8-dars. Aka-uka Grimmlar. “Botir tikuvchi” ertagi
Аka-uka Grimmlar
Hayoti:
Yakob Grimm 1785-1863 yillarda yashab ijod qildi.
Vilgelm Grimm 1786-1859-yillar oralig’ida yashab o’tdi.
Germaniyaning Magdeburg universitetida o‘qib yurgan chog‘laridayoq o‘rta asr
olmon tarixi va madaniyati, xalq og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan jiddiy shug‘ullanganlar. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo‘ldilar.
Olmon xalq og‘zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Grimmlar ertaklarning ko‘pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib olardilar.
Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, yana xalqqa qaytarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |