Axborot tizimi- qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun axborotni qidirish, yiғish, saqlash, qayta ishlash, va uzatish usullari, vositalari va xodimlarning o’zaro boғliq majmuidir.
AT ning hozirgi zamon tushunchasi asosiy texnik vosita sifatida kompyuter va aloqa-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Undan tashqari, ATizlar odamlar uchun yangi axborot olish uchun yaratiladi va xodimlarsiz uni tassavvur qilish mumkin emas.
AT ni “kattakon bilimdon, dono temir yashik” deb tasavvur qilish mumkin. Unga inson savol bilan murojaat qiladi va kerakli, foydali javob oladi. SHuning uchun AT larda xilma-xil, zamonning eng yangi, eng kuchli, keng qamrovli, ba’zan maxsus programmalari ishlatilishi aniq.
Kelgusida korxona, tashkilot, firma bir xil ma’noga ega deb qaraymiz va ular bir maqsad bilan yig’ilgan xodimlarning majmui deb tushuniladi. Ular firmada umumiy moddiy, moliyaviy va axborot resurslari va xizmatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |