YONG’INGA QARSHI TO’SIQLAR, BINO VA INSHOOTLAR ORASIDAGI BO’SHLIQ-MASOFALAR.
Binodagi yong’inni tarqalishini cheklaydigan moslamalar yong’inga qarshi devorlar deyiladi. Ularga yong’inga qarshi devorlar, (brandmauer), yo’laklar, to’siqlar, tambur, shlyuzlar, eshiklar, darvozalar, derazalar, lyuklar, klapanlar, suv pardasi, portlashga qarshi moslamalar misol bula oladi.
Yong’inga qarshi to’siqlar yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo’lishi va o’tga chidamlilik darajasi talabga muvofiq bo’lishi kerak. Masalan, devorlar uchun - 2,5 soat, eshik, deraza va darvozalar uchun –1,2 soat, to’siq va yopnmalar uchun- 0,75-1,0 soat bo’lshi xisobga olingan.
Yong’inni bir bino, ishootdan boshqa joyga o’tib tarqalishidan ogohlantirish maqsadida qurilish norma va qoidalariga asosan malum masofada yong’indan himoya bo’shlig’i xisobga olinadi. Oraliq masofa bo’shliqi miqdori bino, inshootlarni o’tga chidamlilik darajasi, korxonani yong’in xavfliligi kategoriyasiga, binoni xajmiga, qavatlar soniga va maydoniga bog’liq. 0mborlar uchun oraliq masofani belgilashda saqlanadigan moddalarni xavfliligi, omborni xajmi joylanishi xisobga odinadi.
EVAKUATSIYA–CHIQISH YO’LLARI, ULARGA BO’LGAN TALABLAR
Yong’in yoki avariya sodir bo’lishida odamlarni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo’llari bo’lishi binolarni loyixalashda, qurilishida xisobga olinadi. Chiqish-evakuatsiya yo’llariga odamlarni malum vaqtda xavfsiz joyga chiqishiga yordam beradigan, imkoniyati bo’lgan yo’llar turi misol bo’ladi.
Masalan, binoni xoxlagan qavatidan, birinchi qavatidan tashqariga xavfsiz joyga chiqadigan yo’llar, eshik, deraza, darvoza, narvon, zinalar, maxsus darchalar, ayvonlar, yo’laklar misol bo’ladi. Shuningdek xavfli binodan qo’shni binoga olib o’tadigan xavfsiz yo’llar turi ham ta’lluqlidir.
Yong’in xavfsizligi norma, qoidalariga asosan evakuatsiya yo’llari o’tga chidamli materiallardan tayyorlanishi, xarakat yo’lida begona to’siqlar bo’lmasligi kerak. Xar bir xona va binodan chiqish-evakuatsiya yo’li kamida ikkita bo’lishi kerak. Ular orasidagi masofa L=1,5P tenglama bilan topiladi (bu erda R- bino perimetri). Chiqish yo’li kengligi kamida 0,8-1,0m bo’lishi talab qilinadi. Chiqish yo’li orasidagi masofa QMQ-2.09.02-85 ga asosan binoni xajmi, o’tga chidamdiligi darajasi, yong’in xavfliligi kategoriyasiga metr xisobida belgilangan (8-jadval).
Yonadigan polimyerisitgichlar qo’llangan bir kabatli (IV daraja) binolarda, ikki qavatli binolarda ish joyidan chiqish yo’ligacha bo’lgan masofa I kategoriya uchun – 50 m; G, D kategoriya binolari uchun – 80 m belgilangan. Ikki qavatli V kategoriyaga mansub xonalar uchun masofa – 40 m; G, D kategoriyaga xos
Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |