8 –Mavzu. 19. Moliya-kredit tizimi statistikasi
8 mavzu amaliy mashg\'ulot Moliya kredit tizimi st s Aholi turmush
Jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati uchun olinadigan soliq bo‘yicha soliq summasini, soliq bazasini va stavkasini o‘zgarishi hisobidan ortgan qiymati aniqlansin. 19.54-Masala Azim bobo firmasi bankdan yarim yilga 16 mln. so‘mlik ssuda olgan. Ssudani qoplash summasi 20 mln. so‘m. Bank qanday foiz stavkasi bilan ssuda berdi? 19.55-Masala Ishchi ob’ektlar va ularga sarflangan mablag‘lar haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Ob’ektlarning yillar bo‘yicha olgan foydasi haqida quyidagi ma’lumotlar ma’lum (mln. so‘m)
Qoplash muddati har bir variant bo‘yicha alohida aniqlanib, xulosalar yozilsin. 19.56-Masala Omonatchi 2 yildan keyin 420 ming so‘m olishi kerak. Foiz stavkasi 47% belgilangan. Omonatchi banka qo‘yiladigan summani aniqlang. 19.1-Masala Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Aniqlang: 1. kredit oborotlari soni bo‘yicha o‘zgaruvchan, o‘zgarmas tarkibli va tarkibiy siljishlar umumiy indekslarini; 2. kredit oborotlarining mutloq o‘zgarishini; a) kredit aylanishi tezligi hisobidan; b) kredit o‘rtacha qoldiqlarini o‘zgarishi hisobidan. 19.57-Masala. Ishbilarmon Nigora o‘rtog‘i Dildoradan o‘z mashinasini garovga qo‘yib 8 mln. so‘m qarz oldi. Qarzni qaytarib berish sharti 1,2 koeffitsient bilan. Qarzdorning qaytarib beradiga summasi va foiz stavkasi aniqlansin. 19.58-Masala .Konserva sanoati korxonalari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Aniqlang: kreditdan foydalanish vaqti o‘zgaruvchan, o‘zgarmas tarkibli va tarkibiy siljish umumiy indekslarini; kredit o‘rtacha qoldig‘ining mutloq o‘zgarishini: a) kreditdan foydalanish vaqtini o‘zgarishi hisobidan; b) qoplash bo‘yicha bir kunlik oborotni o‘zgarishi hisobidan 20. Aholi turmush darajasi statistikasi 20.1-Masala. Rossiya Federatsiyasi aholisining 2004 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlari miqdori bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Aniqlang: aholining o‘rtacha daromadi miqdorini; moda va medianani; daromadlar defferensiyasi Detsil va Djini koeffitsientlarini. Olingan natijalarni tahlil qiling va xulosalar chiqaring. 20.2-Masala. Oilalarning o‘rtacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlari taqsimot qatori berilgan:
Aniqlang: aholining o‘rtacha daromadi miqdorini; moda va medianani; daromadlar defferensiyasi Detsil va Djini koeffitsientlarini. Olingan natijalarni tahlil qiling va xulosalar chiqaring. 20.3-Masala. Joriy darvda viloyatlardagi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi 72450 so‘mni, o‘tgan davrda esa 65600 so‘mni tashkil etdi. SHu davrda iste’mol baholari 2,19 marotaba oshdi. Real ish haqi indeksini aniqlang. 20.4-Masala. Baho indeksi 0,995 ni tashkil etdi. Milliy valyutaning to‘lov qobilyati qanday o‘zgardi? 20.5-Masala. Joriy davrda xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi 350 pul birligini tashkil etib, o‘tgan davrdagidan 5 % ga ko‘p bo‘ldi. SHu davrda shartli pul bo‘lagining to‘lov qobiliyati 3 % ga kamaydi. Real ish haqi indeksini aniqlang. 20.6-Masala. 2004 yil uchun quyidagi ma’lumotlar berilgan: tovar va xizmatlar bahosining o‘rtacha oylik o‘zgarishi I kvartalda – 13 %, II kvartalda – 17 %, III kvartalda – 7 % va IV kvartalda – 10 % ni tashkil etdi. Nominal ish haqi yil mobaynida ikki marotaba oshdi. Aniqlang: baholarning har kvartalda va bir yildagi o‘sishini; yil maboynida real ish haqining o‘zgarishini. 20.7-Masala. Quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Aniqlang: 2004 yil uchun umumiy baho indeksini. 20.8-Masala. Mamlakat aholi punktlaridan birida sotilgan uzoq muddat xizmat qiladigan tovarlarning sotilgan hajmi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
SHu davr ichida aholi soni 1,5 % ga ko‘paygan. Aniqlang: uzoq muddat foydalaniladigan ovarlar qiymat indeksini; ayrim va barcha tovarlar fizik hajm indekslarini; ayrim va barcha tovarlarning aholi jon boshiga iste’mol indekslarini. 20.9-Masala. Uy xo‘jaliklarining byudjet kuzatish o‘tkazish natijasida aholining o‘tgan davrga nisbatan joriy davrda sabzavotlar iste’mol qilishi 2,2 % ga oshganligi, sut mahsulotlari iste’mol qilish esa 1,5 % ga kamaygani aniqlandi. SHu davr maboynida uy xo‘jaliklarining daromadi 8 % ga oshdi. Elastiklik koeffitsientini aniqlang. 20.10-Masala. O‘tgan davr maboynida uzoq muddat xizmat qiluvchi tovarlarni sotib olish qiymati 11,5 % ni, jon boshiga daromadlar o‘sishi 105,75 % ni tashkil etdi. Elastiklik koeffitsientini aniqlang. 20.11-Masala. O‘tgan davrda kartoshka iste’mol qilish bir oyda kishi boshiga 9,3 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich joriy davrda 0,75 kg ga oshdi. 1 kg kartoshkaning o‘tgan davrdagi bahosi 300 so‘m bo‘lib, joriy davrda 4 % ga oshdi. SHu davr mobaynida oylik jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 65000 so‘mdan 73000 so‘mga ortdi. Daromadlar o‘zgarishi natijasida iste’mol elastiklik koeffitsientini hisoblang. Download 47,99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |