Mehnat sotsiologiyasi va psixologiyasida mehnat adaptatsiyasining uchta o’zaro bog’liq tomoni farqlanadi:
1] Kasbga moslashish;
2] Moslashuvning psixofiziologik jihati va
3] Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya.
Quyida mana shu adaptatsiya turlari haqida ma’lumot berib o’tamiz.
1]Kasbga moslashish. Adaptatsiyaning kasb bilan bog’liq jihati xodimdan bajariladigan ishga qo’yiladigan talablarni o’zlashtirishni taqozo qiladi. Bu xil moslashuvda ob’yektiv va sub’yektiv omillar mavjud bo’lib, kasbiy adaptatsiyaning ob’yektiv omillari sifatida xodimning ma’lumoti, malakasi va tajribasini sanab o’tish mumkin. Sub’yektiv omillar qatoriga esa xodimning kasbga bo’lgan munosabati, yangi ish joyidan kutayotgan niyati va umidi kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |