Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar
Tarmoq xavfsizligining umumiy tuzilishiga talablar turli xil omillar yig‘indisiga bog‘liq:
1. Iste’molchi/abonentlarga taklif etilayotgan tarmoqlar va aloqa xizmatlariga ishonch xissini sizishlari zarur, bunga yirik falokatlar (terroristik tahdidlar) sharoitida xizmatlarning (ayniqsa tezkor xizmat ko‘rsatishning) tayyorligi.
2. Davlat boshqaruv va tartibga soluv organlari xavfsizlikka talablar qo‘yib, buyruqlar chiqarishadi va qonunchilikdan foydalanishadi, bu bilan xizmatlarning tayyorligi, oqilona raqobat va xususiy hayotni ximoya qilish ta’minlanadi.
3. Aloqa tarmoqlari operatorlari va xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘zlari ekspluatatsion (foydalanish) va tijoriy manfaatlarini ximoya qilish va iste’molchilar xamda aholi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun xavfsizlikni ta’minlashga muxtojlik sezadilar.
Telekommunikatsiya tarmoqlari va aolqa xizmatlari xavfsizligiga talablar asosan xalqaro darajada kelishilgan xavfsizlik standartlariga asoslanishlari kerak, chunki bu funsional moslashuvchanlik darajasini oshiradi, shuningdek turli mamlakatlar xarakatlarining takrorlanishi oldini olishga imkon beradi. Xavfsizlikni ta’minlovchi xizmatlar va mexanizmlarni taqdim etish va foydalanish himoyalanadigan tranzaksiyalar qiymatiga nisbatan qimmat bo‘lishi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash choralarining qiymati bilan xavfsizlikni buzishning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy oqibatlarining nisbatini tahlil qilish zarur. Shunday qilib himoyalanish kerak bo‘lgan xizmatlarga muvofiq xavfsizlik parametrlarini aniqlash imkoniyati muhim omil hisoblanadi. Xavfsizlikni ta’minlash vazifalarining bo‘lishi mumkin bo‘ladigan qo‘shilishlari soni katta bo‘lishini hisobga olib, aloqa tarmoqlari xizmatlarining keng diapazonini qamrab oluvchi xavfsizlik yo‘nalishlariga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki xizmatlarni yetkazib beruvchilar tomonidan foydalaniladigan xavfsizlikni ta’minlash uslublari va mexanizmlari xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish, yashirincha eshitib turish, ulanishni imitatsiya qilish, ma’lumotlarni buzish (o‘zgartirish, tutib qolish, yo‘qotish, qo‘yish, tutib qolingan xabarni qayta uzatish, qayta marshrutlashtirish, noto‘g‘ri marshrutlash yoki xabarlarni ketma ketligi tartibini o‘zgartirish), mualliflikdan voz kechish yoki soxtalashtirish kabi aniq xujumlardan himoyalanish vositalariga kiradi. Himoyalanishga ogohlantirish, xujumdan so‘ng to‘plash va tiklash, tabiiy xodisalar (ob-xavo sharoitlari va x.k) oqibatida xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlarning oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar, shuningdek axborotning xavfsizligi bilan bog‘liq boshqarish kiradi. Vakolatli organlar tomonidan talab bo‘yicha ruxsat etilgan tutib qolishga imkon beruvchi sharoitlar belgilab qo‘yilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |