8-Ma’ruza Antenna va uning xususiyatlari


Simsiz aloqada antennalar



Download 30,69 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2022
Hajmi30,69 Kb.
#589707
1   2
Bog'liq
2 5240142954781218093

Simsiz aloqada antennalar

Radioto‘lqinlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qurilma antenna deyiladi. O‘zgaruvchan tokni o‘tkazadigan har qanday jism elektromagnit to‘lqinlarni nurlantira oladi. Bu nurlanish sezilarli bo‘lishi va amaliy maqsadlarga xizmat qila olishi uchun jismning o‘lchamlari nurlantiriladigan tebranishlarning to‘lqin uzunliklari bilan tenglashtirsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak [4].


Kvazistatsionar tizimlarda bunday elementlar, masalan, uzunligi to‘lqin uzunligiga qaraganda kichik bo‘ladigan induktivlik g‘altaklari, kondensatorlar hisoblanadi, ular bo‘ylab tebranishlarning tarqalishini hisobga olmasa ham bo‘ladi (juda qisqa to‘lqinlardan tashqari). Agar bunda energiyaning issiqlik yo‘qotishlari hisobga olinmasa, u holda bunday tizimlarda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi 90°ni tashkil etadi va bu tizimlar aktiv quvvatni yutmaydi, natijada nurlantirmaydi ham. Agar u yoki bu tizim bo‘ylab tebranishlarning tarqalishi qandaydir vaqt oralig‘iga kechiksa, u holda tizimning uchlarida 900ga qo‘shimcha tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi (sos j) paydo bo‘ladi. sos j noldan farqli bo‘lib qolishi bilan tizim tok manbaidan energiyani iste’mol qiladi va uni nurlantirishga sarflaydi.
Uzunligini to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan o‘tkazadigan jism nurlantirish tizimi sifatida qo‘llanilishi eng qulay bo‘ladi. Bu holda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi ortadi, bunda o‘tkazgichning nurlantirish qobiliyati ortadi.
Uzatuvchi antenna generator hosil qiladigan yuqori chastotalar toklari energiyasini elektromagnit to‘lqinlar energiyasiga o‘zgartiradi.
Qabul qiluvchi antenna teskari vazifani bajaradi, qabullagichning chiqishida yuqori chastotalar kuchlanishini hosil qiladi.
O‘zarolik tamoyiliga asosan istalgan uzatuvchi antenna u qabul qilish antennasi sifatida ishlatilganida konstruktiv jihatdan farqlanishi mumkin bo‘lsada, o‘z asosiy xarakteristikalarini saqlaydi. O‘zarolik tamoyili qabul qilish va uzatish antennalari qaytar xossasiga egaligidan iborat. Har qanday antenna ham qabul qilish, ham uzatish antennasi bo‘lishi mumkin. Antenna radiochastotalar energiyasini qanchalik yaxshi nurlantirsa, u shunchalik uni yaxshi qabul qiladi. Modomiki, uzatish antennalarining nazariyasi va hisoblash usullari oddiy va yaxshi ishlab chiqilgan ekan, u holda istalgan qabul qilish antennasini uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik tamoyiliga asosan olingan natijalarni qabul qilish rejimi uchun qo‘llash mumkin.
Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida o‘n minglab metrlardagi to‘lqin uzunliklari diapazonlarida ishlaydi. Antennalarning konstruktiv o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek
ularning xarakteristikalari sezilarli darajada antennalar ishlashi kerak bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi.
Vazifasi bo‘yicha antennalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • radiouzatish tizimlarining antennalari;

  • radioaloqa stansiyalari (shu jumladan RRL) antennalari;

  • radiolokatsion antennalar;

  • televizion antennalar;

  • radioastronomik antennalar.

Bu guruhlardan har biri turli konstruktiv yig‘ilgan antennalarga ega bo‘lishi mumkin.
Ishlash tamoyili va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha antennalar quiydagilarga bo‘linadi:

  • simli (vibrator) antennalar, ular ayrim hollarda diametrlari to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan ingichka simlar yoki yo‘g‘on quvurlardan (to‘lqin uzunligiga taqqoslaganda) tayyorlanadi;

  • optik turdagi antennalar (metall oyna-reflektorlar va linzalar);

  • akustik turdagi antennalar (metall ruporlar);

  • sirt to‘lqinlari antennalari (dielektrik antennalar, dielektrik qoplamali yoki davriy tuzilmali metall sterjen yoki tekis antennalar);

  • tirqishli (difraksion) antennalar;

  • aylanadigan polyarizatsiyali elektromagnit to‘lqinlarni nurlantiradigan antennalar (spiralli, xochsimon va boshqalar).

Ko‘plab antennalarda asosiy nurlantiruvchi elementlar sifatida simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi.
Download 30,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish