1990 yil 2 maydagi Prezident Farmoni bilan mamlakatimizda Navro`z an‘anaviy bayrami qayta tiklandi, tarixiy haqiqat va adolat qaror topdi. Navro`zning xalqimiz tomonidan keng nishonlanishining o`ziga xos mohiyati va ahamiyati ochib berildi. Navro`z kunlari tabiatda yuz berayotgan uyg`onish-yangilanish jarayoni insonlar hayotidagi o`zgarishlar bilan uyg`unlashib ketadi, san‘atkorlar qo`shiq va kuylarida yurt ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan xalqimizni, turli millat va elat vakillari o`rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan do`stlik va o`zaro hamkorlikni, eng muhimi, baynalmilalchilik ruhini keng tarannum etadilar.
Navro`z nafaqat o`zbeklarning, balki jannatmakon diyorimizda yashayotgan jamiki millat
va elat vakillarining ham ardoqli, sevimli bayramiga aylandi.
Navro`z kabi ―Mehrjon, ―Hosil bayrami, ―Qovun sayli va boshqa xalq bayramlari, sportning milliy turlari hamda tarixiy xalq o`yinlaridan keng foydalanilgan holda badiiy-sport bayramlarining tiklanishi fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashi e‘tiqodini shakllantirishda, ularda ona zaminga mehr-muhabbat tuyg`ularini uyg`otish, suvni tejab-tergab sarflash, tabiatni, uning yer osti va yer usti boyliklarini asrash, bobodehqon mehnatini e‘zozlash, xullas, o`lkamizdagi jamiki jonzot va go`zalliklarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Bularning barchasi, pirovard natijada, mamlakat boyligining ortishi, demakki, xalqimiz turmush farovonligining yuksalishi uchun xizmat qiladi.
1992 yil 7 martda Prezident Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo`yicha qo`mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi erkinligiga kafolat berildi. Diniy-axloqiy mavzuda ko`plab kitoblar chop etildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Respublikamiz rahbariyati kishilar ma‘naviy kamolotida islom dinining katta ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi Farmoniga binoan Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Endilikda Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi va Toshkent Islom Universiteti samarali faoliyat ko`rsatmoqda.
Qadim zamonlardayoq yurtimizda din erkinligi mavjud bo‗lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e‘tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g`oyalariga amal qilingan. Xalqimiz ma‘naviy jihatdan ko‗pgina afzalliklarga ega bo‗lgan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom dini ta‘limotida Qur‘oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi ―Al-Jomi‟ as-Sahih” nomli asar yaratib, islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, shayxulislom
Burhoniddin al-Marg`inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo‗ja Ahmad Yassaviylar insonni ma‘naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkoridirlar.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi,
islomshunos allomalarimizning ulug` nomi o‗z o‗rniga qo‗yildi.
1993-yil 16-sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‗lib o‗tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog`liq bo‗lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag`ishlangan qator risolalar chop etildi.
1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‗yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog`ida Imom al- Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jildlik ―A1-Jomi‘ as-Sahih kitobining ko‗p ming nusxadagi nashri o‗zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16-17-noyabr kunlari Marg`ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg„inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg`nonyning islom huquqiga bag`ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Abduxoliq G`ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kuhroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Yaliy tavalludining 600 yilligi keng ko‗lamda nishonlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro`za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e‘lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‗ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‗lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi ―Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‗g`risidagi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‗ldilar. Mustaqillik yillarida 50 mingdan o‗zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‗ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. ―Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur‘oni Karim sakkiz marta 1 mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadirniy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg`onishidir.
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma‘naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo`yicha qo`mita taslikil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‗rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta‘lim olmoqdalar. 1999- yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida (2018-yil 16-apreldan Xalqaro Islom Akademiyasi) minglab talaba o‗qimoqda. O‘zRning Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g„risida”gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida ham malakatimizda vijdon erkinligining kafolatlanishi va diniy konfessiya vakillarining hamjihatlikda faoliyat ko`rsatishlariga xizmat qiluvchi qator islohotlar davom ettirildi.
2017 yil 17 fevralda Prezident SH.Mirziyoyev Farmoni bilan Termiz shahrida Imom at- Termiziy nomidagi Xalqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017 yil 23 iyunda ―O`zR Vazirlar Mahkamasi huzurida Islom madaniyati markazini
tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida O`zR Prezidentining Qarori (PQ-3080) qabul qilindi.
2018 yil 16 aprelda esa ―Diniy-ma‘rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni e‘lon qilinib, unga ko`ra Toshkent Xalqaro Islom Akademiyasi va uning tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo mintaqaviy filiallari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |