Suvning temperaturasi shu joyning geotermik bosqichiga mos bo’ladi. Lekin yuqori temperaturali tektonik suvlarning paydo bo’lishi bu holatni o’zgartirib yuborishi mumkin. Suvning temperaturasini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. CHunonchi suvning qanday chuqurlikdan chiqib kelishini aniqlash konni ishlatishda zarurdir.

Ma’lumki, temperaturasining ortishi natijasida suv hajmi kengayadi (4C da suvning zichligi eng yuqori darajaga ko’tariladi). Suvning termik kengayish koeffisienti (ya’ni temperatura 1C ga ortganda suvning birlik ulushidagi hajmiy o’zgarishi) notekis bo’ladi: 4-10C da o’rtacha 6,510-5; 10-20C da -1510-5; 20-30C da -2510-5 va 65-70C da -5810-5.
Suvning elektr o’tkazuvchanligi deb minerallashgan suvning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatiga aytiladi. Qatlam suvida erigan tuzlar uning elektrolit xususiyatlarini kuchaytiradi va elektr o’tkazuvchanligini oshiradi. Distillangan suvlar esa o’zidan elektr quvvatini o’tkazmaydi. Elektr o’tkazuvchanlik suvning solishtirma elektr qarshiligi bilan ifodalanadi.

Solishtirma qarshilik deganda uzunligi va kesimi birlik
ulushiga (1 mm, 1 sm) teng o’tkazgichning elektr quvvati
o’tishiga ko’rsatgan qarshiligi tushuniladi.
Suvning qovushqoqligi suyuqlikka xos xususiyatlaridan biri bo’lib, harakatlanish davomida ishqalanish kuchini yuzaga keltiradi. Qatlam suvining qovushqoqligi temperaturaga va eritma kontsentratsiyasiga bog’liq. Temperatura ko’tarilishi bilan suvning qovushqoqligi kamayib, minerallanish darajasi ortadi. Qiymati 0,3 dan 1,1 MPas gacha o’zgaradi. Qatlam suvi qovushqoqligining qiymati uning nisbiy qovushqoqligini oldindan belgilash imkonini beradi. Qatlam sharoitida suvning qovushqoqligi neft qovushqoqligidan ancha kam bo’ladi, shu boisdan suv neftga nisbatan tezroq harakatlanadi. Atmosfera sharoitlarida 20Cda suvning qovushqoqligi 1,005 MPas (rasm)ga teng.