Biroq, YuMB lar bilan stabillangan ko‘piklarda termik ishlov natijasida suyuq dispersion muhit qattiq holatga o‘tib qattiq ko‘pik hosil qiladi. Bunday ko'piklar absolyut barqaror bo'ladi. Mexanik ta’sirlar ham ko‘piklarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko'piklarning nisbatan barqarorligi quyidagi uch omil bilan tushuntiriladi: Ko'piklarning nisbatan barqarorligi quyidagi uch omil bilan tushuntiriladi: - Kinetik;
- Struktur-mexanik;
- Termodinamik.
Ko‘piklarning ishlatilishi - Ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari ko‘piklardir: kremlar, tortlar, konfetlar, muzqaymoqlar, kokteyl va boshqalar;
- Ko‘pgina dori-darmonlar ham ko‘piklar holida bo‘ladi;
- Kimyo sanoatida gaz-suyuqlik sistemalarida jarayonlami o‘tkazishda ko‘pikli qurilmalar ishlatiladi: adsorbsiyada, desorbilashda, kondensatlashda, quritishda, gazlarni tozalashda va h.z.
Dispersion muhiti suyuq, dispersion fazasi qattiq bo‘lib, dispers faza zarrachalarining o‘lchami 10-5 sm (100 nm) dan katta bo‘lgan dispers sistemalar-suspenziyalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |