8-MA’RUZA
KLAVIATURA VA DISPLEYA INTERFEYSI.
REJA:
8.1. Klaviatura va displey interfeysi to’g’risida asosiy tushunchalar.
8.2. Shartli belgilanishi, tuzilmaviy sxemasi.
Klaviatura va displey interfeysi – KR580VV79 maxsus mikrosxema kontrollerining ichki uzellari, ishlash printsipi, mikroprotsessor bilan bog’lanishi. Xotira moduli interfeysining ichki aloqalari, vazifasi, adres selektorining tuzilish printsipi va modulning boshqaruv signallari, hamda buffer registrlari, DXQ va OXQ xotira mikrosxemalarini ulanish sxemalari (2-qism)
Har qanday boshqaruv tizimida tizim xolatini nazorat qilish va ma’lumotlarni kiritishga har doim talab mavjud bo’ladi. Odatda bu maqsadda klaviatura va display ishlatiladi. Operativ ma’lumotni displeyga chiqarish uchun mikroprotsessor davriy ravishda displeyga murojat qilishi zarur. Bu esa mikroprotsessorning funktsional imkoniyatlarini chegaralaydi. Klaviatura haqida ham huddi shu fikrlarni ilgari surish mumkin, ya’ni biron bir ma’lumotni kiritish uchun mikroprotsessor davriy ravishda klaviaturaga murojat qilishi, uni nazorat qilib turish zarur bo’ladi.
Mikroprotsessorni bunday ortiqcha operatsiyalardan ozod qilish uchun klaviatura va display bilan bevosita muloqot o’rnatadigan maxsus controller KKD KR580VV79 mavjud. Bu mikrosxema “klaviatura va display kontrolleri” deb ataladi.
Quyida uning shartli belgilanishi ko’rsatilgan:
8.1-rasm. Klaviatura va displey modulining shartli belgilanishi.
Mikrosxema display bilan doimiy ravishda ma’lumotlar almashib turadi. Buning uchun mikrosxemada display operativ xotira qurilmasi mavjud bo’ladi. Ushbu qurilma o’zida displeyga chiqarilish kerak bo’lgan ma’lumotlarni saqlaydi. Mikrosxemaning boshqa qismi esa skaynerlash shinasiga ulangan klaviatura bilan ishlaydi. Skaynerlash shinasi bo’ylab “yuguruvchi nol” ma’lumoti uzatiladi. Klaviaturadan mikrosxemaga ma’lumotlar sakkiz razryadli shina orqali kelib tushadi.
Agar klaviaturadagi biron-bir klavish bosilmagan bo’lsa mikrosxema vaqt bo’yicha to’xtab turish signali (INT) ni ishlab chiqadi va ushbu signal boshqaruv shinasi orqali mikroprotsessorga uzatiladi.
Mikrosxema o’qish rejimida ishlashi mumkin. Bunda CS va RD signallari ishtirok etadi. “Yozish” rejimida esa CS va WR signallari ishtirok etadi. Tizimli adres shinasi adres selektori (adres tanlagichi) AS ga ulanadi. Sinxronlashtirish shinasi orqali taktli impulslar generator (TIG) dan taktli sinxron impulslar uzatiladi. Mikrosxemaning SR kirishiga ushbu mikrosxemani dastlabki (boshlang’ich) holatga o’rnatadigan signal uzatiladi.
Klaviatura va displey modulining soddalashtirilgan tuzilmaviy sxemasi quyidagi rasmda ko’rsatilgan:
8.2-rasm. Klaviatura va displey modulining soddalashtirilgan tuzilmaviy sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |