8. Mavzu: Ashel davri. Reja: Ashel davri tabiiy-geografik sharoiti. Ashel davri xronologiyasi



Download 119,5 Kb.
bet4/5
Sana24.06.2021
Hajmi119,5 Kb.
#100661
1   2   3   4   5
Bog'liq
8. Mavzu Ashel davri. Reja Ashel davri tabiiy-geografik sharoi

Levallua texnikasi. Bu paytda Olduvay bosqichida ma'lum bo'lgan tosh qurollari turi ko'payib, ularning ishlanish usuli takomillashadi, ayniqsa, qo’l cho’qmori yanada mukammallashadi. Ashel davrining o'rtalaridan boshlab tosh qurollariga zamonaviy arxeologiya fan tilida levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan) texnikasi, deb ataladigan usulda ishlov berish an'anasi vujudga keladi. Toshga ishlov berishning bunday chaqmoqtoshli toshning atrofidagi tabiiy qobig’i urib uchirib olingandan so'ng hosil bo'lgan gardishsimon (toshbaqa po'stiga o’xshash) shaklli nukleusdan ko'chirib olinadigan tosh bo'laklari va ularning mehnat quroli sifatida ishlanish usuliga nisbatan levallua texnikasi, deb ataladi. Levallua texnikasi must’e davrida rivojlanadi va ayrim janubiy o'lkalarda so'nggi paleolit davrida ham saqlanib qoladi. Bunday nukleuslarning konturi ilgarigiga nisbatan to’g’ri va tekis bo'lib, undan tomonlari to’g’ri va nisbatan yupqa tosh bo'laklari uchirib olish imkoniyati oshadi. Levallua texnikasiga asoslangan usul vujudga kelgandan so'ng tosh qurollari turi ancha ko'payadi. Bu davrda tosh qurollariga retushlash asosida ikkilamchi ishlov berish usuli paydo bo'ladi. Retushlash deganda, o'zak, ya'ni nukleusdan ko'chirib olingan tosh bo'lakchasiga yordamchi vosita orqali kichik zarbalar orqali tig’ hosil qilish tushuniladi. Retush suyak, yog’och va ayrim hollarda toshlar yordamida amalga oshiriladi. Keyinchalik “отжимный ретуш”, biror vosita bilan siqib tig’ hosil qilish usuli vujudga keladi.

Turli tosh navlaridan tashqari ibtidoiy odamlar yog’och va suyaklardan ham qurol sifatida foydalanishgan. Ibtidoiy kishilar yog’ochlardan turli maqsadli qurollar sifatida foydalanishgan bo'lsalarda, bizgacha ularning kam sonli nushalari saqlanib qolgan. Ularning saqlanib qolgan namunalari Ispaniyaning Torralba manzilgohidan topib o'rganilgan. Bunday qurollardan kovlash ishlarini amalga oshirish yoki hayvonlarni ovlash maqsadlarida foydalanilgan bo'lishi kerak. Angliyadagi Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan nayza topilgan. Laringen (Germaniya) makonidan ham o'ldirilgan fil qovurg’alari orasidan 215 sm. uzunlikdagi nayza sifatida ishlatilgan tissa navdasi aniqlangan.

Ashel davri uchun bir necha turdagi makonlar xos. Ular bir necha qalin madaniy qatlamlardan iborat ochiq joy, g’or-makon va ov jarayonida yashagan qisqa muddatli kulbalardan iborat bo'lgan. Ibtidoiy kishilari g’or-makonlarda va tekisliklardagi ochiq joylardagi chayla kulbalarida istiqomat qilishgan. G’orlarning ichki qismi odatda zah bo'lganligi sababli ularning oldida chaylalar barpo qilinib, ularning ayvonidan yog’inlardan to`suvchi tabiiy vosita sifatida foydalanilgan. Ibtidoiy kulbalarning izlari Tera Amanta, Lazaret g’ori (Fransiya), va Azix g’ori (Ozarbayjon) https://www.youtube.com/watch?v=gGeT3_cZkeg lardan topilgan. Ularning ayrimlarida o’choq izlari uchraydi. G’orlar kishilarning yashashi uchun boshpana bo'lib qolmay yirtqichlardan himoyalanuvchi vositasi vazifasini bajargan.

Ashel davri oxiriga kelib, odamzod yer yuzining keng hududi bo'ylab yoyiladi. Bu davr yodgorliklari Atlantika okeanidan sharqda Tinch, janubda Hind okeanigacha bo'lgan yerlarga tarqalgan.

Yevropaning ashel davri aholisi o'rmon fili, qisman yovvoyi ot, kamchilik holatlarda bug’u, va nosorglarni ov qilib kun kechirishgan. Aynan fil go'shti ibtidoiy odamlar oziq-ovqatining 5/4 qismini tashkil etgan. O'lja asosan yosh fil yoki uning bolalariga tegishli bo'lgan. Odatda o'lja ov qilingan joyda iste'mol qilingan. Bu davrga oid Torralba (Ispaniya), Ambrone yodgorliklaridan topib o'rganilgan suyak topilmalari shundan dalolat beradi. Ibtidoiy jamoa a'zolarining ov jarayoni nihoyatda mashaqqatli kechgan. Birgina hayvonni ovlash uchun bir necha kunlab hayvonlar izidan ommaviy izg’ib yurishlariga to’g’ri kelgan.


Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish