ma‘nan  etuk  insonlar  bo‗lib  ulg‗ayishi,  ularning  qobiliyat  va  iste‘dodini, 

intellektual  salohiyatini  yuzaga  chiqarish,  yosh  avlod  qalbida  Vatanga  sadoqat  va 

fidoyilik  tuyg‗ularini  yuksaltirish  borasida  ulkan  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 

Prezidentimizning  2017  yil  7  fevraldagi  "O‗zbekiston  Respublikasini  yanada 

rivojlantirish  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‗g‗risida"gi  farmonida  ijtimoiy 

soha,  xususan,  ta‘lim  va  ilm-fan  sohalarini  takomillashtirish  borasida  qator 

vazifalar  belgilangan.  Hujjatda  ta‘lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini 

                                                             

1

 

https://www.xabar.uz/talim/istedod-jamgarmasi-tugatildi



 

2

 



https://lex.uz/docs/3920037

 



mustahkamlash,  yangi  ta‘lim  muassasalari  qurish,  mavjudlarini  rekonstruksiya 

qilish  va  kapital  ta‘mirlash  barobarida  ularni  zamonaviy  o‗quv  va  laboratoriya 

jihozlari,  kompyuter  texnikasi,  o‗quv-metodik  qo‗llanmalar  bilan  ta‘minlash 

nazarda  tutilgan.  2017-2021  yillarda  oliy  ta‘lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish 

dasturini  ishlab  chiqish,  o‗quv  dasturlarini  yanada  zamonaviylashtirish,  pullik 

xizmatlar ko‗rsatish  va  moliyalashtirishning qo‗shimcha  manbalarini  izlashda oliy 

o‗quv  yurtlarining  vakolatlarini  kengaytirish  yo‗li  bilan  ularning  mustaqilligi 

bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Keyingi bir yil O‗zbekiston Respublikasi 

Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining etmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi 

qabul  qilindi.  Bu  tom  ma‘noda  ta‘lim  tizimidagi  o‗zgarish  va  yangilanishlar 

jarayonini boshlab berdi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  2017  yil  20  aprelda  ―Oliy  ta‘lim 

tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  PQ-2909-sonli 

Qaror


1

ni imzoladi. Qaror bilan ta‘lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali 

davlat nazoratini o‗rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta‘lim sifatini 

nazorat  qilish  bo‗yicha  davlat  inspeksiyasi  (Vazirlar  mahkamasining  18.07.2017 

yil 515-sonli Qarori

2

) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi – ta‘lim-tarbiya jarayoni, 



professor-o‗qituvchilar  tarkibi,  ta‘lim  tizimida  kadrlar  tayyorlash  va  ularning 

malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‗ysunishidan qat‘i 

nazar,  ta‘lim  muassasalarini  attestatsiya  va  davlat  akkreditatsiyasidan  o‗tkazish, 

ta‘lim-tarbiya sifatini  nazorat qilish bo‗yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan 

iborat. 

O‗zbekiston  ta‘lim  tizimi  dunyo  miqyosida  kaeta  qiziqish  uyg‗otmoqda. 

Moskvadagi  Oliy  ta‘lim  Xalqaro  Fanlar  akademiyasi  prezidenti  V.SHukshunov 

O‗zbekistonda  ishlab  chiqilgan  bu  Milliy  dasturni  mazmun-mohiyati  jihatidan 

tengi  yo‗q  hujjat,  deb  ta‘rifladi.  O‗zbekistonda  yaratilayotgan  ta‘lim  tizimi 

«Ta‘limning o‗zbek modeli» deb e‘tirof etildi. 

                                                             

1

 



https://lex.uz/Pages/GetPdfView.aspx?lact_id=3171590

 

2



 Қаранг: 

https://www.lex.uz/docs/3273609

 



2020  yil 23 sentyabrda  yangi tahrirdagi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun qabul 

qilindi. Unga muvofiq, ta‘lim turlari quyidagilardan iborat: 

• maktabgacha ta‘lim va tarbiya; 

• umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim; 

• professional ta‘lim; 

• oliy ta‘lim; 

• oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim; 

• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

• maktabdan tashqari ta‘lim. 

