A.TEYYER klassifikasiyasi. Bu klassifikasiya zotlarni geografik tarqalishiga asoslangan. Unga muvofiq zotlar past tekislik, tog‘ va cho‘l zotlariga bo‘linadi. Ammo ba’zi zotlar barcha mintaqalarda ham yaxshi moslashish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun bu klassifikasiya o‘z kuchini yo‘qotgan.
ZATTEGAS klassifikasiyasi. Ushbu klassifikasiya zotlar bilan olib borilgan naslchilik ishlarini darajasiga asoslangan. Bunda zotlar madaniy, oraliq va mahalliy kabilarga bo‘lingan. Hozirgi vaqtda hamma zotlar bilan naslchilik ishlarini olib borish yaxshilanganligi tufayli bu klassifikasiya ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Pridorogin M.I, Kuleshov P.N klassifikasiyasi. Ushbu klassifikasiya qoramol zotlarini mahsuldorlik yo‘nalishiga asoslangan. M.I. Pridorogin qoraqoramollarni sersut, aralash, sergo‘sht va ishchi yo‘nalishdagi zotlarga bo‘lgan, P.N.Kuleshov esa sersut, ishchi va sergo‘sht zotlarga bo‘lishni taklif etgan. Shuningdek olimlar hayvonlarni geografik kelib chiqishiga qarab ham mayda guruhlarga ajratishgan. Bu ishlab chiqarish amaliyotida ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Shu sababli mavjud zotlarni hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda: sersut, aralash va sergo‘sht yo‘nalishdagi zotlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Zotlarning shakllanishi va takomillashishida sifat jihatdan bir - biridan farqlanadigan qoramollarning guruhlari va tiplari ajratiladi, bu zotlarning tuzilishini tashkil qiladi.
Zot guruhlari. O’z xususiyatlari bilan zotga o‘xshab ketadi. Zot guruhlari son jihatidan ko‘p bo‘lib, uzoq vaqt “o‘z ichida” urchitiladi. U zotga “nomzod” hisoblanadi. (Tojikistonda shvis-zebusimon zot guruhi mavjud).
Populyasiya – bir turga kirgan hayvonlar guruhi bo‘lib, ma’lum xududda tarqalgan, boshqa guruhlardan yoki shu turga mansub boshqa populyasiyadagi hayvonlardan ajralgan holda urchiydi. Zebusimon mahalliy qoramollarni: o‘zbek (qurama), turkman (xuroson) va ozarbayjon (talishin) populyasiyalari bor.
3. Naslchilik ishlarini yuritish qancha yuqori saviyada olib borilsa, zotning tuzilishi shuncha turg‘un bo‘ladi.
Zotning tarkibiy tuzilishidagi har bir elementning o‘ziga xos ahamiyati bor. Uning tarkibiy elementlariga quyidagilar kiradi: zotning mintaqaviy xillari, guruhlari, zot tarkibidagi xillari, buqa tizimlari, sigirlar oilalari va zavod xillari. Zot ichida keng ko‘lamda tarqalgan qoramol guruhlari mintaqa xillariga jartiladi. Mintaqa xillaridagi qoramollar o‘zining tana tuzilishi va mahsuldorlik xususiyatlari bilan zotning asosiy xilidan ancha farqlanadi. Mintaqi xildagi va zot guruhidagi qoramollar keyinchalik yangi zotlar yaratishda asosiy material bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, kostroma zotining yaratilishini misol qilib keltirish mumkin. Bu zot shvis zotining mintaqaviy xili asosida yaratilgan. Olib borilgan naslchilik ishlarining yo‘nalishiga qarab hamda mintaqaning iqtisodiy va xo‘jalik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda zotning har xil poda xillari yaratilgan. Uning har xil poda xillari o‘zining konstitusion belgilari va mahsuldorlik xarakteriga qarab farqlanadi. Jumladan, shvis, bushuyev, qizil cho‘l, qora-ola va boshqa zotlar ichida sersut, sutli-go‘shtdor, go‘shtdor-sut mahsuldorlik yo‘nalishda bo‘lgan qoramollar har doim bir-biridan farqlanib turadi.
Zotning qanday iqtisodiy va xo‘jalik sharoitida urchiyotganini, naslchilik ishlarini yo‘nalishini hisobga olgan holda, zot ichidagi tiplarni ajratish mumkin. Bunday tiplar ham ba’zi belgilari bo‘yicha bir biridan farqlanadi. Shunday tiplar simmental, qizil cho‘l, shvis zotlari ichida ajratilgan (sersut, sut-go‘sht, go‘sht-sut tiplari).
Zotning tuzilishini belgilaydigan asosiy elementlardan biri zavod qatorlari hisoblanadi. Zavod va geneologik qatorlar farqlanadi. Zavod qatoriga bitta buqadan tarqalgan mahsuldor avlodlar kiradi. Geneologik qatorlarga esa bitta buqadan tarqalgan barcha (mahsuldorligidan ka’tiy nazar) qoramollar guruhi kiradi. Zotning navbatdagi tuzilish elementiga sigirlar oilasi kiradi. Qoraqoramollarning irsiy xususiyatlarini yaxshilashda qatorlar va oilalardan hamkorlikda foydalanish maqsadga muvofiq.
Zotlar ichida zavod xillari, podadagi qoramollarning eng asosiy va foydali belgi, xususiyatlarini mustahkamlash maqsadida olib borilgan tanlash va saralash ishlarini ko‘p yil uzluksiz tashkil qilgan naslchilik xo‘jaliklarida shakllantiriladi. Zotni takomillashtirishda zavod xillaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Zotlarni takomillashtirish yoki genafond tariqasida saqlab qolishda ularning xo‘jalik foydali belgilari, biologik xususiyatlari, mahsuldorligi, tabiiy-iqlim sharoitiga moslanishligi va boshqa bir qancha ularning ko‘rsatkichlarini aniq hamda mukammal bilish talab etiladi.ibiz har bir zotni mukammal va alohida o‘rganishda ularni zot klassifikasiyalari asosida uch mahsuldorlik yo‘nalishiga bo‘lamiz. Birinchisi – sut mahsuldorlik, ikkinchisi – qo‘sh mahsuldorlik va uchinchisi - go‘sht mahsuldorlik yo‘nalishidagilar.
4. Xo‘jaliklarda qoramollarning mahsuldorlik va nasldorlik sifatlarini yaxshilash masalasida qoramol zotlarini mintaqa va dahalarga to‘g‘ri joylashtirish katta ahamiyat kasb etadi.
Mintaqa va dahalarning sero‘t yaylovi va boshqa turdagi oziqalarni yetishtirish imkoniyati yetarli bo‘lsa shu joylarda qoramollarning o‘sha sharoitga yaxshi moslashgan zotlari va zot guruhlari urchitilishi yaxshi natija beradi. Qoramol zotlarini tumanlashtirish negizi asosida ularning yaratilish sharoiti va shakllanganlik darajasi yotadi. Har bir qoramol zoti o‘zini geografik tarqalish mintaqalariga ega, ular shu mintaqaning muhit sharoitiga evolyusion jarayonda moslashadi. Kunning harorati, atmosferadan tushadigan namlik, oziqa bazasi va boshqa umumbiologik sharoitlar zot moslashgan muhitning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki qoramol bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilirganda boqish va asrash sharoiti yaxshilansa, zotlar o‘zining xo‘jalik foydali sifatlarini saqlab qolgan holda, yangi sharoitga tez moslashadi. Aks holda har qanday zot ham yomon sharoitda bir-ikki bo‘g‘indan so‘ng o‘zining sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotadi.
Qoramol zotlarini O’zbekistonning mintaqalariga joylashtirish maqsadida ularni tumanlashtirish rejasi tuzilgan (O’z.R.Q.X vazirligi 1997). Bundan tashkari Samarkand viloyatiga hozirgi vaqtda Simmental zotini tog‘ va adirli hududlarga tumanlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Nazorat savollari
Zotga quyiladigan talablar.
Zotlarning klassifikasiyasi
Zotlarning tarkibiy qismi
Zotlarni tumanlashtirishda qoidalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |