8-laboratoriya ishi. Elektr jihozlarini nollashning unumli ishlashini aniqlash


Elektr о‘tkazuvchi qismlarga tegib ketishdan muhofaza qilish



Download 371,37 Kb.
bet5/5
Sana26.02.2022
Hajmi371,37 Kb.
#468402
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-laboratoriya ishi

Elektr о‘tkazuvchi qismlarga tegib ketishdan muhofaza qilish
Inson tanasidan tasodifan elektr tokining о‘tishi kо‘p kuzatiladi. Faqat ayrim xodisalarda kuchli tok о‘tadi va undan ham kam xodisalar biologik о‘lim bilan to’g’aydi. Statistika hisobotida aytiladiki 140-150 ming xodisalardan faqat birida о‘lim bilan to’g’aydi. Tadqiqot va amaliyot shuni kо‘rsatadiki, insonning tanasi katta tok tasirida ham, agarda hech qanday hayot alomatlari kо‘rinmasada, odamni klinik о‘limda yotibdi deb tasavvur qilish kerak Elektr tok kuchlanishiga tushgan insonga darhol birinchi yordam kо‘rsatish kerak bо‘ladi.
Elektr asboblaridan notо‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida elektr toki urishi hodisasi sodir bо‘lishi mumkin. Elektr toki urgan kishiga yordam berishda dastavval uni elektr toki ta’siridan qutqarish kerak chunki tok urgan kishi hushidan ketgan bо‘lishi yoki yuqori kuchlanishli elektr simidan о‘zini uzib olishga majoli yetmasligi mumkin. Bunday hollarda elektr manbaini о‘chirish, buning iloji bо‘lmasa quruq yog‘och tayoq bilan simni yoki quruq arqon bilan shikastlangan kishini tortib olish kerak
Qutqaruvchi kishi hech qachon tok urgan kishining ochiq badaniga qо‘l tekkizmasligi zarur, u qо‘liga quruq gazlama о‘rab olishi, oyog‘ini quruq taxta ustiga qо‘yishi, oyog‘iga rezina poyafzal kiyishi lozim.


Agar tok urgan odam hushidan ketgan bо‘lsa tezlikda «og‘izdan og‘izga» usulida sun’iy nafas oldirish va yuragini uqalash kerak Shikastlangan odam о‘z holicha nafas olguncha yoki haqiqiy о‘lim alomatlari sodir bо‘lgunga qadar sun’iy nafas oldirishni davom ettirish kerak
Badanning tok tegib yaralangan joyiga quruq sterillangan bog‘lam qо‘yish lozim. Agar tok urgan odam hushidan ketmagan bо‘lsa, osmonga qaratib, oyoqlarini yerdan 30 sm kо‘tarib yoki yonboshi bilan boshini biroz kо‘tarib yotqiziladi. Elektr tokidan kuyganda sovuq suvdan foydalanmang va tezlikda tez tibbiy yordam xizmatini chaqiring. Tok urgan kishini yerga kо‘mish aslo yaramaydi. Tok urgan kishida tabiiy nafas paydo bо‘lganida, tuproq siqib turganligi tufayli u kо‘kragini kerolmaydi va oqibatda nobud bо‘ladi.
Elektr tok kuchlanish ostida qolgan insonga imkon darajasida tezroq tok ta’siridan ozod qilish lozim, lekin shu bilan birga ehtiyot choralarini kо‘rishi shart. Elektr tok ta’sirida qolgan insonga qо‘l bilan tegish juda xavfli. Qutqaruv ishlarini olib borayotgan inson о‘zi tok ostida qolib ketmasligi uchun mal’um qoidalarga rioya qilish kerak bо‘ladi. Elektr tok ta’siridan ozod qilishni eng oddiy usuli elektr uskunani о‘chirish. Lekin e’tiborga olish kerakki, elektr uskuna о‘chirilsa yoritkichlar ham о‘chishi mumkin. Shuning uchun har extimolga qarshi qо‘shimcha yorug’lik manbai bо‘lishi kerak (fonar, shag‘am va hakozo). Agarda tezda elektr uskunani о‘chirish mumkin bо‘lmasa, unda qutqaruvchi о‘zi, tok ostida qolmasligi uchun havfsizlik choralarini kо‘rishi kerak bо‘ladi. Elektr kuchlanish ostida qolgan jabrlanuvchidan tok о‘tayotgan qismdan va yerdagi qadamli kuchlanishdan ehtiyot bо‘lishi lozim.
Elektr uskunaning kuchlanishlari 400 V dan kam bо‘lsa, jabrlanuvchini quruq kiymidan tortib olish mumkin, lekin tanasidan, kiyimidan, poyafzalidan ehtiyot bо‘lishi shart. Agar elektr sim jabrlanuvchini qо‘lida bо‘lsa unda simni bolta yoki boshqa dastalari himoyalangan quruq yog‘och, rezinali qо‘lqop, gilamcha va hakozo asboblar bilan kesib uziladi. Elektr uskunalarning kuchlanishi 1000 V dan ortiq bо‘lsa, barcha ishlatilish qoidalarga rioya qilib izolyatsiyalangan shtanga yoki himoyalovchi qisqich bilan foydalanishi zarur. Agar jabrlanuvchi qadamli kuchlanish ta’sirida yiqilgan bо‘lsa, uni yerdan izolyatsiyalash, ya’ni tagiga quruq yogoch yoki foner solishga tо‘g‘ri keladi.
Nazorat savollari

  1. Elektr qurilmalarida qо‘llaniladigan shaxsiy muhofaza vositalari haqida gapirib bering?

  2. Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va asosiy muhofaza vositalari qanaqa ?

  3. Tok ta’siriga tushib qolish xususiyatlari haqida gapirib bering?

4. Yurakni tashqaridan massaj qilish usullari qanday amalga oshiriladi?
5. Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va asosiy muhofaza vositalari qanday?
6. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri qanday?
Download 371,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish