8 g vodorod hosil qilish uchun necha gramm kaliy gidrid suv bilan Reaksiyaga kirishishi kerak? R.t.: KH+H2O→KOH+H2
A) 40 B) 160 C) 80 D) 120
56,4 g kaliy oksiddan qancha massa (t) potash olish mumkin? R.t.:K2O+CO2→K2CO3
A) 23,6 B) 56,4 C) 73,4 D) 82,8
40 g natriy gidroksidni to’la neytrallash uchun hajmi (l) qancha bo'lgan vodorod xlorid talab etiladi?
R.t.: NaOH+HCl→NaCl+H2O
A) 22,4 B) 18,8 C) 11,2 D)33,6
9,6 g oltingugurt yonishidan hosil bo'lgan SO2 dan qancha (g) sulfat kislota olish mumkin?
R.t.: 1. S+O2→SO2 2. SO2+O2→SO3
3. SO3+H2O→H2SO4
A) 14,4 B) 16,4 C) 18,6 D) 29,4
14 g CaO ga ko'mir qo'shib qizdirilganda ajraladigan gazning (n.sh.) hajmini (l) hisoblang. R.t.: CaO+C→CaC2+CO
A) 22,4 B) 33,6 C) 5,6 D) 20
Massasi 86,8 g bo'lgan simob (II)-oksidning parchalanishidan ajralib chiqqan kislorod qancha (g) ko'miring yonishiga etadi?
R.t.: 1. HgO→Hg+O2 2. C+O2→CO2
A) 1,12 B) 2,24 C) 3,36 D) 4,48
12 g magniyning to’liq yonishidan qancha (g)magniy oksid hosil bo'ladi?
R.t.: Mg+O2→MgO
A) 10 B) 40 C) 15 D) 20
Vodorod xloridning hosil bo'lish unumi 50% bo'lsa, 18,25 g vodorod xlorid olish uchun necha litr (n.sh.) xlor va vodorod kerak?
R.t.: H2+Cl2→HCl
A) H2-5,6 Cl2-5,6 B) H2-5,6 Cl2-11,2
C) H2-11,2 Cl2-11,2 D) H2-22,4 Cl2-22,4
79 g kaliy permanganat qizdirilganda, 5,6 l (n.sh.) kislorod olindi. Reaksiya unumini hisoblang.
A) 100 B) 92 C) 93 D) 95
Reaksiya mahsulotining unumi 50% ni tashkil etsa, 2,45 g bertole tuzidan qancha massa (g) kislorod olish mumkin?
A) 9,8 B) 0,70 C) 7,8 D) 0,48
11,1 g malaxrtning parchalanishidan 1,12 l (n.sh.da) karbonat angidrid ajaralib chiqqan bo'lsa, reaksiya unumi qancha bo'ladi?
R.t.: Cu2(OH)2CO3→CuO
A) 44,6 B) 50,8 C) 89,3 D) 100
16,4 g natriy atsetatdan qancha hajm (n.sh. da) metan olish mumkin? Reaksiya unumi 80% ga teng.
R.t.: CH3COONa+NaOH→CH4+Na2CO3
A) 4,4 B) 4,6 C) 4,8 D) 3,6
Vodorod xloridning hosil bo'lish unumi 100% bo'lsa. 365 g vodorod xlorid olish uchun necha litr (n.sh.) xlor va vodorod kerak bo'ladi?
A) H2-112 l, Cl2-112 l
B) H2-22,4 l, Cl2-22,4 l
C) H2-5,6 l, Cl2-5,6 l
D) H2-224 l, Cl2-224 l
8,4 g Kalsiy oksid 12 g uglerod bilan reaksiyaga kirishganda qancha (l, n.sh.) gaz ajraladi? Reaksiya unumi 75%.
A) 2,52 B) 3,36 C) 16,8 D) 2,22
Reaksiyaning har bir bosqichida unum 75 % bo'lgan sharoitda 36 g grafit bilan Kalsiy oksid aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilganda olingan mahsulotning suv bilan reaksiyasida hosil bo'lgan gazning hajmini (l) toping.
A) 5,6 B) 11,2 C) 28,7 D) 35,8
Tarkibida 75% CaCO3 bo'lgan 10 tonna ohaktoshdan qancha so'ndirilmagan ohak olinadi?
A) 4,4 B) 7,5 C) 5,5 D) 4,2
Tarkibida qo'shimchalarning massa ulushi 0,2 bo'lgan 200 g ohaktoshning yuqori temperaturada parchalanishidan qancha
massa (g) karbonat angidrid olish mumkin?
A) 18 B) 28 C) 70,4 D) 74,8
Tarkibida 80% sof AlCl3, bo'lgan texnik alyuminiy xlorid tarkibidagi xlorning massa ulushini (%) toping.
A) 63,82 B) 78,18 C) 80,2 D) 82,7
1 t suvsiz sulfat kislota olish uchun tarkibida 64% oltingugurt bo’lgan temir kolchedanidan qancha (kg) kerak? Ishlab chiqarishdaigi isrofgarchilikni 32% deb hisoblang.
A) 576 B) 752 C) 725,6 D) 763,8
17 g ammiak bilan 4,4 g karbanat angidridning yuqori bosim ostidagi reaksiyasi natijasida 2,7 g mahsulot hosil bo'lsa, reaksiyaning unumini hisoblang.
R.t.: NH3+CO2→(NH2)2CO+H2O
A) 90 B) 45 C) 87 D) 51
1,12 g temir va 0,65 g oltingugurt kukunlari orasidagi reaksiya natijasida olingan sulfid massasini (grammlarda) va ortib qolgan boshlang'ich modda massasining sulfidga nisbatan foiz miqdorini toping.
A) 1,76 g; 0,57%S B) 1,76 g; 0,57%Fe
C) 2,1 g; 1,7%S D) 2,1 g; 1,7%Fe
Katalizator ustidan 6,02·1024 molekula oltingugurt (IV)-oksid va 336 l kisloroddan iborat aralashma o'tkazilganda, 640g oltingugurt (VI)-oksid hosil bo'ladi. Reaksiyada ishtirok etmagan oltingugurt (IV)-oksidning molekulalar sonini va kislorodning massasinihisoblang.
A) 6,02·1024; 352 B) 1,2·1024; 352
C) 9,0·1023; 320 D) 3,01·1023; 64,4
0,2 mol vodorod bilan 0,3 mol ftor orasidagi reaksiya natijasida necha litr (n.sh.) vodorod florid hosil bo'ladi?
A) 8,96 B) 5,6 C) 11,2 D) 4,48
240 g natriy gidroksidning qaynoq eritmasidan 213 g xlor gazi o'tkazilsa, necha mol miqdorda natriy xlorat olinadi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
28 l ammiak va kislorod aralashmasi katalizator ishtirokida reaksiyaga kirishdi. Bunda 10 l kislorod ortib qoldi. Boshlang'ich aralashmadagi kislorodning hajmini (l) aniqlang.
A) 8,3 B) 14,4 C) 18,2 D) 20
5,6 gramm kalsiy oksiddan 6,4 gramm kalsiy karbid olingan bo'lsa, reaksiya natijasida necha litr uglerod (II)-oksid hosil bo'lganini aniqlang.
A) 22,4 B) 2,24 C) 4,48 D) 6,72
10,8 g suvga 2,3 g natriy ta'sir ettirish yo'li bilan hosil qilingan o'yuvchi natriy eritmasida natriy ishqorining har bir molekulasiga suvning necha molekulasi to'g'ri keladi?
A) 10 B) 6,02 C) 5 D) 11
Hajmi 10 l bo'lgan azot (II)-oksid 50 l havo bilan aralashtirildi. Azot (II)-oksid batamom azot (IV)-oksidga aylangandan keyin, azot (IV)-oksid kislorod va azotning hajmlarini (l) ko'rsating. R.t.: NO+O2→NO2
A) 1;1;4 B) 1;1,5:3 C) 1,5; 0,5:4 D) 10;5;40
130 g nitrat kislota bilan tarkibida 80 g o'yuvchi natriy bo'lgan eritmaning o'zaro ta'siri natijasida qaysi moddadan qancha (g)ortib qoladi?
A) HNO3; 2 B) HNO3; 4
C) NaOH; 6 D) NaOH; 8
6 g osh tuzining suvdagi eritmasiga 17 g kumush nitrat eritmasi qo'shilganda, qancha (g) kumush xlorid cho'kmasi hosil bo'ladi?
R.t.: NaCl+AgNO3→AgCl+NaNO3
A) 10 B) 12 C) 14,35 D) 16
Do'stlaringiz bilan baham: |