8-mavzu. Analitik psixoterapiya Analitik psixologiyada shaxs psixik erengiyasi



Download 24,15 Kb.
bet3/3
Sana29.04.2022
Hajmi24,15 Kb.
#593115
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. Analitik psixoterapiya

SHaxsiy ongsizlik inson ongidan alohida kechmaydi. SHaxsiy ongsizlik qachondir anglangan keyinchalik unitib yuborilgan yoki ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat. Ular ma’lum sharoitlarda qayta anglanadi.
SHaxsiy ongsizlikda ko‘plab tajribalarni saqlashimiz natijasida, ularni YUng ajratgan komplekslar ichiga guruh qilib joylaymiz. Kompleks ma’lum mavzu yuzasidan tashkil bo‘lgan hissiyot, xotira, idrok va xohishlar markazi hisoblanadi. Masalan, bir shaxsda kuch yoki mansab kompleksi mavjud deganda, uni ushbu mavzu qamrab olib uning xulqiga ta’sir etayotganligi ma’nosini nazarda tutiladi.
Komplekslar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. Ongli nazoratda bo‘lmagan komplekslar anglash faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Kompelksga ega bo‘lgan odam buning ta’sirini sezmasada, boshqa odamlar buni biladi. Komplekslarning ba’zilari zararli, ba’zilari esa foydali bo‘lishi mumkin. Masalan mukammal bo‘lish yoki intilish kompleksi maxsus qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shaxsni o‘z ustida ishlashga yo‘naltiradi. YUng aytishicha, komplekslar nafaqat insonning yoshlikdagi va o‘smirlikdagi voqeliklaridan paydo bo‘ladi, balki jamoaviy ongsizlikda saqlanuvchi ajdodlarining tajribasidan ham shakllanadi.
Jamoaviy ongsizlik
Psixikaning eng chuqur va kirish qiyin bo‘lgan darajasi jamoaviy ongsizlik YUng qarashlaridagi tanqidlarga sabab bo‘lgan jihati hisblanadi. Uning fikricha, har bir inson o‘zining shaxsiy voqeliklarini shaxsiy ongsizlik darajasida to‘plashi va saqlashi kabi insoniyat ham jamoaviy tarzda insonlarga xos hayotiy voqeliklarni jamoaviy ongsizlik saqlaydi.
SHaxs tuzulmasida o‘tmishdagi barcha insoniyatdan qolgan xotira izlaridan hosil bo‘luvchi jamoaviy ongsizlik asosiy rolni bajaradi. Jamoaviy ongsizlik bolaning xatti-harakatini tug‘ilgan ondan boshlab belgilab beradi. Jamoaviy ongsizlik – bu ajdodlarning idroki, o‘ylash va his etish, hayotni va dunyoni anglash usulidir. Inson doimo ona siymosiga ega, dunyoga kelish va ketishni boshdan kechiradi, qorong‘ulik, ilon yoki iblisdan qo‘rquvni his etadi. Bu jarayonlarning barcha uchun umumiylik jihati avloddan avlodga o‘tadi. YUng aytishicha, inson tug‘ilgan dunyoning surat ko‘rinishdagi shakli unda avvldan mavjud bo‘ladi.
K.YUng shaxs taraqqiyoti va faoliyat motivi rivojida asosiy o‘rinni jamoaviy ongsizlikda ko‘radi. Jamoaviy ongsizlik ayni bir insonda arxetiplar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Arxetiplar ajdodlar hayotida takrorlanishi orqali bizning psixikamizda uning asosi mavjud bo‘ladi hamda tushlar va fantaziyada namoyon bo‘ladi. YUng boshqalari orasida kuch, o‘lim, martlik, ona, bola, donishmandlik, xudo arxetiplarini ilgari suradi. Arxetiplardan ba’zilari ko‘proq rivojlanib psixikaga doimiy ta’sir etadi. Ushbu asosiy arxitiplar sifatida persona, anima va animus, soya va o‘zlik namoyon bo‘ladi.
Persona arxitipi bu niqob, insonlarning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishi. Hayotda inson muvaffaqiyatga erishish uchun turli rollarni bajarishga majbur bo‘ladi, shu sababli persona kerak bo‘ladi.
Presona foydali bo‘lish bilan birga zararli bo‘lishi ham mumkin. Insonning haqiqiy tabiatiga persona aks etishi hamda ushbu rolni shunchaki bajarishdan ko‘ra o‘sha rolga aylanib qolish mumkin.
Anima va animus arxitipi. Biologik darajada har bir jins vakili ikki jinsga ham xos bo‘lgan garmonlarni ajratadi. Psixologik darajada har bir jins vakili asrlar davomida ikki jinsning birga yashashi natijasida o‘zga jinsga xos bo‘lgan temperament xususiyatini namoyon etadi. Ayollar psixikasi erkaklarga xos jihatni (animus arxitipi), erkaklar psixikasi ayollarga xos jihatni (anima arxitipi) ham o‘zida qamrab oladi. YUng fikricha, anima va animus arxitipi har ikkisi ham namoyon etilishi lozim, aks holda shaxsning bir tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Soya arxitipi arxitiplarning eng chuquri bo‘lib, asosiy dastlabki instinktlarni qamrab oladi. Jamiyat qoralovchi xulq asosi soya arxitipida bo‘lib, inson jamiyat bilan uyg‘unlikda yashashi uchun shaxs tabiatidagi qora jihatlarni jilovlashi lozim. Ushbu instinktlarni siqib turish egoning funksiyasi hisoblanadi.
Soyaning to‘liq siqib qo‘yilishi shaxsning nafaqat hissiz bo‘lishiga olib keladi, balki shaxs soyaning qo‘zg‘aloniga uchrashi mumkin. Instinktlar siqib turilganda yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki mudroq yotgan holda egodagi krizis yoki kuchsizligini kutib nazorat qiluvchi kuchni yig‘adi. Qachon bu sodir bo‘lganda shaxsda ongsizlik dominanta bo‘ladi.
O‘zlik arxitipi barcha shaxs xususiyatining birlik, hamjihatlik va uyg‘unligini namoyon etadi. YUng fikricha, butunlikka intilish hayotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu arxitip shaxs xususiyatining barcha jihatlarini balansga va birga olib kelishni qamrab oladi.
Download 24,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish