8-Mavzu. Mifologiyа. Qadimgi Turon mifologiyasi g‘oyalar va ularning qadimgi turkiy elatlar hayotida tutgan о‘rni


-Mavzu. Jamiyat hayotidagi ijtimoiy-g‘oyaviy jarayonlarda dastlabki diniy g‘oyalarning tutgan о‘rni



Download 100 Kb.
bet4/4
Sana04.12.2022
Hajmi100 Kb.
#878792
1   2   3   4
Bog'liq
8-ma\'ruza (1)

10-Mavzu. Jamiyat hayotidagi ijtimoiy-g‘oyaviy jarayonlarda dastlabki diniy g‘oyalarning tutgan о‘rni.
REJA
1. Diniy g‘oyalarning tarixiy tizimlari.
2. Urug‘-qabila dinlari va ularda ifodalangan g‘oyalar.
3. Diniy bag‘rikenglik ijtimoiy taraqqiyotning omili sifatida.

Har bir o’quv predmetining maqsad va vazifalari bo’lganidek, Dinshunoslikning ham maqsad va vazifalari bor.


Fanning asosiy maqsadi talabalarni dunyo dinlari tarixi, manbalari va amaliyoti bilan tanishtirishdir. Shu bilan birga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unligi va hozirgi mustaqil O’zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to’g’ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Bu maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishiladi:
-dunyoviy davlat va dinning o’zaro munosabatlari haqida hamda O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunining mazmuni to’g’risida ma’lumot berish;
- dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilim berish;
- dastlabki ibtidoiy diniy tasavvurlar haqida ma’lumot berish;
- dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarida tutgan mavqei haqida ma’lumot berish;
- milliy va jahon dinlari asoslari haqida ma’lumot berish;
- jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
- ulug’ hamyurtlarimizning islom takomilidagi buyuk xizmatlari haqida o’quvchilarga bilim berish hamda ularda faxrlanish hislarini tarbiyalash;
- diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm mohiyatini yoritish hamda boshqa masalalar haqida tushunchalar berish kabilardan iboratdir.
Bu maqsad va vazifalarning amalda bajarilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Xususan, fanni o’rganish orqali talabalar o’zlarida islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlar va uning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalaydilar.
Dunyoviy nuqtai nazar bo’yicha esa din - ijtimoiy-tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, ibodat va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda insoniyat paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir.
Dunyoda biror-bir xalq yo’qki, u yoki bu dinga e’tiqod qilmasin. Dinlar esa xilma-xil. Ayni paytda, ular urug’-qabilaviy (yoki ibtidoiy), milliy hamda jahon dinlariga bo’linadi.
Insoniyat tarixining ilk davrlarida paydo bo’lgan va amal qilgan ibtidoiy din shakllari urug’-qabilaviy dinlar deyiladi. Ularga totemizm, animizm, fetishizm, shamanizm, magiya kabilar kiradi.
Milliy dinlarga hinduiylik, sikhiylik, konfutsiychilik, yahudiylik va boshqa bir qancha dinlar kiradi. Bu dinlar elatlarning, millatlarning, keyinchalik esa milliy davlatlarning shakllanish jarayonini aks ettirgan hamda o’zlari paydo bo’lgan hududlardagi odamlarning (elat, millatlarning) o’z millatlariga, davlatlariga e’tiqod qilishni ifodalagan.
Buddaviylik, xristianlik va islom dinlari - jahon dinlari hisoblanadi.
Jahon dinlari - o’zlari paydo bo’lgan hududdagina amal qilib qolmay, balki er yuzining boshqa hududlarida ham keng tarqalgan. Bu dinlar o’z e’tiqodchilarining millati, tili, irqi, tug’ilgan joyi, fuqaroligi kabi xususiyatlarni hisobga olmaydi. Jahon dinlarining paydo bo’lishi bilan katta ijobiy hodisa - bir dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning yaqinlashuvi jarayoni ham ro’y bera boshladi.

Diniy tasavvurlar tarixan turli shakllarda namoyon bo’lgan. Ular bir-biridan mazmunan farq qilgan. Dastlabki kishilik jamiyati - ibtidoiy jamoa tuzumi davrida insoniyat ajdodlari diniy tasavvurlarning - totemizm, animizm, fetishizm, sehrgarlik va shamanizm kabi shakllarni yaratganlar.


“Totemizm” “O-totem”so’zidan olingan, Shimoliy Amerika Ojibva qabilasi tilidan “uning urug’i” deb tarjima qilinadi. Totemizmning mohiyatini ajdodlar bilan ayrim hayvonlar va o’simliklar orasida yaqinlik hamda qon-qarindoshlik bor deb ishonish tashkil etgan. Ajdodlarimiz o’z urug’i har bir a’zosining hayoti urug’ning ajdodi hisoblangan totemga, ya’ni totem deb qabul qilingan o’simlik yoki hayvonga bog’liq deb ishonganlar. O’sha o’simlik yoki hayvon muqaddas hisoblangan. O’z urug’lari ruhini ifodalovchi hayvon yoki o’simlik surati solingan tosh va taxtachalar maxsus joylarda saqlangan. Bunday joylar muqaddas deb e’zozlangan. Ular urug’ totemi ruhlarining makoni sanalgan.
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida totemizmning asosiy vazifasi birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko’plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi).
Animizm (lotin tilida «anima» – «ruh», «jon» ma’nolarini anglatadi). Animizm – ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol, totemistik qarashlar paydo bo’lgunicha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgandir.
Animizm tabiatning qudratli kuchlarini – osmon va er, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momoqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning, balki relefning ayrim alohida qismlari – tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. Shunday bo’lgach, har qanday voqea-hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilgan, qurbonliklar qilingan, ruhlar haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilgan.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasida asosiy aqidaviy qismni tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari sanalmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.
Fetishizm («fetish» so’zi fr. fetiche – «but», «sanam», «tumor» ma’nosidagi so’zni anglatadi). Mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishini o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega. Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik yo’li bilan buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham mavjud bo’lishi mumkin.
Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, turli haykallar, suratlar, tumor, ko’zmunchoq va turli ramzlar bunga yorqin misoldir.
Sehrgarlik - odam, hayvon va tabiatga g’ayritabiiy yo’llar bilan ta’sir o’tkazish maqsadida bajariladigan xatti-harakatlardir. Bugungi kunda sehrgarlik urf-odatlari odamlar hayotida ma’lum darajada rol o’ynab kelmoqda. Sehrgarlik o’z mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: - dushmaniga ziyon-zahmat etkazish; - harbiy; - muhabbat (issiq-sovuq qilish); - davolash; - ob-havo va xo’jalik sehrgarligi.
Shomonizmda diniy tasavvurlar taraqqiyoti tarixida birinchi marta odamlar odamga sig’inganlar. Odamlar sig’ingan odam shomon deb atalgan. Shu tariqa shomonlik vujudga kel­gan. “Shomon” so’zi tunguschadan o’zbek tiliga "o’ta hayajonli", "jazavali kishi" deb tarjima qilinadi. U yoki bu qabilaning "ruhoniysi" shomon deb atalgan. O’sha davr odamlari shomonlarda alohida ilohiy qudrat bor, deb ishonganlar.
Ajdodlarimiz ruhlar shomonlarga xizmat qiladi, uning turli topshiriqlarini bajaradi, shomonlar esa odamlar bilan ruhlar o’rtasida vositachilik qila olish qudratiga ega, deb ishonganlar. Shomon­lar kelajakni oldindan aytish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o’zgartirish, marhumlarni narigi dunyoga kuzatib borishga qodir bo’lganlar. Shomon­lar, hatto yovuz ruhlar bilan jang qila olganlar. Shomonizm uchun xos bo’lgan yana bir xislat - ruhga ishonish edi. Shomonlar diniy marosimni o’ziga xos tomoshaga aylantira olganlar.
Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalqlar e’tiqod qiladigan dinlar tushuniladi.
Milliy dinlar elat-elat dinlar deb yuritiladi. Chunki ular urug’ qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin ular avvalo, elatning so’ngra, millatning shakllanishini o’zlarida aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat – marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo’lishi bilan boshqa dinlardan ajralib turadi.
Milliy dinlarga hindiuzm, jaynizm, sikxizm, braxmanizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik) kabi dinlar kiradi.

Nazorat savollari



  1. Din g‘oyalar tizimi sifatida.

  2. Urug‘-qabila dinlari va ularda ifodalangan g‘oyalar.

  3. Fetishizm. Totemizm. Animizm. Magiya.

  4. Muqaddaslashtirish. Milliy dinlardagi g‘oyalar.

  5. Xinduizm. Iudaizm. Konfusiylik.

  6. Jahon dinlarining ezgu g‘oyalari va ularning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri. Zardushtiylik. Buddaviylik. Xristianlik. Islom.

  7. Diniy bag‘rikenglik î‘zbek milliy mentalitetining ifodasi ekanligi.



1 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд.- Т.:Ўзбекистон, 1996, 7-бет.

1 Каримов И. Жамиятимиз мафкураси халқни – халs, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. Т., “Ўзбекистон”, 1998. 15-б.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish