TAYANCH SO’ZLAR -
- Antik davr, yunon koloniyalari, Olviya, Xersones, Yunon-Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Davan (Farg’ona), Dalvarzintepa, Tuproqqal’a, haykaltaroshlik, amaliy va tasviriy san’at
Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. - Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan.
Yunon bosqini mil. avv. VIII asrdayoq O’rta Yer dengizi bo’ylaridagi yerlarni bosib olinishi bilan boshlangan bo’lib, mil. avv. VII asrga kelib yanada kuchaydi. Bu hududda vujudga kelgan yunon shaharlari – koloniyalar metropoliyalardan mustaqil holda boshqarilar edi. Janubiy Bug daryosining o’ng qirg’og’ida Olviya deb nomlangan koloniya vujudga keladi (yunonchadan tarjimasi “Baxtli”). Bu yunon koloniyalariga berilgan odatiy nomlardan biridir. Olviya 50 ga maydonga ega bo’lib arxeologlarning taxminiga ko’ra 15 mingga yaqin kishi yashagan. Uning paydo bo’lishi haqidagi ilk ma‘lumotlar Gerodot asarlarida berilgan Olviya shahriga mil. avv. VII- VI asrlarda Milet shahridan kelgan Kichik osiyoliklar asos solishgan. Olviyaning gullab-yashnagan davri mil. avv. IV asrga to’g’ri keladi. Mil. avv. 331-330 yillarda Aleksandr Makedonskiy sarkardalaridan biri bo’lgan Zopirion qo’shinlari tomonidan qamal qilinadi. Mil. avv. III asrga kelib skif-sarmat qabilalarining bosqini natijasida boshqa yunon koloniyalari singari Olviya ham tanazzulga yuz tutadi. Olviya xarobalari Olviyadagi dastlabki arxeologik izlanishlar B.V. Farmakovskiy tomonidan boshlangan. U kuzatuv ishlari jarayonida Zevsova rayonidagi qo’rg’ondan ko’plab mil. avv. VI asrdan to milodiy I asrgacha bo’lgan davrga oid moddiy ashyolar va madaniy qatlamga asosiy e’tiborini qaratadi. Mil. avv. II asrga taalluqli mozaikalar bilan bezatilgan uy qoldig’I ochib o’rganilgan. - Olviyadagi dastlabki arxeologik izlanishlar B.V. Farmakovskiy tomonidan boshlangan. U kuzatuv ishlari jarayonida Zevsova rayonidagi qo’rg’ondan ko’plab mil. avv. VI asrdan to milodiy I asrgacha bo’lgan davrga oid moddiy ashyolar va madaniy qatlamga asosiy e’tiborini qaratadi. Mil. avv. II asrga taalluqli mozaikalar bilan bezatilgan uy qoldig’I ochib o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |