8-ma’ruza. Mavzu: Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va asoslash. Reja



Download 68,01 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi68,01 Kb.
#674012

8-MA’RUZA.
MAVZU: Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va asoslash.
Reja:

  1. Texnologik jarayonlarni tavsiflash.

  2. Turli iplar uchun texnologik jarayonlarni tanlash.

  3. Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va izohlash.

Tayanch iboralar:
Tolaviy tarkib, ip, tavsif, chiziqli zichlik, ip o’rami, o’rama shakli, texnologik jarayon, qayta o’rash, tandalash, ohorlash, ulash, o’tkazish, to’quvchilik

To’quvchilik tanda va arqoq iplarni tayyorlash jarayonlari, ishlab chiqariladigan mahsulot va xom ashyo turi, keltiriladigan o’rama va mavjud to’quv dastgohiga bog’liq. Paxta tolali iplardan gazlamalar ishlab chiqarishda tanda iplari qayta o’rash, tandalash, ohorlash va o’tkazish (shoda terish) yoki ulash jarayonlaridan o’tsa, arqoq ipi dastgohni turiga qarab mokili dastgoh uchun, yigiruv naychasidan bobinaga, so’ngra yana bobinadan yog’och arqoq naychalarga qayta o’raladi. Mokisiz dastgohlarga esa bobinalarda o’rnatiladi.


To’qimachilik sanoatida yuqori sifatli jahon andozasiga javob bera oladigan mahsulot ishlab chiqarishda ilg’or texnologiya va texnikani joriy etish muhim omil hisoblanadi. Bunday texnika va texnologiya dunyoning ko’plab mamlakatlarida ishlab chiqariladi. Shuningdek, to’quvchilikka iplarni tayyorlash texnologik jarayonlari uskunalari va to’quv dastgohlarini dunyoda taniqli bo’lgan “Schlafhorst”, “Murata” “Benninger”, “SMH (Sucker-Myuller-Hacoba)”, “Barber-Kolman”, «Dornier GmbH», «Itema S.p.A», «Tekstilmash» OAJ, «Picanol», «Wiltop», «Shengquan», «Sulzer-Ryuti», «Nissan», «Vamatex» kabi kompaniya va firmalari tabiiy va kimyoviy tolali iplardan mato to’qishga mo’ljallangan jihozlar ishlab chiqaradi.
Quyida paxta tolali to’qimalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tanlashni ba’zi variantlari keltirilgan.
8.1-rasmda o’rta yo’g’onlikdagi pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olingan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi. Pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olinadigan silindrsimon o’ram turi to’quvchilik korxonalarida qayta o’ralib, keyin tanda ipi tandalash texnologik jarayoniga, arqoq ipi esa to’quvchilik texnologik jarayoniga uzatiladi.



8.1-rasm. O’rta yo’g’onlikdagi pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olingan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.





8.2-rasm. Pishitilgan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.





8.3-rasm. Pishitilgan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.




Jun va yarim jun gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari

Jun gazlamalarning afzalligi ularning issiqni saqlash qobiliyatining yuksakligidadir. SHuning uchun jun gazlamalaridan asosan qishki kiyimlarni tayyorlashda foydalaniladi.


Jun gazlamalarni ishlab chiqarishda iplarning tuzilishi va yigiruv usuliga ko’ra ular uchta guruhga bo’linadi: qayta tarash usulida olingan iplardan, mayin movut usulida olingan iplardan va dag’al movut usulida olingan iplardan to’qilgan gazlamalar. Qayta tarash usulida olingan iplardan to’qilgan gazlamalar boshqa so’z bilan kamvol gazlamalar deb ataladi. Ularni to’qish uchun qayta tarash usulida olingan yo’g’onligi 22,2-41,6 teks ga teng bo’lgan yakka iplar va yo’g’onligi 15,6x2 teksdan to 41,6 x2 teksgacha pishitilgan iplar ishlatiladi. Bu gazlamalar yupqa, mayin, qayishqoq, sirtlari silliq bo’ladi, o’rilish naqshi ochiq ko’rinib turadi.
Jun iplarini to’quvchilikka tayyorlashning asosiy o’timlari



8.4-rasm. Jun gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.
8.5-rasm. Yarim jun gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi
Nazorat savollari:

  1. Tanda tayyorlash texnologik jarayonlarni tavsiflang.

  2. Turli iplar uchun texnologik jarayonlar zanjirini chizing.

  3. Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va izohlash.

  4. Qayta o’rash texnologik jarayoni va uskunalarini tavsiflang.

  5. Tandalash texnologik jarayonini tavsiflang.

  6. Turli tandalash mashinalarini asosiy ko’rstkichlarini ayting.

  7. Turli ohorlash mashinalarini asosiy ko’rstkichlarini ayting.

  8. Ulash yoki o’tkazish mashinalarini asosiy ko’rstkichlarini ayting.

  9. To’quv dastgohlari va ularni turlarini ayting.

  10. Matolarni o’lchash, saralash mashinalarini ko’rstkichlarini ayting.

Download 68,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish