--8-dars. Atom tuzilishi va yadro reaksiyalari.
1-darajali savollar
Atom modellari haqida batafsil gapirib bering.
Bosh kvant son nimani ifodalaydi va qanday son qiymatlarini qabul qiladi?
Bosh kvant sonning son qiymatlari qanday harflar bilan ifodalanadi?
Bosh kvant son qiymati orqali pog`onadagi maksimal elektronlarni hisoblash formulasini yozing.
Bosh kvant son qiymati orqali pog`onadagi maksimal orbitallarni(yacheykalar) hisoblash formulasini yozing.
Orbital kvant son nimani ifodalaydi va qanday son qiymatlarni qabul qiladi?
Orbital kvant sonning son qiymatlari qanday harflar bilan ifodalanadi?
Orbital kvant son qiymati orqali pog`onachadagi maksimal elektronlarni hisoblash formulasini yozing.
Orbital kvant son qiymati orqali pog`onachadagi maksimal orbitallarni(yacheykalar) hisoblash formulasini yozing.
Magnit kvant son nimani ifodalaydi va qanday son qiymatlarini qabul qiladi?
Spin kvant son nimani ifodalaydi va qanday son qiymatlarini qabul qiladi?
Pauli prinsipi ta`rifi?
Hund qoidasi ta`rifi?
Klechkovskiy qoidasi ta`rifi?
Tartib nomeri 15 bo’lgan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing.
16. Tartib nomeri 17 bo’lgan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing.
17. Tartib nomeri 22 bo’lgan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing.
18. Tartib nomeri 23 bo’lgan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing.
19. Tartib nomeri 34 bo’lgan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing.
Elektron konfiguratsiyasi … 5s0 4d10 bilan tugaydigan elementni aniqlang.
Elektron konfiguratsiyasi … 5s2 4d2 bilan tugallangan element atomining yadro zaryadini aniqlang.
Elektron konfiguratsiyasi 3d10 4s1 bo’lgan element qaysi guruh va davrda joylashgan.
Elektron konfiguratsiyasi … 3d5 4s1 ko’rinishiga ega bo’lgan elementning tartib nomerini va guruh raqamini aniqlang.
Tartib raqami 28 bo’lgan elementning qisqartirilgan elektron formulasini toping.
Atomning M va N pog`onalarida ko`pi bilan nechta elektron bo`lishi mumkin?
Atomning L pog`onasida qaysi orbital(lar) uchraydi?
Mn(a), Mn+2(b) va Mn+4(c) atomining elektron konfiguratsiyasini ko`rsating.
Cr(a), Cr+2(b) va Cr+4(c) atomining elektron konfiguratsiyasini ko`rsating.
Fe(a), Fe+2(b) va Fe+3(c) atomining elektron konfiguratsiyasini ko`rsating.
Cu(a), Cu+(b), Cu+2(c) ionlarida 3d pog`onachasida nechtadan elektron borligini hisoblang.
Mn(a), Mn+2(b),Mn+4(c) ionlarida 3d pog`onachasidagi elektronlar sonini hisoblang.
4p3 oxirgi elektron uchun kvant sonlari qiymatini (n,l,m,s) aniqlang.
A) 4; 1; -1; -1/2; B) 4; 1; +1; +1/2; C) 4; 2; +1; -1/2; D) 4; 1; +1; -1/2.
…3d6 oxirgi elektron uchun kvant sonlari qiymatini (n,l,m,s) aniqlang.
…4f9 oxirgi elektron uchun kvant sonlari qiymatini (n,l,m,s) aniqlang.
5s2 elektron uchun kvant sonlari qiymatini (n,l,m,s) aniqlang.
Elementning kvant sonlari quyidagicha tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini toping: n=4; l=2; ml=-1; ms=+1/2
Elementning kvant sonlari quyidagicha tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini toping: n=3; l=1; ml=-1; ms=-1/2
Elementning kvant sonlari quyidagicha tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini toping: n=4; l=3; ml=0; ms=+1/2
Elementning kvant sonlari quyidagicha tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini toping: n=3; l=2; ml=-1; ms=-1/2
4p2 va 4p5 oxirgi elektronlari bir-biridan qaysi kvant sonlari bo`yicha farq qiladi?
3d2va 3d8 oxirgi elektronlari bir-biridan qaysi kvant sonlari bo`yicha farq qiladi?
4p1 va 4p3 oxirgi elektronlari bir-biridan qaysi kvant sonlari bo`yicha farq qiladi?
Bir-biridan oxirgi elektroni faqat spin kvant soni hisobiga farq qiluvchi orbitallarni ko`rsating?
1) 2p
1 va 2p
2 2) 2p
1 va 2p
4 3) 2p
1 va 3p
1 4) 2p
1 va 2s
1
Bir-biridan oxirgi elektroni faqat magnit kvant soni hisobiga farq qiluvchi orbitallarni ko`rsating?
1) 2p
1 va 2p
2 2) 2p
1 va 2p
4 3) 2p
1 va 3p
1 4) 2p
1 va 2s
1
Bir-biridan oxirgi elektroni to`rtala kvant soni hisobiga farq qiluvchi orbitallarni ko`rsating?
1) 3p1 va 2s2 2) 4p1 va 3d4 3) 3p3 va 4d9 4) 2p1 va 3d8
Quyidagi orbitallarni to`lib borish tartibida joylashtiring:, 6p, 6s, 5d, 4f, 5p.
3p va 4s orbitallardan qaysi biri birinchi bo`lib to`ladi?
4s va 3d orbitallardan qaysi biri birinchi bo`lib to`ladi?
6s va 4f orbitallardan qaysi biri birinchi bo`lib to`ladi?
6p orbitaldan oldin(a) va keyin(b) qaysi orbital elektron bilan to`ladi?
5d orbitaldan oldin(a) va keyin(b) qaysi orbital elektron bilan to`ladi?
4f orbitaldan oldin(a) va keyin(b) qaysi orbital elektron bilan to`ladi?