Umumiy o‗rta ta‘lim I–XI sinflarni o‗z ichiga oladi. 

O‗rta  maxsus  ta‘lim  akademik  litseylarda  9  yillik  tayanch  o‗rta  ta‘lim 

asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. 

Professional  ta‘lim  boshlang‗ich,  o‗rta  va  o‗rta  maxsus  professional  ta‘lim 

darajalariga ajratiladi. 

Boshlang‗ich  professional  ta‘lim  kasb-hunar  maktablarida  IX  sinf 

bitiruvchilari  negizida kunduzgi ta‘lim shaklida 2  yillik  integratsiyalashgan dastur 

asosida bepul amalga oshiriladi. 

O‗rta  professional  ta‘lim  kollejlarda  davlat  buyurtmasi  yoki  to‗lov-

shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‗lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‘lim 

shakllari bo‗yicha amalga oshiriladi. 

O‗rta  maxsus  professional  ta‘lim  texnikumlarda  davlat  buyurtmasi  yoki 

to‗lov-shartnoma  asosida  davomiyligi  kamida  2  yil  bo‗lgan  kunduzgi,  kechki  va 

sirtqi ta‘lim shakllari bo‗yicha amalga oshiriladi. 

Qonunga  ko‗ra,  davlat  oliy  ta‘lim,  o‗rta  maxsus,  professional  ta‘lim 

muassasalari  va  ularning  filiallari,  shuningdek  davlat  ishtirokidagi  oliy,  o‗rta 

maxsus,  professional  ta‘lim  tashkilotlari  va  ularning  filiallari  Prezident  yoki 

Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.  

Nodavlat ta‘lim  muassasalarini tashkil etish ularning ta‘sischilari tomonidan 

amalga oshiriladi. 



Nodavlat ta‘lim tashkilotlariga litsenziya Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat 

inspeksiyasi tomonidan beriladi. 

SHuningdek,  mazkur  Qonun  bilan,  1997  yil  29  avgustdagi  ―Ta‘lim 

to‗g‗risida‖  gi  hamda  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‗g‗risida‖  gi  Qonunlar 

o‗z kuchini yo‗qotdi

1



Xulosa  qilib  aytganda  uzoq  ming  yilliklar  shundan  dalolat  beradiki,  o‗zbek 

milliy  davlatchilik  tarixi  eng  avvalo  ma‘naviy-ma‘rifatning  jamiyat  hayotida 

muhim  o‗rin  egallaganligi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan.  Ushbu  azaliy  an‘anaga 

mustaqillik  yillarida  alohida  e‘tibor  berilishi  katta  ahamiyatga  ega  bo‗ldi.  Milliy 

madaniyatitmizga,  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo‗shgan 

bobokalonlarimizning  ma‘naviy  merosi  xalqimizga  qaytarildi.  Milliy  pedagogik 

tafakkur  ta‘sirida  ta‘limni  sog‗lomlashtirish  jarayoni  boshlandi.  Uzoq  vaqt 

mobaynida tashqi dunyodan uzib qo‗yilgan, o‗zga mamlakatlar tarixiy tajribasidan 

ham,  milliy  ma‘rifiy-pedagogik  merosdan  ham  bahramand  bo‗lmagan  milliy 

pedagogikamiz  jahon  maydoniga  chiqdi.  Erishilgan  natijalarni  o‗zgalarniki  bilan 

qiyoslash,  boshqalardagi  ijobiy  natijalarni  o‗zlashtirish  imkoni  paydo  bo‗ldi. 

Mamlakatning  madaniy  hayotida ro‗y bergan  muhim  voqealar shu davr adabiyoti, 

teatr  san‘ati,  rang  tasvir  ijodkorligi  sohalariga  keng  imkoniyatlar  eshigi  ochildi. 

SHuningdek,  istiqlolning  har  bir  yili  mamlakatimiz  tarixi  sahifalariga  ulkan 

bunyodkorlik, 

xalqimiz  erishayotgan  olamshumul 

yutuqlar,  ezgulik 

va 


shodumonlik, taraqqiyot va faravonlik yili sifatida zarhal harflar bilan bitilmoqda. 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish