8-mavzu. C++ dasturlash tilida massivlar Reja



Download 140,64 Kb.
bet1/4
Sana17.07.2022
Hajmi140,64 Kb.
#811865
  1   2   3   4
Bog'liq
8 mavzu (1)


8-mavzu. C++ dasturlash tilida massivlar
Reja:
1. Massivlar haqida tushuncha.
2. Massivlami tavsiflash va ulardan foydalanish.
3. Bir o‘lchovli massivlar.
4. Ko‘p o’lchovli (indeksli) massivlar.
Tayanch iboralar: include, cout, cin, for, while, do-while, char, iostream, indeks, massiv, vektor, matritsa.
1. Massivlar haqida tushuncha
Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi. Odatda massivlarga zarurat, katta xajmdagi, lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog’liq masalalarni yechishda yuzaga keladi. Faraz kilaylik, talabalar guruxining reyting ballari bilan ishlash masalasi kuyilgan. Unda guruxning o’rtacha reytingini aniqlash, reytinglarni kamayishi buyicha tartiblash, konkret talabaning reytingi xaqida ma’lumot berish va boshqa masala ostilarini yechish zarur bulsin. Qayd etilgan masalalarni yechish uchun berilganlarning (reytinglarning) tartiblangan ketma-ketligi zarur bo’ladi. Bu yerda tartiblanganlik ma’nosi shundaki, ketma-ketlikning xar bir qiymati uz o’rniga ega bo’ladi (birinchi talabaning reytingi massivda birinchi o’rinda, ikkinchi talabaniki - ikkinchi o’rinda va xakoza). Berilganlar ketma-ket-ligini ikki xil usulda xosil qilish mumkin. Birinchi yo’l - xar bir reyting uchun aloxida o’zgaruvchi aniqlash: Reytingl,..., ReytingN. Lekin, guruxdagi talabalar soni etarlicha katta bo’lganda, bu uzgaruv-chilar katnashgan programmani tuzish katta kiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi yo’l - berilganlar ketma-ketligini yagona nom bilan aniklab, uning qiymatlariga murojaatni, shu qiymatlarning ketma-ketlikda joylashgan o’rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir.
Reytinglar ketma-ketligini Reyting deb nomlab, undagi qiymatlariga Reytingl,..., ReytingN ko’rinishida murojaat qilish mumkin. Odatda berilganlarning bunday ko’rinishiga massivlar deyiladi. Massivlarni matematikadagi sonlar vektoriga uxshatish mumkin, chunki vektor xam uzining individual nomiga ega va u fiksirlangan miqdordagi bir turdagi qiymatlardan - sonlardan iboratdir.
Demak, massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlar-ning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bulishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. YUqoridagi keltirilgan misolda Reyting - xaqiqiy turdagi vektor deb nomlanadi.
Programmada ishlatiladigan xar bir konkret massiv uzining individual nomiga ega bulishi kerak. Bu nomni tulik o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning uzi bo’ladi. Massivning xar bir elementi massiv nomi, xamda kvadrat kavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko’rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi.
Murojaat sintaksisi: []
Bu ko’rinishga xususiy o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning alohida elementidir. Bizning misolda Reyting massivining aloxida komponentalariga Reyting[1],...,Reytmg[N] xususiy o’zgaruvchilar orqali murojaat qilish mumkin. Boshqacha bu o’zgaruvchilar indeksli o’zgaruvchilar deyiladi.




Massiv indeksi sifatida butun son qo’llaniladi. Umuman olganda indeks sifatida butun son qiymatini kabul kiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatilishi mumkin va uning qiymati massiv elementi nomerini aniklaydi. Ifoda sifatida o’zgaruvchi xam olinishi mumkinki, o’zgaruvchining qiymati o’zgarishi bilan muro-jaat qilinayotgan massiv elementini anikdovchi indeks xam uzgaradi. SHunday qilib, programmadagi bitta indeksli o’zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash) mumkin bo’ladi. Masalan, Reyting[I] o’zgaruvchisi orqali i o’zgaruvchining qiymatiga bog’liq ravishda Reyting massivining ixtiyoriy elementiga murojaat qilish mavjud.



Download 140,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish