8-mavzu. Buxoro xonligidafi tarixiy shaharlar. Reja


Buxoro xonligidagi yirik shaharlar (Buxoro, Samarqand, Qarshi kabi) tarixi masalasining tarixshunosligi, ularning jamiyat hayotidagi o’rni



Download 363 Kb.
bet2/6
Sana30.06.2022
Hajmi363 Kb.
#718505
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

Buxoro xonligidagi yirik shaharlar (Buxoro, Samarqand, Qarshi kabi) tarixi masalasining tarixshunosligi, ularning jamiyat hayotidagi o’rni.

XVI asrda, Shayboniylar oʻzbek sulolasi hukmronligi davrida, Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida Buxoroning mavqei ancha ortdi. Buxoro shahri avvalboshda uluslardan biri markazi maqomida, keyin esa butun boshli davlat poytaxti maqomida boʻlib keldi.

Masjidi kalon. XVI asr. Mir Arab madrasasi. XVI asr.
Buxoro tarixi, madaniyati va meʼmorchiligida Shayboniylar sulolasining uch vakili alohida oʻrin tutadi. Ubaydullaxon (otasi Mahmud Sulton oʻlimidan soʻng Buxoroni boshqargan, 1533—1540-yillarda esa butun oʻzbeklar xoni — Oliy hukmdor boʻlgan[14]) — Shayboniyxon (1500—1510) halok boʻlgandan keyin oʻzaro urushlarga chek qoʻygan va Buxoro binolarini tiklashga bor kuch-gʻayratini sarflagan sarkarda va bahodir. Uning davrida Buxoroning siyosiy va iqtisodiy markaz sifatidagi mavqei ancha kuchaydi va shahar davlat poytaxti vazifasini oʻtay boshladi. XVI asrning birinchi yarmida Movarannaxrda eng muhim saroy adabiy doirasining shakllanishi Ubaydullaxon nomi bilan bog’liq. U Ubaydiy adabiy taxallusi bilan turkiy, fors va arab tillarida sheʼrlar ham yozgan.[15] Uni shaxsan bilgan zamondoshlarining xotiralariga qaraganda, bu hukmdor oʻz davrining ilgʻor va yetakchi siymosi boʻlgan. Uning „madaniy saviyasi Temuriylar rahnamolari savodxonlik darajasidan aslo qolishmasdi“ va u „oʻz kutubxonasiga koʻproq eʼtibor berar edi“: u Buxoroda miniatyurada oʻziga xos Buxoro uslubi yaratilgan birinchi kutobxonaning asoschisi hisoblanadi. Uning maʼnaviy-ruhoniy murshidi — murabbiysi naqshbandiya tasavvuf tariqatiga mansub soʻfiy Maxdumi Aʼzam va Shayx Abdulloh Yamaniy — Mir Arab boʻlgan (Ubaydullaxon inʼom etgan mablagʻ hisobiga uning piri Shayx Abdulloh Yamaniy tomonidan Buxoroda Mir Arab madrasasi qurilgan). Ubaydullaxon mohirona Qurʼon oʻqigan va turkiy tilda sharhlar bergan, iste’dodli qo’shiqchi va sozanda edi. U xattotlik bobida 7 ta husnixat usulini, ayniqsa nasx va nastaʼliqni nihoyatda yaxshi egallagan, Qurʼonning bir necha nusxalarini koʻchirib, Makka va Madinaga joʻnatgan.
Shayboniylar davrida davlat poytaxti boʻlgan Buxoro shahri ilm va maʼrifat kishilari jamlangan bir goʻshaga aylandi. Ubaydullaxon davrida Buxorodagi ilmu hunar ahli shunday yuksak bir darajaga erishdiki, bu jihatdan shahar Husayn Boyqaro zamonasidagi Hirotni ham esga solib turar edi.[16][17]
Ubaydullaxon oʻlimidan keyin Movarounnahrning ikki asosiy shaharida bir vaqtning oʻzida ikki xon: Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon (1540—1550), Samarqandda esa Abdullatifxon (1540—1552) hukmronlik qilishdi. Movarounnahrning boshqa shaharlarida hukmdorlik qilgan oʻzbek sultonlari ularning hokimiyatini nomigagina eʼtirof etishdi.
Ubaydullaxonning oʻgʻli — Abdulazizxon (1533-yildan Buxoroni boshqargan. 1540—1550-yillarda esa Buxoroda davlat hukmdori) ham betakror va isteʼdodli insonlardan biri edi. Zamondoshlarining soʻzlariga qaraganda, Abdulazizxon olim va shoirlar homiysi boʻlgan, „nasx husnixatida ajoyib xat bitar, sheʼr yozish bilan mashgʻul boʻlgan“Aziziy degan adabiy taxallus qoʻllagan. U mashhur Buxoro kutubxonasiga alohida eʼtibor bilan qarab, unga homiylik qilgan. Bu dargoh saroy madaniy hayotining oʻziga xos markazi boʻlib, Buxoro-Samarqand badiiy xattotlik maktabi shakllanishida katta rol oʻynagan edi. Ana shu maʼrifat dargohi Movarounnahr miniatyura rassomchiligi maktabi shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.[18]
Aynan Abdulazizxon hukmronligi davrida Buxoroda rekonstruksiya — mukammal taʼmirlash va yangi binolar barpo etish jarayoni boshlangan edi. Bu, ayniqsa, Buxoroning eski bozori joylashgan nuqtalarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Shahar yangi mudofaa devori bilan oʻralgan. Magʻoki Attori masjidi mukammal taʼmirlangan va masjid, hammom va savdo-sotiq timini (chorsuni) oʻz ichiga olgan Sarrofon meʼmoriy ansambli bilan toʻgʻri yoʻl bilan bogʻlangan edi.

Abdullaxon II Modarixon madrasasi, XVI asr.
Oʻzbek xoni Abdullaxon II hukmronligi davridan boshlab (1557—1598; 1583-yildan Buxoro xonligi hukmdori) Buxoro xonlikning uzil-kesil poytaxti boʻlib qoldi. Bu davrda shaharsozlik taraqqiy etdi va meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi[19]. Buxoro shahri yangi mudofaa devori bilan oʻraldi. Joʻybor shayxlari yerlari (50—60 gektar) shahar sarhadiga qoʻshib olingach, uning yer maydoni 500 gektarga yetdi. Shaharda rekonstruksiya ishlari davom ettirildi, ana shu taʼmirlash va takomillashtirish jarayonida eski toʻkilgan binolar taʼmirlangan yoki butunlay buzib tashlangan va ayrim koʻchalar kengaytirilgan edi. Eski shahar va Yangi shahar bozorlari hududida meʼmorchilik majmualari — masjidlar, madrasalar, hammomlar, karvonsaroylar va hokazolarni oʻz ichiga olgan oʻziga xos diniy-ijtimoiy markazlar vujudga keldi. Bozorlar kengayib borishi asnosida turarjoy binolarining siqib, nari surish jarayoni ham yonma-yon kechdi. Yangi turarjoy mavzelari, xonaqoh va masjidlar Buxoro chekkalaridagi odamlar bir mahallar tashlab ketgan maskanlarda bunyod etila boshladi. Abdullaxon II va uning amirlari, ularning orasida eng nufuzlisi Qulbobo koʻkaldosh, naqshbandiya tasavvuf tariqati peshvosi Xoja Islom Joʻyboriy, keyin esa uning oʻgʻli — Xoja Saʼd Joʻyboriy qurilishlarning asosiy donatorlari — homiylari va buyurtmachilari sifatida ish koʻrgan edi.
Taʼlim tarbiyaga eʼtibor kuchaydi, har bir mahallada maktab ochildi, baʼzi xonadonlarda uy taʼlimi joriy etildi. Bu davrda mamlakatda adabiyot va ilm-fan taraqqiy etdi. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylandi. Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma (Sharafnomayi shohiy), Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob va boshqa koʻpgina ilmiy asarlar yaratildi. Shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan MushfiqiyNizom MuammoiyMuhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiymulla AmirMuhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqalar yashab ijod etdi. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozdi.
Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilinib, unda Mir Ali HiraviyAhmad Husayniylar kabi mashhur xattotlar kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishdi.
Bu davrda, Buxoroda hunarmandchilik, savdo-sotiq yanada rivojlandi. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar.
XVII asr — XVIII asrning birinchi yarmida Buxoroda Shayboniylarga qarindosh boʻlgan Ashtarxoniylar (Joniylar) oʻzbek sulolasi hukmronlik qildi.
XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon "Musaxir al-bilad" ("Mamlakatlarni zabt etish") asarini yozgan. Asarda Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.[1]
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi davridagi muttasil urush harakatlari madaniy hayot taraqqiyotiga toʻsqin boʻldi. Adabiyot, sanʼat va boshqa sohalarda bir qancha isteʼdodli olimlar (musiqada Darvishali Changiy va boshqalar) yetishib chiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar — „Hayvonnoma“ (Sayd Nasafiy). „Bahr ul-asror“ (Mahmud ibn Vali), „Ubaydullanoma“ (Muhammad Amin Buxoriy), „Tarixi Abulfayzxon“ (Abdurrahmon Toleʼ), „Muhit ut-tavorix“ (Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy), „Subhonqulixon toʻgʻrisida hajviya“ (Turdi) va boshqa Tibbiyot va meʼmorlik bir oz taraqqiy etdi: ashtarxoniylardan Subhonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Hashamatli binolar (Abdulazizxon madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Bolohovuz masjidi va boshqalar) bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil va boshqalar) oʻqitildi.
Imomqulixon oʻzaro kurashlarga barham bergan. U atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan; darvishlarni (soʻfiylarni) qoʻllab-quvvatlagan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan ortiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan.
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili Subhonqulixon tibbiyot va astrologiyaga oid bir qancha asarlarning muallifi boʻlgan. Uning tibbiyotga oid asari Oʻzbek tilida yozilgan. Uning asari Budapeshtdagi kutubxonada saqlanadi. Subhonqulixon sheʻriyatga ham mehr qoʻygan va Nishoniy taxallusi bilan sheʻrlar yozgan.[2] Subhonqulixon davrida Buxoroda koʻplab meʼmoriy obidalar, jumladan, Dor ush-shifo madrasasi, Registonda katta hovuz, Buxoro arkida Salomxona va Jome masjidi barpo etilgan.
1619-1623-yillarda oʻzbek vaziri Nodir devonbegi mablagʻlari hisobiga Buxoroda Labi-Xouz ansambli tarkibiga kirgan xonakoh va madrasa qurildi.
XVII asr Buxoro meʻmorchiligida Temuriylar davri anʻanalari yana tiklandi, moʻl-koʻl bezaklarga boʻlgan ishtiyoq qaytdi, ammo shu bilan birga yirik shahar me'moriy ansambllarining rivojlanishining ilgari koʻrsatilgan yoʻnalishi davom etdi. Bu davrda eng faol qurilish Buxoroda oʻzbek hukmdorlari Imomqulixon (1611-1642) va uning jiyani Abdulazizxon (1645-1681) davrida amalga oshirildi.[3]

Nodir devonbegi madrasasi Bolohovuz masjidi

Download 363 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish