6. Eritmаlаrining хоssаlаri.
Suyultirilgаn eritmаlаrning хоssаlаrini urgаnish mоddаning gаz хоlаti uning eritmаdаgi хоlаtigа uхshаshini kursаtаdi. Gаz mоlе-kulаlаri uzining tаrtibsiz хаrаkаti tufаyli idishning butun хаjmini mumkin kаdаr egаllаshgа intilаdi. Ulаr bir-biridаn shundаy mаsоfаdа jоylаshаdiki, mоlеkulаlаrning uzаrо tа`siri аmаldа nоlgа yakin bulаdi, shuning uchun хаm gаz mоlеkulаlаri istаlgаn yunаlishdа хаrаkаt kilаdi. Хuddi shungа uхshаsh хоdisа suyultirilgаn eritmаlаrdа хаm kuzаtilаdi. Erigаn mоddа mоlеkulаlаri eritmаning kоntsеntrаtsiyasi yukоri jоydаn kоntsеntrаtsiya pаst jоygа kuchish хоdisаsi diffuziya dеyilаdi .
Diffuziya prоtsеssi uz-uzidаn bоrishi nаtijаsidа mоlеkulаlаr butun хаjm buylаb bаrоbаr tаksimlаnаdi.
7. Osmos, osmotik bosim va uning tabiatdagi ro`li. Bant-Goff qonuni.
Agar biror moddaning konsentrlangan eritmasi bor idishga ehtiyotlik bilan suyuqliklarni aralashtirib yubormasdan, shu moddaning suyultirilgan eritmasidan quyilsa, ikki tomonlama diffuziya sodir bo’ladi, ya’ni erigan modda molekulalari bilan suv molekulalari qarama-qarshi yo’nalishda aralashadi. Modda molekulalari konsentrlangan eritmadan suyultirilgan eritmaga, suv molekulalari esa, aksincha, suyultirilgan eritmadan konsentrlangan eritmaga diffuziyalanadi. Erigan modda molekulalari bilan suv molekulalari ma’lum vaqt o’tgach butun hajm bo’ylab bir tekis tarqaladi va suyuqlik bir jinsli bo’lib qoladi.
A gar tubi suv molekulalari o’tkazib, ammo erigan modda molekulalari tutib qoladigan yarim o’tkazgich idishga suvli eritma solinsa hamda bu idish ichidagi eritmasi bilan toza suvli vannaga botirilsa (35-rasm) bir tomonlama diffuziya sodir bo’ladi. Faqat suv molekulalarigina pardadan o’ta boshlaydi, bunda toza erituvchi solingan vannadan eritmaga diffuziyalanayotgan suv molekulalari qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan molekulalar sonidan katta bo’ladi. natijada eritmaning konsentratsiyasi pasayadi.
35-rasm. Osmotic bosim aniqlanadigan asbobning sxemasi
Eritma erituvchidan yarim o’tkazgich parda bilan ajratib qo’yilganda erituvchining eritmaga o’tish protsessi osmos deyiladi. Osmos natijasida vannadan ichkaridagi idishga suv o’tib, suyuqlik tik nay bo’ylab ko’tariladi. Bunda ichki idishda vujudga keladigan gidrostatik bosim suv molekulalarini teskari yo’nalishda harakatlanishi-ichki idishdan tashqi idishga o’tishini tezlashtiradi.
Gidrostatik bosim ma’lum qiymatga etgach (naydagi suyuqlik ustunining balandligi h bo’lganda), har ikki yo’nalishda diffuziyalanuvchi suv molekulalari soni teng bo’lib qoladi, muvozanat qaror topadi va naydagi suyuqlik boshqa ko’tarilmaydi. Eritmaning undan yarim o’tkazgich parda orqali ajratib qo’yilgan erituvchi bilan muvozanat holatiga kiritish uchun eritmaga berilishi kerak bo’lgan bosim osmotik bosim deyiladi. Osmotik bosim eritmaning temperaturasiga hamda bosimiga bog’liq bo’ladi. Osmotik bosim kattaligi Ya. Vant-Goff qonunidan aniqlanadi:
Eritmaning osmotik bosimi erigan modda ayni temperaturada gaz holatida bo’lib, eritma hajmiga teng hajmni egallaganda ko’rsata oladigan bosimiga baravardir. Vant-Goff qonuni matematik jihatdan quyidagicha ifodalanadi:
P = C · R ·T
Bunda, P-eritmaning osmotik bosimi, C-eritmaning molyal konsentratsiyasi,
R-konstanta, son jihatdan gazlar doimiysi, ya’ni 0,082 l atm/grad molga teng. T-absolyut temperatura.
Elektrolit bo’lmagan suyultirilgan eritmalar osmotik bosimining kattaligi erituvchining hamda erigan moddaning tabiatiga bog’liq emas.
Misol. 500sm3 suvda 1,8 g glyukoza C6H12O6 eritilgan, eritmaning 27ºC dagi osmotik bosimi kattaligini hisoblab toping.
Yechish: Glyukozaning molekulyar massasi 180 1 suvda 3,6 g glyukoza eritilgan, bu esa mol bo’ladi. Topilgan qiymatlarni Vant-Goff tenglamasiga qo’ysak,
P = C · R ·T = 0,02 · 0,082 (273 + 27) = 0,492 atm (yoki 49,8 kN/m2)
Do'stlaringiz bilan baham: |