Tayanch iboralar:Taraqqiyot, inqiroz, Dashti qipchoq, Temuriylar, Shayboniy lar , Ashtarxoniylar, o‘zaro urushlar, Shohruh, Ulug‘bek, Husayn Bayqoro, Navoiy, Shayboniy xon, Bobur, Safaviylar, Ubaydulla Sulton, Abdullaxon II, Ashtarxoniylar, hokimiyatni kuchaytirish uchun kurash, Xiva inoqlari va qo‘ng‘irotlar, qo‘qon minglari, Buxoro mang‘itlari, xonliklardagi norozilik harakatlari, Rossiya bilan savdo aloqalari.
1405 yilda Amir Temur vafotidan so‘ng uning yirik saltanati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o‘zaro kurashlari qudratli davlatning bo‘lina boshlashiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Sohibqiron taxtga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo‘lsada, ko‘pgina amirlar va amaldorlar uni tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning boshqa bir nabirasi Xalil Sulton Samarqand taxtini egallaydi. Xurosonda Shohruh; Balx; g‘azna va qandahorda Pirmuhammad; g‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abu Bakr Mirzo; Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayramda Amir Berdibek, O‘ratepa va Farg‘onada amir Xudoydod; Xorazmda amir Idiku o‘zlarini hukmdor deb e’lon qildilar.
Nima uchun? Qanday holatlar bunga sabab bo‘ldi?
XV asr oxiri, ayniqsa uning so‘ngi choragida mamlakatda ijtimoiysiyosiy beqarorlikning kuchayishiga sabablar:
1. Temuriy shohzodalarning o‘zaro kelishib bir fikrga kelmaganliklari;
2. Ular o‘rtasida tojtaxt uchun doimiy kurash mavjudligi;
Tabiiyki, bu sabablar zamirida xonlar, amirlar va shahzodalarning ko‘pxotinliligi, Shuningdek urug‘aymoqchilik, qonqarindoshlik, mahalliychilik kabi illatlar ham yotardi.
Jumladan, 1450 yilda Samarqand taxtiga Mirzo Ulug‘bekning jiyani va kuyovi Mirzo Abdulloning o‘tirishi, Xurosonda hokimiyatning SHohruh Mirzoning nevarasi Abulqosim Bobur qo‘lida bo‘lishi yagona mamlakat parchalanganligining isboti edi. Afsuski, bu shahzodalar kelishishga intilmadi, aksincha birbirlari taxtiga da’vo qila boshladi. Natijada nizolar kuchaydi, ko‘plab qurbonlar bo‘ldi, o‘zaro urushlar avj oldi. Mirzo AbdulloAlouddavla va Abu Saidga qarshi kurashdi. Oqibatda 1451 yilda Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog‘idagi jangda Abu Said Mirzodan engilib o‘ldirildi.
Shundan so‘ng ham tinchlik bo‘lmadi. Endi buyuk bobosi davlatini tiklash uchun kurash Abu Said Mirzo (Movarounnahr) va Abulqosim Bobur (Xuroson) o‘rtasida bordi. Nihoyat 1457 yilda Abulqosim vafoti va o‘zaro urushlar to‘xtagandan so‘ng Abu Said Mirzo vaqtincha bo‘lsada Temuriylar davlati har ikki qismi (Movarounnahr va Xuroson)ni birlashtirishga muvaffiq bo‘ldi (shu erda xaritadan Abu Said Mirzo davlatining hududi (Sharq iy Turkistondan Iroqgacha va Sirdaryodan Hindistongacha) ko‘rsatiladi).
Biroq, Abu Said Mirzo qancha harakat qilmasin bu hududni saqlab qola olmadi. Nima unga to‘sqinlik qiladi? Mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikni to‘la tugata olmadi. Xuroson, Eron, Xorazm deyarli mustaqil edi. Xurosonda Temuriy shahzoda Sulton Husayn Boyqaro Hirot taxti uchun kurash boshladi. g‘arbiy Eron erlari uchun kurashda oqquyunli turkmanlar Abu Saidga qattiq qarshilik ko‘rsatadi.
Oqibati shu bo‘ldiki, 1469 yilda Abu Said oqqo‘yunli turkmanlar bilan bo‘lgan jangda o‘ldiriladi. SHundan so‘ng Xurosonda hokimiyat Sulton Husayn Boyqaro(1469-1506) qo‘liga o‘tib ketdi. Saltanat yana ikkiga bo‘lindi. Movarounnahrda taxtga o‘tirgan Abu Saidning o‘g‘illari Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1496) va uning o‘g‘li Sulton Ali Mirzolar uquvsiz chiqishdi, ayshuishratga berilib, davlat ishlarini tashlab quyishdi.
Mamlakatdagi parokandalik va o‘zaro urushlarga barham berish uchun SHohruh Mirzo ko‘p sa’yharakatlar qildi. XV asrlarning 20-yillariga kelib Amir Temur mulklarining qariyb hammasi SHohruh va uning oila a’zolari qo‘l ostida bo‘ldi. Movarounnahr erlarini 1409 yildan boshlab SHohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek boshqara boshladi. Ulug‘bekning hukmronlik davri (1409-1449) asosan, Movarounnahrda ijti-moiyiqtisodiy hayot, ilmfan va madaniyatning rivojlanishi bilan xarakterli bo‘ldi.
Ulug‘bek bobosi Amir Temur kabi harbiy iste’dodga ega emas edi. U mamlakat ichidagi va atrofdagi osoyishtalikni saqlab turish maqsadida ayrim harbiy yurishlar qilib turdi, xolos. 1447 yilda SHohruh Mirzo vafotidan so‘ng Temuriyzodalar o‘rtasida kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono hukmdor Ulug‘bek bu kurashlarga barham berishga harchand harakat qilmasin buning uddasidan chiqolmadi. Aksincha, o‘g‘li Abdullatifning bevosita ishtiroki tufayli o‘zi bu kurashlarning qurboni bo‘ldi. Temuriy shahzodalar o‘rtasida tojtaxt uchun kurash yanada avj oldi. Bu jarayon ayniqsa, Xuroson hukmdori SHohruh Mirzo (1447) va Movarounnahr, hukmdori Mirzo Ulug‘bek (1449) vafotidan so‘ng juda kuchaydi. Abulqosim Bobur (1452-1457) va Abu Said Mirzolarning (1458-1468) faoliyati ham o‘zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda nisbatan tinchilik o‘rnatdi. Uning do‘sti-buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiysiyosiy hayotida katta rol o‘ynadi. Navoiyning sa’yharakatlari bilan Hirotda ilmfan, madaniyat gurkirab rivojlandi. O‘zaro urushlarga nisbatan barham berildi.
Movarounnahrda esa siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, shaharlarda Temuriy shahzodalar o‘zlarining mustaqil hukmronligini o‘rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarda Dashti qipchoq qabilalari kuchlaridan foydalanishgan. Masalan: 1451 yilda O‘rusxonning nabiralari Abu Saidga hokimiyatni egallashda yordam bergan bo‘lsa, oradan uch yil o‘tgach Abdulxayrxon Muhammad Jo‘qiyga hokimiyatni qo‘lga kiritishga ko‘maklashdi. Bu o‘zaro kurashlar Movarounnahr ahli ahvoli yomonlashdi. Bu esa?
1. Mamlakatda ijtimoiysiyosiy beqarorlikning yanada kuchayishiga;
2. Iqtisodiy va madaniyma’naviy taraqqiyotning orqaga ketishiga;
3. Xalq turmush tarzi og‘irlashib, soliqlarning oshib ketishiga;
4. Xurosonning Movarounnahrdan batamom ajralib ketishiga olib keldi.
XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda Temuriylarning birbiridan o‘zaro mustaqil bo‘lgan uchta hokimiyati vujudga keldi:
1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hokimiyati (14681503);
2. Toshkentda Sulton Mahmud Mirzo hokimiyati (14681498);
3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hokimiyati (14681494).
Bu uchchala davlatda ham o‘zaro urushlar kamaymadi. Bu hol Movarounnahr aholisining Temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shayboniy Dashti qipchoqda dasht urug‘larini birlashtirib, o‘z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.
Shunday qilib, XV asr Movarounnahrda, XVI asr boshida Xurosonda Temuriylar saltanati inqirozga uchradi. Ular Movarounnahrda 144 yil, Xurosonda 37 yil hukmronlik qilib, tarix sahnasida katta iz qoldirdilar.
Tarixda Shayboniy lar nomi bilan ma’lum bo‘lgan Dashti qipchoqliklar 1497 yilda o‘z hukmdorlari Muhammad Shohbaxt Shayboniy (1451-1510) rahnomoligida ilk bor, Movarounnahrni egallash uchun harakat qildilar. Bunga 1496 yilda Samarqand taxtiga o‘tirgan Sulton Mahmudning taxt uchun kurashda o‘zini boshqa Temuriyzodalardan himoya qilishni so‘rab Shayboniy xonni ittifoqchilikka da’vat etishi ham sabab bo‘ldi. Shayboniy xon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo‘g‘ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O‘tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig‘noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnahr hududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.
Mahalliy hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniy xon 1500 yilning boshlarida jangsiz talontaroj qildi. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o‘sha 1500 yili Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Ammo mahalliy zodagonlar ko‘pchiligi Boburni qo‘llabquvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniy xon bilan bo‘lgan jangda engiladi va Samarqandni unga topshiradi. Boburning bundan keyingi Samarqandni egallash uchun qilgan harakatlari ham samarabermadi. Farg‘onada ukalari hokimiyat uchun kurash boshlagach, yana u erga qaytdi. To‘rt yil davomida ota yurtida tinchlik uchun kurashdi. Buning uchun hatto o‘z erlarining bir qismini ukasi Jahongirga berdi. Dashti qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Hisor (1504), Urganch (1505), Hirot (1501) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharq iy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg‘oniston hududlarigacha cho‘zilgan erlarda Shayboniy lar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning emirilishiga olib kelgan bo‘lsa, Shayboniy xon bunday tarqoqlikka chek qo‘yib, mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
Shayboniy xonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to‘xtatildi. 1510 yil Marv atrofida bo‘lgan jangda dasht qo‘shinlari tormor etildi va Shayboniy xon halok bo‘ldi. Eroniylar tomonidan qo‘llabquvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, qo‘lob, qunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda Shayboniy lar dan bo‘lgan Ubaydulla Sulton qo‘shinlari g‘ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan so‘ng, niyatiga eta olmagan Bobur bu yurt menga bevafolik qildi deb, to‘nini elkasiga tashlab, ona yurtidan umidini uzdi. qobulda o‘z davlatini mustahkamlab, kuch to‘pladi. 1526 yilda Hindistonga yurish qilib uni egalladi. SHunday qilib, Bobur Hindistonda yangi saltanatga – tarixda «Buyuk mug‘ullar imperiyasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan, amalda esa «Buyuk o‘zbeklar imperiyasi» bo‘lgan – Boburiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Bu sulola Hindistonda 332 yil (1526-1858) hukmronlik qildi.
Movarounnahrda esa 1512 yildan Shayboniy lar ning to‘la hukmronligi o‘rnatildi. Bu sulola o‘lkamizda 100 yilga yaqin hukmronlik qildi. Shayboniy lar davrida markaziy hokimiyat bo‘shashdi, amir va sultonlar o‘rtasidagi nizolar kuchaydi, davlat parchalanishda davom etdi. Bu hol ayniqsa Ko‘chkunchixon (1512-1523) va Abu Sa’id (1523-1533) davrida sezilarli bo‘ldi.
Shu yerda tabiiy savol tug‘iladi. Temuriylar bilan Shayboniy lar o‘rtasida qanday yaqinlik yoki farq bor edi? Nima uchun birining davrida mamlakat taraqqiy etdiyu, ikkinchisining davrida esa inqirozga yuz tutdi?
Yaqinligi: Turkiylarga mansublik, til, din, madaniyat, urfodat mushtarakligi.
Farqi: Movarounnahr aholisining o‘troq, Dashti qipchoqliklarning esa asosan ko‘chmanchi hayot kechirishi. Natijada birida madaniy hayotning(Temuriylarda) yuqoriligi, ikkinchisida (Shayboniy lar da) pastligi ham taraqqiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Bundan xulosa shuki, madaniyma’naviy taraqqiyotda Movarounnahrdan ancha orqada bo‘lgan Shayboniy lar bu yerdagi madaniy yutuqlarni ko‘rib lol qoldilar, uni to‘laligicha o‘zlariga singdira olmadilar. Boshqacha aytganda, mavjud madaniy hayot bilan chegaralanib, uni yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanmadilar. To‘g‘ri, Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) va Abdullaxon (1561-1583) hukmronligi davrlarida mamlakat yaxlitligini tiklash, o‘zaro urushlarga chek quyish borasida oz bo‘lsada yutuqqa erishildi. Bebosh amir va beklar tiyib quyildi. Davlat ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, markaz va mahalliy amaldorlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. Bunda quyidagi tarkibda dunyoviy, diniy, harbiy va mahalliy amaldorlar bor edi.
1. Dunyoviy ishlar: Xondan keyin ko‘kaldosh, otaliq, naqib, parvonachi, vaziri a’lam tomonidan;
2. Diniy ishlar: Shayx ul-islom, qozi kalon, a’lam, imom, sadr, muftiy, rais (muhtasib) tomonidan;
3. Harbiy ishlar: Nuyon, to‘rabegi, tovachi, to‘pchiboshi, jovachi, qutvol, dorug‘a tomonidan;
4. Mahalliy ishlar: hokim, beklar va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
Mamlakatda bir qator islohotlar o‘tkazildi. Xususan, ta’lim sohasida islohot o‘tkazilib, 24 yillik o‘quv joriy qilindi. Unga ko‘ra, bola 6 yoshdan maktabga olinib, 2 yildan so‘ng madrasaga o‘tkazilgan. Bu erda u uch bosqichda 8 yildan jami 24 yil o‘qigan. Talabalarga ilohiyot bilan birga dunyoviy bilimlar ham berilgan. Bu ishlar Shayboniy lar ga davlat boshqaruvi ishlari uchun kerak edi. Shayboniy xon, Ko‘chkinchixon, Abdullaxon davrlarida pul islohoti ham o‘tkazildi. Mis, kumush, oltin chaqalar chiqarildi. Bundan maqsad, markaziy hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, xazinani boyitish, savdosotiqni rivojlantirish edi.
Shayboniy lar davrida, Shuningdek bo‘sh yotgan erlar, vafot etgan yoki soliqlardan qochib tashlab ketganlarning erlari qayta taqsimlandi. Sun’iy sug‘orishga e’tibor qaratildi, qator kanallar, suv ayirgich va suv omborlari qurildi. Mulkiy munosabatlarda aytarli o‘zgarishlar bo‘lmadi. Erga egalikning mulki sultoniy (davlat), mulki xolis (xususiy), vaqf kabi turlari mavjud bo‘lib, ular iqta, suyurg‘il, tanho va johir ko‘rinishida bo‘lgan.
Mamlakatda xiroj va zakotdan tashqari, soliq va jarimalarning tagjoy, juzya, ixrajat, tog‘ar, ulufa, qo‘nalg‘a, begar, madadi lashkar, boj, tuhfa kabi 40 dan ortiq turlari mavjud edi. Juybor shayxlari – din peshvolari soliqlardan ozod qilingan. Butun og‘irlik xalq raiyat zimmasiga tushdi.
Ko‘rilgan choratadbirlar mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga olib keldimi? Yo‘q, aksincha markaziy va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar Shayboniy lar sulolasini ham inqiroz tomon etakladi. Abdullaxon II ning taxt uchun kurashda ko‘plab Shayboniy zodalarni qatl etishi, uning o‘g‘li Abdulmo‘minning esa o‘zining eng yaqinlarini ham o‘ldirtirib yuborishi bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Oxir oqibat XVI asr oxiriga kelganda Shayboniy lar sulolasidan xon bo‘ladigan hech kim qolmadi. Mamlakat uchun og‘ir damlar boshlandi. Unga janubdan Eron shohlari, shimoldan qozoq sultonlari xavf sola boshladi. SHunday bir sharoitda Buxoro zodagonlari Ashtarxon (Xoji Tarxon)lik Joni Muhammad Sulton (Jonibek)ni Buxoro xoni deb e’lon qildilar. Shundan e’tiboran o‘lkamizda (1601 y) Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanib, 1753 yilgacha, ya’ni 150 yilcha davom etdi.
Ashtarxoniylar XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Hoji Tarxon, Ashtarxon) atroflarida hukmronlik qilganlar. 1556 yilda rus knyazlari Astraxanni bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammad Buxoroga kelib, Iskandar sultondan panoh topdi. Iskandar sulton qizi Zuhraxonimni Yormuhammadning o‘g‘li Jonibekka bergan. Jonibek sultonning Zuhraxonimdan uchta o‘g‘li (Dinmuhammad, Boqimuhammad, Valimuhammad) bo‘lgan.
Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o‘g‘li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Seyiston hukmdori bo‘lgan Dinmuhammad Hirot yaqinida safaviylar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi va taxtga Boqimuhammad (1601-1605) o‘tqazilib, ukasi Valimuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi.
Boqimuhammad 1602 yilda Balxni egalladi, 1603 yilda eroniylarning Balxga hujumini qaytardi. 1604 yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo‘shinlariga zarba berib, davlat hokimiyatini mustahkamlashga harakat qildi. Undan keyin taxtga ko‘tarilgan Valimuhammad o‘zi mustaqil harakat qilolmas, davlat ahamiyatiga molik masalalarni beklarning roziligi bilangina hal etar edi. Mustaqil boshqaruvga intilgan beklar xonga bo‘ysunmay qo‘yishgan. O‘zaro ichki kurash, tarafkashlik Valimuhammadga qarshi fitna uyushtirishga olib kelgan va buning natijasida Imomqulixon (1611-1642) taxtni egallagan edi. Imomqulixon mahalliy beklarni bo‘ysundirish, Eron qo‘shinlariga zarba berishda qozoq sultonlari kuchlaridan foydalandi.
1642-1645 yillarda hukmronlik qilgan Nodirmuhammad mamlakat hududlarini 12 ta o‘g‘li va ikkita jiyaniga bo‘lib berib, ijtimoiy-siyosiy tarqoqlikni kuchaytirdi. Uning zodagonlar bilan kelisha olmasligi davlat asoslarining zaflashuviga olib keldi. Natijada uning poytaxtda yo‘qligidan foydalanib amirlar Abdulazizxon (1645-1680)ni xon deb e’lon qildilar. Nodirmuhammad Balx shahriga qochdi va Hindiston hukmdori Shohjahon (1628-1658)dan yordam so‘radi. Ammo, uning yordami muvaffaqiyatli bo‘lmadi.
Abdulazizxon hukmronligi yillarida Xiva xonlari Abulg‘ozixon (1643-1663) va uning o‘g‘li Anushaxon (1663-1687) Buxoro hududlariga bir necha marta talonchilik yurishlarini amalga oshirdilar. Xorazmliklar 1655 yilda Qorako‘l, Buxoro atroflarini, 1662-1663 yillarda Buxoro va Buxoro atroflariga hujum qilib, u erlarni talon-taroj qildilar. Dushman qo‘shinlariga zarba berish, o‘zaro feodal urushlarni to‘xtatish imkonini topa olmagan Abdulazizxon taxtdan voz kechdi. Uning o‘rniga taxtga o‘tirgan ukasi Subhonqulixon (1680-1702) davrida ham Buxoro-Xiva munosabatlari murakkabligicha davom etdi. Ayniqsa Samarqand amirlarining Xiva xoni Anushaxon hukmronligini tan olib, uning nomiga xutba o‘qitishlari ba’zi amirlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Subhonqulixon o‘rniga Ubaydullaxon (1702-1711) taxtga o‘tirdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mustaqillikka intilgan bebosh amirlarni bo‘ysundirish, ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun tinimsiz urushlar olib bordi. Ubaydullaxon yirik zodagonlar, qabila boshliqlarining mavqeyini pasaytirish, siyosiy tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ularni markaziy hokimiyatdan chetlashtirdi, hatto diniy-siyosiy hokimiyatga katta ta’siri bo‘lgan Jo‘ybor shayxlarini soliq to‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi.
Ashtarxoniylar orasida nisbatan qat’iyatli, markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun bir necha tadbirlarni amalga oshirgan Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi va uning o‘zi fitna qurboni bo‘ldi. Fitna ishtirokchisi bo‘lgan ukasi Abulfayzxon (1711-1747) taxtga chiqarildi. Irodasi kuchsiz Abulfayzxon kuchli amirlar ta’siridagi qo‘g‘irchoq xon sifatida tarixda qoldi. U nomigagina xon bo‘lib, haqiqiy hokimiyat kuchli amirlar qo‘lida bo‘lgan. Ayniqsa, Abdullabiy, Ibrohimbiy, Muhammad Hakimbiylar davlat boshqaruvida katta ta’sirga ega bo‘lganlar. Abulfayzxon davrida siyosiy tarqoqlik g‘oyatda kuchayib, har bir viloyat amalda mustaqil boshqaruvga ega bo‘lgan hokimiyatga aylanib qolgan edi. Toshkent, Xo‘jand, Balx, Badaxshon, Shahrisabz, Hisor va uning atrofidagi erlar Buxoroga bo‘ysunmagandi.
Buxoro xonligidagi porakandalik, o‘zaro urushlar 1736 yilda Eronda hokimiyatni egallab, mustahkamlanib olgan Nodirshoh Afshar (1736-1747) e’tiboridan chetda qolmadi va u Buxoro va Xiva xonlarini o‘ziga bo‘ysundirish harakatini boshladi. 1740 yilda Eron hukmdori Buxoroga qo‘shin tortganda Abulfayzxon og‘ir shartlarga ko‘nib, sulh tuzishga majbur bo‘ldi va Nodirshoh hokimiyatini tan oldi. Abulfayzxonning Eronga qaramligini tan olish bilan Ashtarxoniylarning mustaqil hukmronligi tugadi. Mamlakat boshqaruvi 1743 yilgacha Muhammad Hakimbiy, uning vafotidan keyin Muhammad Rahimbiy qo‘lida bo‘ldi. 1747 yilda Nodirshoh vafoti bilan Abulfayzxon o‘ldirildi, uning vorislari Abdulmo‘min (1747-1748), Ubaydulla III (1748-1756) nomigagina xon deb e’lon qilinib, davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahimbiy asos solgan mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi. Chingizxon avlodiga mansub bo‘lmagan Muhammad Rahim 1753 yilda o‘z nomiga xutba o‘qittirib, o‘zini amir deb atadi. Mang‘itlar sulolasining 1920 yilgacha hukmronlik qilgan davri tarixda shuning uchun ham Buxoro amirligi deb ataldi.
Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747 yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o‘z qo‘liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi.
1758 yil 24 martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o‘rniga mang‘it urug‘idan bo‘lgan Miyonqal’a hokimi Doniyolbiy (1758-1785) taxtga ko‘tarildi. Doniyolbiy Muhammad Rahimbiyning nabirasi Fozilto‘rani xon taxtiga o‘tkazib, hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun yangi soliqlar tizimini joriy qilib, bir qancha ma’muriy chora tadbirlarni amalga oshirgan Doniyolbiy ko‘p vaqtini bebosh amirlarni bo‘ysundirish, isyonlarni bostirishga sarf qildi. U 1784 yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon sababli hokimiyatni shahar aholisi orasida obro‘liroq bo‘lgan o‘g‘li Shohmurod ga topshirdi.
Amiri Ma’sum (“Begunoh amir”) nomini olgan amir Shohmurod (1785-1800) o‘z hukmronligi yillarida saroyda kamtarona yashab, bir qancha soliqlarni kamaytirdi, Buxoro ahliga tarxon yorlig‘ini berib, ba’zi to‘lovlardan ozod qildi, xalq orasida zolimligi bilan tanilgan amaldorlarni jazoladi. Madrasa ta’limini olgan Shohmurod fiqh ilmi haqida “Ayn ul-hikmat” nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy etdi. U pul islohoti o‘tkazib tijorat ishlarini tartibga soldi, suv inshootlarini yaxshilash bilan ishlab chiqarishning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bularning hammasi markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishiga va Shohmurod ning umrini oxirigacha davlatni boshqarishiga imkon berdi.
1800-1826 yillarda Buxoro taxtini boshqargan amir Haydar davrida har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turdi.
1826 yilda amir Haydarning uchinchi o‘g‘li Nasrullo (1826-1860) taxtga o‘tirdi. U o‘z yo‘liga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan akalarini shavqatsizlik bilan qatl ettirdi va bir oy mobaynida kuniga 50-100 kishini qatl qilish bilan “Qassob amir” degan nomni oldi. Ayniqsa urushlar paytida bo‘ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirg‘in qildi.
Amir Nasrullo Buxoro amirligi viloyatlarini birlashtirish uchun kurashni davom ettirdi. Bu kurash 30 yil davom etdi. Shahrisabz bekligini bo‘ysundirish uchun Amir Nasrullo 32 marta yurish qilib 1856 yildagina o‘z maqsadiga erishdi. Shunday qilib Buxoro hududlarini to‘la bo‘ysundirgan Amir Nasrullo Buxoroning so‘nggi mustaqil hukmdori bo‘lib qoldi. Undan keyin hukmdorlik qilgan Sayid Muzaffarxon (1860-1885) davrida Shahrisabz, Kitob beklari yana Buxoroga bo‘ysunishdan bosh tortdilar. Buxoro Rossiya vassaliga aylangandan keyin (1868) bu shaharlar ham ruslarga bo‘ysundirildi.
Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida davlat tizimida anchagina o‘zgarishlar amalga oshirildi. Amir oliy hukmdor bo‘lib, davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar uning qo‘lida edi. Markaziy ijroiy hokimiyat saroy ayonlaridan tashkil topgan bo‘lib Arkda joylashgan. Davlat boshqaruvida bosh vazir-qushbegi, devonbegi, parvonachi, otaliq, dodhox, xudaychi, mirzaboshi kabi saroy ayonlari va shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning mavqei katta bo‘lgan. Mahalliy boshqaruv amir tomonidan tayinlangan viloyat beklari va uning qo‘l ostidagi mirshabboshi, soliq yig‘uvchi amaldorlar, qozi, rayis, qishloq oqsoqollari qo‘lida bo‘lgan.
Mang‘itlar sulolasi davrida amirlik 30 ta beklik va tumanlardan iborat ma’muriy birliklardan tashkil topgan. Har bir beklik hokimi xirojning bir qismini amirga yuborib turgan.
Buxoro amirligining xalq xo‘jaligida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan. Aholidan xiroj, zakot, boj, to‘la, yaksara, nimsara kabi soliqlar undirib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |