8-Ma`ruza. 8-Mavzu: Ahmad Yugnakiyning ijodiy faoliyati va asaridagi didaktik qarashlari. Reja



Download 122,31 Kb.
bet1/35
Sana21.01.2022
Hajmi122,31 Kb.
#396410
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
8-9-10- mavzular ped tarihidan


8-Ma`ruza.

8-Mavzu: Ahmad Yugnakiyning ijodiy faoliyati va asaridagi didaktik qarashlari.

Reja:

1. Ahmad Yugnakiyning ijodiy faoliyati

2.Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlari.

Tayanch iboralar:

Tа’lim – Education

Ирсият – genetics

Камтарлик - not a bouncer

Rеproduktiv – reproduction

Evristik – heuristic

Tadqiqotchilik – researching

Motivatsiya - motivation



Аdаbiyotlаr:

1.Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Пeдагогика тарихи– Т.: Ўқитувчи, 1996.

2. Hashimov K., Nishonova S Pedagogika tarixi. – T.: “Istiglol” нашриёти, 2005.
1. Ahmad Yugnakiyning ijodiy faoliyati

Qoraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta'limiy-ahloqiy asarlardan yana biri Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar armug`oni”) asaridir. Asar mazmunini ham mazkur davrning ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalar, ularning o`ziga xos xususiyatlari, shuningdek, kishilar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlar tashkil etadi.

“Hibat ul-haqoyiq” asari To`g`rul qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilgan. Asarning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to`g`ri kelishi alohida ta'kidlanadi. Ahmad Yugnakiyning hayoti va faoliyati borasida ma'lumot beruvchi manbalar juda kam. Mavjud ma'lumotlar ham asar mazmunidan keltirilgan dalillardangina iborat. Alloma “Hibat ul-haqoyiq” asarining so`ngida o`zi haqida quyidagi ma'lumotlarni bayon etadi:

Adib Ahmad otim, adab, pand so`zim,

So`zum munda qolur, borur bo` o`zim.

Adibning eri oti Yugnak erur,

Safoliq ajab er ko`ngullar yorur.

Otasi oti Mahmud Yugnakiy,

Adib Ahmad o`g`li, yo`q ul hech shakli.

Yuqorida keltirilgan misralar mazmunidan “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad, otasining ismi Mahmud ekanligi, shuningdek, adib Yugnak nomli maskanda tavallud topganligi anglanadi. «Yugnak» nomli manzil (shahar yoki qishloq)ning qaerda joylashganligi to`g`risida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Bu xususida Ahmad Yugnakiy va uning asari mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlar bir qator fikrlarni ilgari suradilar. Chunonchi, E.E.Bertelsning fikricha, ushbu maskan Farg`ona vodiysida mavjud bo`lgan bo`lsa, V.V.Bartoldning nuqtai nazariga ko`ra, bu manzil Samarqand viloyati hududlarida joylashgan tumanlardan biriga tegishlidir.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari yuzasidan tadqiqot olib borgan hamda mazkur asarni nashrga tayyorlagan olim Q.Mahmudov tarixiy manbalar, xususan, Ibn Xavqal va Arat Rahmatiy Ibnul Yaqub tomonidan yaratilgan asarlarda bayon etilgan fikrlarga tayangan holda «Yugnak» so`zi qadimda «Arnoq», «Arnak» kabi shakllarda ham yozilganligi, Arnoq va Arnak nomli maskan Samarqand shahri yaqinida joylashgan bir qatorda qayd etilganligini ishonch bilan ta'kidlaydi.Bizga qadar asarning beshta nusxasi etib kelgan. Ulardan uchtasi to`liq holda saqlanib qolgan bo`lsa, qolgan ikki nusxasida esa ayrim parchalargina saqlangan. Asarning to`liq holda saqlangan nusxalari XY va XIY asrlarda Hirot va Istambul shaharlarida Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko`chirilgan. Asarning Istambul nusxasida ko`chirilgan sana sifatida 1480 yil qayd etilgan. Ayni vaqtda asarning to`liq nusxalari Turkiya davlatida joylashgan kutubxonalarda, to`liq bo`lmagan nusxasi esa Berlin shahrining kutubxonalaridan birida saqlanadi.Asar 1915-1916 hamda 1925 yillarda Istambul shahrida Najib Osim tomonidan chop etilgan. Aynan mana shu nashr asosida 1951 yilda Arat Rahmatiy tomonidan ham nashr qilingan. “Hibat ul-haqoyiq” asari yuqori darajada badiiy, filologik hamda pedagogik qiymatga ega bo`lganligi bois keyingi yillarda ham uni qayta nashr etilishiga nisbatan ehtiyoj yuzaga keldi. Ana shu ehtiyojning samarasi sifatida 1971-1972 yillarda Q.Mahmudovning sa'yi-harakatlari tufayli Toshkent shahrida, 1980 yilda Pekin shahrida hamda 1984 yilda Olmaota shaharlarida chop etilgan.Ahmad Yugnakiyning mazkur asari bir oz qisqartirilgan holda 1986-1987 yillarda Toshkent shahrida, ayrim to`plamlar tarkibida nashrdan chiqarildi.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asari kabi Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma'naviy hayot darajasini ko`tarishga ulush qo`shish maqsadida yozilgan. Asar mazmun jihatidan didaktik xarakterga ega. Asarning mundarijasi ana shundan darak beradi.

Asar o`n to`rt bobdan iborat bo`lib, mazkur boblar o`zida 256 bayt hamda 512 misrani mujassam etgan. Dostonning dastlabki to`rt bobi an'anaga ko`ra muqaddima bo`lib, beshinchi hamda o`n to`rtinchi boblarda asosiy g`oyalar ifoda etiladi. Mazkur boblarda asosan bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat, kamtarlik, baxillik hamda insonlarga xos bo`lgan boshqa xislatlar, ularning xususiyatlari borasida so`z yuritiladi.




Download 122,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish