Hayotni tark etish bosqichlari. Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan,o‘z muxoliflaridan birining: «O‘ttiz tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa, o‘limga tabiat hukm etgan», deb javob bergan. Ammo,odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir. Hozirgi zamon fanida o‘lish jarayonining to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga organizmda yuz beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa, 45 yoshdan keyin insonda har kuni u tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n minglab nerv hujayra (neyron)lari halok bo‘ladi. Ammo bosh miya qobig‘ida bunday hujayralar soni 40 milliardga etadi va shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal faoliyat ko‘rsatishda davom etadi»8. Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan o‘zini olib qochib, jamiyatdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy o‘lim yuz berganida boshlanadi. Surunkali giyohvand moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichki likbozlik, o‘z hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy o‘limni bildiradi. So‘ngra ruhiy o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va o‘limning muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi. Miya o‘lishi bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli funksiyalarini boshqarish barham topadi. Bu jarayon fiziologik o‘lim bilan yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.
Suitsid (lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish, odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga mukammal ta’rifni fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, shaxs tomonidan o‘zini kutayotgan natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda nashr etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim mavjud statistik ma’lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy ildizga ega xatar ekanligini isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi munosabatlarda inson o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali echishni istamagan muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan bog‘liq tashvish mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom etadigan kasallik, ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz:
▘ Namoyishkorana (demonstrativ)
▘ Affektli
▘ Haqiqiy
Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd qilishning bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga nisbatan boshqalarda qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, tarafdor (hayrihoh bo‘lish), og‘ir gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik uchun o‘ch olish, adolatsizlik atrofdagilar ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta aspirin va paratsetamol tabletkalarini qabul qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir yigit bilan do‘stlashishiga qarshi bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu tarzdagi hatti-harakatlari og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonama-kasalxona yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan xarakterlanadigan xulq–atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar saxnalashtirilgan (spektakl) shaklida bo‘lishi mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar ham bo‘lishi mumkin, hattoki o‘zoq yillar o‘tsa ham. Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, suitsidial harakatlarda beqarorlik (ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay ona bilan yashayotgan xonadonga keladi, agar otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, bunga javoban o‘gay ona qizning qo‘liga pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni qo‘liga olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.
Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga qaratilgan bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab qo‘yadi.
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti, ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqeahodisalari o‘smirning ongi, xohish-irodasiga bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. I.P.Pavlovning ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining tug‘ma xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy ravishda berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |