8-ma’ruza mavzu: eritmаlаr, ulаrning turlаri. Suyultirilgаn eritmаlаr хоssаsi, оsmоtik bоsim. Ma’ruza rejasi



Download 352,23 Kb.
bet2/13
Sana25.06.2022
Hajmi352,23 Kb.
#704963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8 ma'ruza

Eritma erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan) sistemadir.
Biz hayotimizda eritmalarni har kuni uchratamiz va ulardan foydalanamiz. Masalan, muntazam ichadigan choyimiz ham eritmaga misol bo‘ladi. Bunda erituvchi suv bo‘ladi. Erigan modda esa quruq choy emas, balki uning tarkibidagi choyga rang va ta’m beruvchi moddalar bo‘ladi. Yana misol sifatida tabiiy suvlarni olishimiz mumkin. Tabiatda faqat yomg‘ir suvigina distillangan(toza) bo‘ladi. Tog‘-u toshlarda oqayotgan suvlarni, bizning xonadonimizga kirib kelayotgan ichimlik suvlarini kimyoviy jihatdan sof modda deb bo‘lmaydi. Chunki ularni tarkibida har xil tuzlar erigan holatda bo‘lib, suvga o‘ziga xos ta’m beradi. Shuning uchun ularni eritma deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Faqat distillangan suv kimyoviy jihatdan toza suv hisoblanadi va u hech qanday ta’mga ega bo‘lmaydi.
Eritmalarga shunchaki erituvchi va eruvchi moddalarning aralashmasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Eritmalar xossalari jihatidan aralashma va kimyoviy birikmalar (toza moddalar) oralig‘ida turadi. Ya’ni:

  • Eritmalar tarkibida bir necha xil moddalar bo‘lishi bilan aralashmalarga yaqin turadi va kimyoviy birikmalardan farq qiladi.

  • Tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lishi ularni aralashmalarga yaqinlashtirsa, kimyoviy birikmalardan uzoqlashtiradi.

  • Eritmani tarkibida modda (erituvchi modda va erigan modda) molekulalari

bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. Bu jihati bilan kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi. Aralashmalardan shu xususiyati bilan farq qiladi (aralashmalar ko‘p hollarda butun sathi bo‘yicha bir xil tarkibga ega bo‘lmaydi).

  • Kimyoviy birikma o‘zining ma’lum kimyoviy tarkibiga, fizik xossalariga (zichligi, suyuqlanish va qaynash harorat) ega. Eritmani esa suv qo‘shib suyultirish, erigan moddadan qo‘shib quyultirish mumkin. Natijada eritmaning tarkibidagi moddalarning miqdoriy nisbati o‘zgaradi va bu o‘z navbatida eritmani zichligi, qaynash va muzlash haroratlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Erigan moddani miqdori ortishi, eritmani zichligini ortishiga va muzlash haroratini pasayishiga olib keladi.

  • Kimyoviy birikmalar haroratni biroz o‘zgarishi natijasida agregat holatini o‘zgartiradilar, lekin tarkibini o‘zgartirmaydilar (masalan, suvni muzlashi va bug‘ holatiga o‘tishi). Eritma esa haroratni o‘zgarishi natijasida erituvchi va erigan moddaga ajralib ketishi mumkin. Masalan, eritmani biroz qizdirilsa eritmadagi suv bug‘lanib keta boshlaydi va bu jarayon uzoq davom etsa, idishni tagida faqat erigan modda qoladi.

  • Eritmalar hosil bo‘lishida kuzatiladigan jarayonlar ularni kimyoviy birikmalarga yaqinlashtirib, aralashmalardan farqlantiradi. Masalan, eritmalar hosil bo‘lishida kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishidagi kabi hajm kamayishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi jarayonlari kuzatiladi. Shuning uchun eritmalarni erituvchi hamda erigan moddaning shunchaki aralashmasi deb qaralmaydi va erish jarayoni fizik-kimyoviy jarayon hisoblanadi.


Download 352,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish