Javoblar 1. Budjet ssudalari nima maqsadda beriladi? Daromadlar tushumi bilan xarajatlaning amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan
vaqtincha kassa uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi
orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjeti va mahalliy byudjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish
sxemalari amalga oshirishga berilishi mumkin.
2. Budjet ssudalari hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering? Byudjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet ssudasi oluvchi moliya
organi bilan byudjet ssudasi beruvchi moliya organi o’rtasida tuzilgan “Byudjet ssudasini berish
to’g’risidagi shartnoma” asosida beriladi va qaytariladi. Byudjet ssudasi tegishli byudjetdan
to’lov topshiriqnomasini tuzib byudjet ssudasi olayotgan byudjetni ijro etayotgan moliya
organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvarag’i”ga o’tkazib
berish yo’li bilan amalga oshiriladi.