Shixna
|
Buxoro xonligida mirshablarning ikkinchi bir nomi.
|
Yarimchi
|
Xiva xonligida xon va boshqa xususiy mulk erlarida hosilning yarmini olish sharti bilan erlarga ishlov beruvchi dehqonlar.
|
O‘zbek ulusi
|
Oltin O‘rda va Dashti Qipchoqning Sharqiy qismi (Janubiy-G‘arbiy Sibir)da Abulxayirxon asos solgan (1428) davlat va uning aholisi. Ilgari bu hududlar Shaybon ulusi deb atalgan. Poytaxti Tura shahri bo‘lgan. O‘zbek ulusi temuriylar davlatiga shimoldan doimo xavf solib, Movarounnahrdagi siyosiy jarayonlarga aralashib turgan. Abulxayirxon vafoti (1468)dan so‘ng O‘zbek ulusi inqirozga yuz tutgan.
|
Hachi
|
Xiva xonligida himoya dambalari qurish va ularni mustahkamlashda qatnashish majburiyati.
|