8-Mavzu: Ma’lumotlarning dinamik tuzilmalari Reja


misol. O‘sish tartibida tartiblangan info



Download 216,45 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2021
Hajmi216,45 Kb.
#69178
1   2   3   4   5   6   7
misol. O‘sish tartibida tartiblangan info maydonli ro‘yxat berilgan. Bu ro‘yxatga X qiymatli elementni shunday qo‘shish kerakki, ro‘yxatdagi tartib buzilmasin.



X=16 bo‘lsin. Boshlang'ich shartlar: Q = Nil, P = Lst. Yangi element 3 va 4- elementlar orasiga qo‘shilishi kerak (3.10-rasm).

Algoritm quyidagicha yoziladi:

Q =Nil


P = Lst

While (P <> Nil) and (X > Info(P)) do

Q = P

P = Ptr(P)



EndWhile if Q = Nil then

Push(Lst, X)

EndIf

InsAfter(Q, X)



Quyida 1 va 2-misollarni yechish dasturi keltirilgan:

1-misol:

Q:=nil;


P:=Lst;

While P <> nil do

If PA.Info = 4 then begin

If Q = nil then begin

Pop(Lst);

P:=Lst;


end

Else Delafter(Q,X);

End;

Else


begin

Q:=P;


P:=PA.Next;

end;


end;

2-misol:

Q:=nil;


P:=Lst;

While (P <> nil) and (X > PA.Info) do begin

Q:=P;

P:=PA.Next;



end;

{Bu yerda qo‘yish amali bajariladi}

If Q = nil then Push(Lst, X);

InsAfter(Q, X);

End;

Ro‘yxat sarlavhasi elementlari. Sarlavhali ro‘yxatlarni hosil qilish uchun

ro‘yxat boshiga qo‘shimcha element kiritilib, bu element ro‘yxat haqidagi ma'lumotlarni o‘zida saqlab turadi (3.11-rasm).



Odatda, sarlavhada ro‘yxat elmenetlari sonini saqlovchi (sarlavhaning o‘zi hisobga olinmaydi) dinamik o‘zgaruvchi joylashadi. Agar ro‘yxat bo‘sh bo‘lsa, u faqat sarlavhadan iborat bo‘ladi (3.12-rasm).



Sarlavhaning ma'lumot maydonida ro‘yxat oxirini ko‘rsatuvchi qiymatni saqlash ham mumkin. Bundan tashqari, sarlavhaning ma'lumotlar maydonini ishchi ko‘rsatkich qiymatini saqlash uchun ishlatish ham mumkin. Ro‘yxat elementlarini ketma-ket ko‘rib chiqishda ishchi ko‘rsatkichdan foydalanish juda qulay hisoblanadi.

Ma'lumotlar tuzilmasining sarlavhasi uning deskriptorini tashkil qiladi.

CHiziqli bo‘lmagan bog'langan tuzilmalar. Agar ikki bog'lamli ro‘yxatda ikkinchi ko‘rsatkich elementlar joylashuvining erkin tartibini ko‘rsatsa, bu ro‘yxatni chiziqli bo‘lmagan ma'lumotlar tuzilmasi deb qarash mumkin (3.13- rasm).



Yuqorida ikki xil ro‘yxatni ko‘rish mumkin. Ulardan biri PTR1 ko‘rsatkichlar bilan berilgan, 5 ta elementdan iborat va chiziqli. PTR2 ko‘rsatkich bilan berilgan ikkinchi ro‘yxat ham aynan shu elementlardan iborat, lekin elementlar ketma-ketligi chiziqli emas, elementlar 1-ro‘yxatdagidek birin-ketin emas, balki 3-, 5-, 4-, 1-, 2-element tartibida joylashgan.

Umumiy holda, ro‘yxat elementiga xohlagancha sondagi ko‘rsatkichlar kiritilib, har bir ko‘rsatkich orqali elementlar ketma-ketligining alohida bir tartibi berilishi mumkin.

CHiziqli bo‘lmagan tuzilmalarning 3 ta asosiy belgisini ko‘rsatish mumkin:



  1. tuzilmaning har bir elementi ixtiyoriy sondagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi mumkin (ya‘ni, keyingi element sifatida ixtiyoriy sondagi elementlar ko‘rsatilishi mumkin);

  2. bir element ixtiyoriy sondagi (bir yoki bir necha) elementlar tomonidan keyingi element sifatida ko‘rsatilishi mumkin;

  3. ko‘rsatkich “vazni” (“mavqei”) tushunchasi kiritilishi va natijada, elementdagi ko‘rsatkichlar bir-biridan o‘z “vazni” bilan farqlanib, ko‘rsatkichlar ierarxiyasini tashkil etishi mumkin.

Nazariy savollari

  1. Qanday dinamik tuzilmalarni bilasiz?

  2. Dinamik tuzilmalarning asosiy farqlanuvchi tomonlari nima?

  3. Dinamik ob‘ektlar bilan ishlash uchun qanday turlar mavjud?

  4. Dinamik tuzilmalarda elementlar qanday bog‘lanadi?

  5. Bir bog‘lamli ro‘yxatlarning asosiy xarakteristikasini aytib bering?

  6. CHiziqli ro‘yxatlar xalqasimon ro‘yxatlardan qanday farq qiladi?

7.Ikki bog‘lamli ro‘yxat tushunchasining paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan deb hisoblaysiz?

  1. Birbog‘lamli va ikkibog‘lamli ro‘yxatlar ustida bajariladigan amallarning qanday farqlari mavjud?

  2. Ko‘ rsatkich nima?

  3. Stek ustida bajariladigan qaysi amallarni navbatga ham qo‘llash mumkin?

  4. Navbat ustida bajarish mumkin bo‘lgan qaysi amalni ro‘yxatlar uchun qo‘llash mumkin?

  5. Ro‘yxat sarlavhasi elementlarini sanab o‘ting.

  6. Bir bog‘lamli ro‘yxatga yangi element kiritish amalini bajarishga ketadigan vaqt ro‘yxatdagi elementlar soniga bog‘liqmi?

  7. Yangi element kiritish amali qaysi holda samaraliroq bajariladi: ro‘yxatdami yoki massivda?

  8. Bir bog‘lamli ro‘yxatni ko‘rib chiqish qanday amalga oshiriladi?

  9. Bir bog‘lamli ro‘yxatning massivga nisbatan qanday kamchiligi bor?

  10. Qanday tuzilmalar chiziqlimas hisoblanadi?

  11. CHiziqlimas tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting




Download 216,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish