Nazorat va muhokama uchun savollar
Texnologiyalar transferi markazlarini ahamiyati.
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlarini izohlang.
Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari qanday.
Innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish yo‘llari.
10-mavzu
|
INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH
|
Reja:
1. Innoatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar.
2. Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
3. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari – MDH tajribasi.
4. Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahlili.
1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar.
Faol innovatsion siyosatni amalga oshirish muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Innovatsion faoliyat bugungi kunda va yaqin kelajakda respublika iqtisodiyoti rivojlanishining muhim shartlaridan biri, ishlab chiqarish va tarmoqlarni modernizatsiyalashning real mexanizmlari bo‘lib hisoblanadi.
Innovatsion siyosat uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan va mamlakat qudrati va salohiyatining o‘sishida muhim omil, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va mustahkam rivojlanishning hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu esa strategik muhim ilmiy-texnika va istiqbolli innovatsion loyihalarni etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mahalliy innovatsion texnologiyalarni faollashtirishni ko‘zda tutadi.
Bizning fikrimizcha, mustahkam innovatsion jarayon uchun ilg‘or rivojlangan mamlakatlarning innovatsion faoliyatini yaxshi bilish va innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish zarur.
Innovatsion faoliyat davlat boshqaruvi orqali tartibga solinadi (muayyan qonunchilik va soliqqa tortish orqali, davlat va ma’muriy usullar, yirik davlat dasturlari, mudofaa qudratini mustahkamlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarni, biotexnologiyalarni, noan’anaviy energetika va boshqalarni rivojlantirish). Undan tashqari, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat mustaqil yirik koorporatsiyalar, universitetlar, venchur jamg‘armalar va boshqalar bilan muvofiqlashtiriladi.
Xorijiy mamlakatlarda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy) tajribasi;
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan rivojlangan mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Bellarussiya, Moldoviya, Ozarbayjon, Armeniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) tajribasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |