8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#140381
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 мавзу Мустақиллик йилларида Ўзбекистондаги маданий ва маънавий 37a3d104714e9808fd7663b9e95992aa (1)

2-masala.  Madaniy  taraqqiyot  inson  ma‘naviy  kamolotining  asosiy 

ko‗rsatkichi  hisoblanib,  mamlakat  ravnaqi  har  bir  fuqaroning  ongliligi,  ularning 

madaniy-tarixiy  boyliklarini  yaratish,  saqlash  va  rivojlantirish  jarayonlariga 

bo‗lgan  munosabatlariga  har  tomonlama  bog‗liqdir.  Davlatimiz  rahbari 

SH.M.Mirziyoev «Har bir suveren davlat o‗zining betakror tarixi va madaniyatiga 

egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa xaqli ravishda 

shu  mamlakat  xalqi  hisoblanadi»

1

.  Ta‘kidlash  joizki,  madaniy-tarixiy  taraqqiyot 



nihoyatda  murakkab  hisoblanib,  uning  ichki  mohiyatini  ham  moddiy,  ham 

ma‘naviy  madaniyatlar  tashkil  etadi.  Ularning  o‗zaro  aloqasi  hamda  mavjudlik 

shakllarini  anglab  etish  uchun  madaniy  taraqqiyotning  o‗ziga  xos  xususiyatlari, 

qonuniyatlari,  rivojlanish  bosqichlari  va  o‗lchovlarini  aniqlash,  shuningdek 

madaniy  hodisalarning  o‗zaro  aloqasi,  madaniyatning  ijtimoiy  taraqqiyotdagi 

vazifalari,  o‗rni  va  roli,  madaniyat  va  sivilizatsiya  tushunchalari  to‗g‗risida 

muayyan  bilimga  ega  bo‗lish  talab  etiladi.

 

O‗zbekiston Respublikasining  Birinchi 



Prezidenti  I.A.Karimovning  «Biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki  madaniyati, 

ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha  nazar tashlaymiz», – degan 

fikrlarida juda katta mantiq va ma‘no bor. Biroq, sovet mustabid tuzumi sharoitida 

                                                             

1

 

http://www.mrdi.uz/institut/institut-tarixi/



  


o‗zbek  milliy  madaniyati  haddan  ortiq  darajada  zarar  ko‗rdi.  Barcha 

mustamlakachilar  kabi  kommunistik  mafkura  maddohlari  ham  o‗zbek  xalqini  qul 

qilish  uchun,  eng  avvalo,  xalqimizning  milliy  madaniyatini  yo‗q  qilishga  zo‗r 

berdilar!  Taniqli  olim  A.Mavrulov  shunday  ta‘kidlagan  edi:  «o‗zbek  xalqi  katta 

yo‗qotishlarga  qaramasdan,  o‗zligini,  o‗z  milliy  madaniyatini  muayyan  darajada 

saqlab  qola  bildi.  Bunga  uzoq  va  yaqin  tarix  guvoh.  Endigi  vazifa  ma‘naviy 

hayotdagi  barcha  yo‗qotishlarning  o‗rnini  qoplashdan  iboratdir.  O‗zbek  xalqi  ana 

shu  yo‗ldan  bordi,  o‗z  milliy  tarixiy,  madaniy  merosiga  sodiqligini  ko‗rsata  oldi. 

Bu  esa  mustamlakachiliklar  davrida  yo‗qotilgan,  toptalgan  madaniy  merosni 

tiklash, o‗zligini anglashga bo‗lgan rag‗batni uyg‗otdi»

1

.

 



Mustaqillik  sharofati  bilan  diniy  qadriyatlar,  diniy  e‘tiqod  qayta  tiklandi. 

Ramozon  hayiti,  Qurbon  hayiti,  qadimiy  xalq  bayrami  Navro‗z  qayta  tiklandi,  bu 

kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo‗lib qoldi. Musulmonlar 

O‗zbekiston  xalqi  tarixida  birinchi-marta  bevosita  hukumat  homiyligida  har  yili 

Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‗ldilar. Prezident Farmoni 

bilan  tuzilgan  «Ma‘naviyat  va  ma‘rifat»  jamoatchilik  markazi  (1994  yil  23  aprel 

PF-842-son)

2

,  «Oltin  meros»  xalqaro  xayriya  jamg‗armasi  (Vazirlar 



Mahkamasining  27.09.1996  yil  338-sonli  Qarori)

3

  jamiyatning  ma‘naviy-ma‘rifiy 



ravnaqi yo‗lida xizmat qilmoqda. 

Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda jamiyat  hayotining  ma‘naviy-ma‘rifiy 

asoslarini  mustahkamlash,  milliy  istiqlol  g‗oyasining  asosiy  tushuncha  va 

tamoyillarini  hayotga  joriy  etish,  yurtdoshlarimiz,  ayniqsa,  yosh  avlod  qalbida 

Vatanimiz  taqdiri  va  kelajagi  uchun  daxldorlik  va  mas‘uliyat  hissini  oshirish,  yot 

g‗oyalarga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni  kuchaytirishga  yo‗naltirilgan  targ‗ibot 

tizimi  shakllandi.  Bu  jarayonda  Respublika  Ma‘naviyat  targ‗ibot  markazi,  uning 

joylardagi  tuzilmalari  hamda  Milliy  g‗oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi 

tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.  

                                                             

1

 Халқ сўзи. – 2016. – 15 дек. 



2

 

https://lex.uz/docs/196309



 

3

 



https://nrm.uz/contentf?doc=428964_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_vazirlar_mahkamasining_ 

27_09_1996_y_338-son_manaviyat_va_marifat_jamoatchilik_markazi_huzuridagi_oltin_meros_halqaro_hayriya_ 

jamg%E2%80%98armasini_qo%E2%80%98llab-

quvvatlash_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_qarori&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana

 



Bugungi  kunda  dunyoda  globallashuv  jarayonlari  kuchayib,  tinchlik  va 

barqarorlikka  qarshi  yangi  tahdid  va  xatarlar  tobora  ko‗payib  bormoqda.  Bunday 

murakkab  va  tahlikali  vaziyat sohada amalga oshirilgan  ishlarni tanqidiy baholab, 

uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.  

Xususan,  oila,  mahalla  va  ta‘lim  muassasalarida  yoshlar  tarbiyasi,  chekka 

hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‗oyaviy-tarbiyaviy 

ishlarning  yuzaki  tarzda  olib  borilayotgani,  jinoyatchilik,  diniy  ekstremizm  va 

terroristik  harakatlarga  adashib  qo‗shilib  qolish,  milliy  qadriyatlarga  e‘tiborsizlik, 

erta  turmush  qurish,  oilaviy  ajralishlar  kabi  salbiy  holatlarning  oldini  olishga 

qaratilgan targ‗ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu 

masalalarga jiddiy e‘tiborni talab etmoqda.  

Mamlakatimizda 

qabul 

qilingan 



2017-2021 

yillarda 

O‗zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha 

Harakatlar  strategiyasida  eng  avvalo,  davlat  boshqaruvi  organlarining  quyi 

bo‗g‗inlari  faoliyatini  tubdan  yaxshilash,  ularning  xalq  bilan  muloqot  qilishini 

ta‘minlash,  bu  borada  samarali  ijtimoiy  hamkorlik  mexanizmini  mustahkamlash 

ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‗yilgan.  

Ana  shu  maqsad  va  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda,  ma‘naviy-ma‘rifiy 

targ‗ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‗lami va 

miqyosini  kengaytirish,  tizimda  faoliyat  ko‗rsatayotgan  soha  xodimlarining  bilim 

va  malakasini  izchil  oshirib  borish,  tuman  (shahar)  darajasidagi  xodimlar 

mehnatiga  haq  to‗lashning  barqaror  tizimini  yo‗lga  qo‗yish,  sohada  faoliyat  olib 

borayotgan  muassasa  va  tashkilotlar  ishini  muvofiqlashtirish  va  ularning 

samarasini  oshirish  maqsadida:  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining 

Respublika  Ma‘naviyat  targ‗ibot  markazi  hamda  Milliy  g‗oya  va  mafkura  ilmiy-

amaliy  markazini  birlashtirish  yo‗li  bilan  ularning  negizida  O‗zbekiston


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish