Undirilish usuliga ko‘ra:
advalor– tovarning bojxona qiymatidan foizda hisoblanib, undiriladi (misol uchun tovarning bojxona qiymatidan 20 foizi miqdorida)
spetsifik (xos) – tovar birligidan, o‘rnatilgan tartibda, undiriladi (misol uchun har bir dona tovar uchun 10 dollar yoki metr kubidan 10 dollardan)
aralash – yuqorida ko‘rsatilgan ikkala turdagi boj turini o‘z ichiga oladi (misol uchun tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz, lekin har bir donasidan 10 dollardan oshmagan holda yoki tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz va unga qo‘shilgan har bir donasidan 10 dollardan oshmagan holda )
Advalor bojlar, savdoga solinadigan soliqdan farqli ravishda, bir xil turdagi tovarlarga, faqat ularning sifati turlicha bo‘lgan hollarda ko‘proq qo‘llaniladi. Advalor bojlarining qo‘llanilishi ichki bozorni bir xilda himoyalab turadi va har qanday tovar narxi tebranishlari byudjet daromadlarini o‘zgartira olmaydi, ya’ni tovarning narxi o‘sishi yoki pasayishi foiz stavkasiga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi balki narxlar o‘zgarishi bilan u ham muntazam o‘zgarib boradi. Misol uchun, 200 dollar turadigan tovarga 20 foizli advalor boj stavkasi o‘rnatiladigan bo‘lsa, bu foiz stavkasining puldagi ko‘rinishi 40 dollarga teng bo‘ladi. Tovar narxining 30 dollarga oshishi byudjet daromadlarining ham 60 dollarga oshishiga olib keladi, agarda tovarning narxi 100 dollarga tushadigan bo‘lsa, davlat byudjeti daromadlari ham 20 dolarga qisqaradi. Advalor bojlarining salbiy tomoni shundaki, u bojxona qiymatini to‘g‘ri hisoblashni talab qiladi, ularning to‘g‘ri hisoblanishi bojlarning undirilishi samaradorligini oshiradi. Tovar narxiga ko‘p tomonlama iqtisodiy va ma’muriy omillarning ta’sir etishi, advalor bojlaridan foydalanishda, sub’ektiv baholash masalasida bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xos boj stavkalar standart tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi va bojxona bojlarini undirish jarayonlarida ma’suliyatni suiste’mol qilish ehtimolini kamaytiradi. Birgina xos bojlardan foydalangan holda, bojxona bojlarini undiradigan bo‘lsak, unda xos bojlar tovarning narx tebranishlariga yuqori darajada bog‘liqligini kuzatamiz. Misol uchun, 8 000 dollar turadigan avtomobildan 1 000 dollar miqdorida xos boj undirilsa, ushbu avtomobilning narxi 12000 dollarga o‘zgarishi 12,5 foizli bojni 8,3 foizga tushishiga olib keladi, bunga sabab xos tarif stavkalarining qo‘llanilganligidir. Boshqa tomondan olib qaraganda iqtisodiy inqiroz paytida yoki tushish davrida, xos bojlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni samarali himoya qiladi.
Undirilish ob’ektiga ko‘ra :
import boji, davlatning ichki bozoriga erkin muomala uchun kiritilayotgan tovarlarga nisbatan, asosan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatchilardan himoya qilishda qo‘llaniladi.
eksport boji, davlat bojxona chegarasidan chiqib ketayotgan tovarlardan udiriladi va bundan asosiy ko‘zlangan maqsad ichki bozordagi narxlarni jahon bozoridagi narxlar bilan tenglashtirishdir;
tranzit boji, davlat hududidan o‘tib ketayotgan tranzit tovarlardan undiriladi. Bu boj, asosan, savdo urushlari paytida qo‘llaniladi.
Tavsiflanishiga ko‘ra:
Mavsumiy bojlar, asosan, xalqaro savdoni tezkor tartibga solish maqsadida qo‘llaniladi, misol uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oladigan bo‘lsak odatda ularning mudati bir necha oydan uzog‘i bilan bir yildan oshmasligi kerak.
Dempinga qarshi bojlar, ichki bozorga past narxlarda olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi, agarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bunday narxlarda tovar olib kirish zarar yetkazsa, ushbu boj turining qo‘llanishi samarali natija beradi va ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |