SCORM standart paketlari.
SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model -birgalikda foydalanish uchun obyekt tarkibidagi namunali model.
Bu о‘quv materiallari orqali bilim oluvchining о‘rganilayotgan о‘quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini о‘qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle)ga hisobot kо‘rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bо‘lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida о‘rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan о‘quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bо‘lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) kо‘pchiligi yaratiladigan о‘quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti kо‘rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi
Moodle tizimida о‘quv jarayonini tashkillashtirish.
Moodle – Web muhitida о‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud о‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha kо‘p bо‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qо‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni kо‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng kо‘p qо‘shimcha plagin va modullari mavjud bо‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi professor-о‘qituvchi hamda talaba о‘rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni joylashtirish orqali ta’lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning kо‘p davlatlarining о‘quv muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
О‘zbekistondagi kо‘plab ta’lim muassaslarida aynan virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi о‘quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yо‘naltirilgan maxsus tizim bо‘lib, internet tarmog‘ida foydalanishga mо‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). О‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.5.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
Do'stlaringiz bilan baham: |