O'zbekistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va
o'sish holati.
Istiqlolimizning fidokorona mehnati bilan o'tgan
21 yili ortda qoldi. Bu yillar boy imkoniyatlarga ega
bo'lgan respublika va uning aholisini tang holatdan,
moddiy, ma'naviy inqirozdan chiqarish,
milliy davlatimiz poydevorini
qurish, iqtisodiyotimizni sifat
jihatdan yangi bosqichga ko'tarish
yillari bo'ldi.
Bundan tashqari, bu yillar O'zbekistonni
jahonga namoyon qilish, axborot va
iqtisodiy jihatdan chetlashtirish hollariga
barham berish, jahon hamjamiyatining
boshqa mamlakatlari qatorida teng bo'lib
olish sari intilish yillari ham bo'ldi.
Hayotning, jamiyatning asosiy tamoyillarini va
davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tuzilmalarini o'zida
ifodalagan, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan,
erkin demokratik kelajakni aniq belgilab bergan asosiy
qonun- Konstitutsiya qabul qilindi.
O'zbekiston tanlab olgan yo'l — respublika
va uning xalqining manfaatlariga nihoyatda
mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan
iqtisoddir.
Chuqur o'zgarishlar bizning hayotimizga
shiddat bilan kirib kelayapti. Sodir bo'layotgan
tub siljishlar duneyoning hozirgi qiyofasini
o'zgartirib yubormoqda.
O'zbek xalqining mustaqillikka bo'lgan intilishini jahon
hamjamiyati, xalqaro jamoatchilik qo'llab-quvvatladi.
Dunyodagi 165 mamlakat O'zbekistonning Davlat
mustaqilligini tan oldi. 140 dan ziyod horijiy mamlakatlar
bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O'zbekiston
xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan
Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi.
Respublikani haqiqatan ham uning milliy
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush
tarzi, an'analari, urf-odatlari va ko'nikmalarini, mavjud
beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga
olish asosida yuksaltirish amalda
mumkin bo'lib qoldi.
Hozir O'zbekiston tarixiy chorrahada
turibdi. Avvalo, O'zbekiston Prezidenti Islom
Karimov Respublikaning milliy, ijtimoiy-iqtisodiy
va ma'naviy kamol toptiruvchi o'z taraqqiyot
yo'lini ishlab chiqdi. Respublikada hozir yashab
turganlarning taqdirigina emas, balki ularning
farzandlari, nabiralari, kelajak avlodlarning
taqdiri ham shunga bog'lik bo'ladi.
Respublikadagi tang holatlarni ayni paytda,
tezrok bartaraf etish, yakkahokimlik tizimining
illatlarini batamom tugatish, rivojlangan
madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishi
ham shu narsa bilan belgilanmoqda.
O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z
yo'li 4 ta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon
qilishi
vatanparvarlik
xalqimizning ma'naviy me`rosini mustahkamlash
va rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |