8-Amaliy mashg’ulot



Download 154,17 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi154,17 Kb.
#925314
Bog'liq
8.Amaliy mashg\'ulot.

8-Amaliy mashg’ulot.


Mavzu: TMNda mantiqiy, funksional va fizikaviy arxitekturalarni modellashtirish.


Ishdan maqsad: TMNda mantiqiy, funksional va fizikaviy arxitekturalarni modellashtirishni o‘rganish


Nazariy qism.TMNning maqsadi operator kompaniyalarga o‘zlarining elektraloqa tizimlarini boshqarishlarida ko‘mak berishdan iborat. 4.1- rasmda TMN va elektraloqa tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ko‘rsatilgan.

4.1- rasm. Boshqaruv tizimi va aloqa tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro munosabat

TMNning funksional qurilishi funksional bloklar (FB) vositasida bayon etiladi. Ular orasidan quyidagi FBlar asosiylari hisoblanadi: NEF (Network Element Function) tarmoq elementi uchun, OSF (Operations System Function) operatsiya tizimi uchun, WSF (Work Station Function) ishchi stansiyasi uchun, MF (Mediation Function) mediatori va QAF (Q-Adapter Function) Q-adapteri uchun. NEF tarmoq erkin elementining boshqarilishi kerak bo‘lgan modeli hisoblanadi. OSF TMNning boshqaruvchi axborotni qayta ishlash, saqlash va izlash borasidagi vazifalari bajarilishini ta’minlaydi. Ushbu FBlar TMNning yadrosini tashkil etadi. WSF boshqaruv tizimi va inson-operator o‘rtasida inson-mashina interfeysini tashkil qiladi. MF esa NEF va OSF orasida o‘tayotgan axborotga ishlov beradi. QAFlar TMNda nazarda tutilmagan interfeyslarga ega bo‘lgan tarmoq elementlari yoki operatsiya tizimlari bilan o‘zaro munosabat uchun mo‘ljallangan. Iyerarxiyadan kelib chiqib, OSF FBlarining to‘rtta darajasi belgilanadi: elementlarni boshqarish (NE-OSF), tarmoqni boshqarish (N-OSF), xizmat ko‘rsatishni boshqarish (S-OSF) va ma’muriy boshqaruv (B-OSF). FBlar orasida turli shakldagi etalon nuqtalari bo‘lib, q, f va x ularning eng muhimlari sanaladi. q3 etalon nuqtasi – aralash darajadagi OSF hamda OSF va MF, NEF yoki QAF o‘rtasida; qx etalon nuqtasi – ikkita MF hamda MF va NEF yoki QAF o‘rtasida; f etalon nuqtasi – WSF va OSF yoki MF o‘rtasida; x etalon nuqtasi – turli tizimlarga mansub OSF o‘rtasida.





4.2- rasm. Operatsiya tizimlarining funksional iyerarxiyasi





4.3- rasm.TMNning soddalashtirilgan funksional qurilishi

TMNning soddalashtirilgan fizik qurilishi 4.5- rasmda ko‘rsatilgan. U yuqorida sanab o‘tilgan FBlarning fizik amalga oshirilishi bo‘lgan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olgan. TMN fizik tarkibiy qismlari ichida bir nechta FB amalga oshirilishi mumkin. Tegishli imkoniyatlar 4.1- jadvalda keltirilgan. Fizik tarkibiy qism nomining tanlanishi uning qanchalik ko‘p qo‘llanilishiga qarab belgilanadi.


4.1- jadval

Jumladan, ma’lumotlarni oraliq qayta ishlash va saqlash hamda protokollarni qayta o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan mediatorlar zaruriy tarkibiy qism hisoblanmaydi, chunki ularning funksiyalari bevosita tarmoq elementlarida bajarilishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan etalon nuqtalarining har biri fizik jihatdan, xuddi o‘shanday, faqat bosh harf bilan belgilanadigan tegishli interfeys tarzida amalga oshiriladi. F interfeysi ishchi stansiyani operatsiya tizimlari va mediatorlar bilan aloqasi uchun xizmat qiladi. X interfeysi TMNning turli tizimlaridagi operatsion tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat uchun mo‘ljallangan.





4.5- rasm. TMNning soddalashtirilgan fizik qurilishi


Q interfeyslari tarmoq elementlari, operatsion tizimlari, mediatorlar va Q-adapterlarning ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali o‘zaro munosabatini ta’minlaydi. Q3 interfeysi TMNda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, operatsion tizimlarining ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, mediatorlar, Q-adapterlar va tarmoq elementlarining mediatorning ichiga o‘rnatilgan funksiyalari bilan ulanishi uchun xizmat qiladi. Qx interfeysi tarmoq elementlari va Q-adapterlarning mediatorga ulanishi uchun ishlatiladi. TMNning bugungi kundagi eng o‘rganib chiqilgan interfeysi Q3 bo‘lib, uning protokollari profillari Q.811 va Q.812 tavsiyalarida belgilab berilgan. Q.811 tavsiyalari quyi (1 dan 3 gacha), Q.812 – yuqori (4 dan 7 gacha) protokollarini belgilab beradi. Quyi darajadagi protokollarning 7 xil varianti bo‘lishi mumkin. Ular ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i qanday tashkil etilgani, qanday ish tartibi qo‘llanilayotgani bilan farqlanadi. Mazkur profillar Qx interfeysi uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, Q.773 tavsiyalarida ikkita qisqartirilgan profil berilgan bo‘lib, unda 4 dan 6 gacha daraja mavjud emas. Ma’lumotlarni uzatish uchun X.25 protokoli bo‘yicha paketlar kommutatsiya qilinadigan tarmoq, Ethernet tipidagi lokal tarmoq, 7-raqamli signalizatsiya tizimining umumiy kanallari, X.31 bo‘yicha ISDN paket turidagi xizmatlar qo‘llanilishi mumkin. 7- amaliy darajadagi barcha profillarda qo‘llaniladigan protokollar sirasiga CMIP va FTAM (File Transfer, Access and Management) kiradi. TMN tizimi yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lishi kerak. Odatda, u loyihalashtirilayotganda ishlamay qolishga chidamlilikni ta’minlash talabi qo‘yiladi. Buning ma’nosi shuki, tizimda ozgina nosozlik bo‘lganda u boshqaruvning muhim xabarlarini uzatish imkoniyatini yo‘qqa chiqarmasligi kerak. Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idagi ortiqcha yuklamalar boshqaruv xabarnomalarini to‘sib qo‘ymasligi yoki uzoq vaqt ushlab qolmasligi uchun zarur choralar ko‘rilishi kerak.


Nazorat savollari

1. TMN nima?


2. Boshqarilishida TMN qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar va apparaturalarning asosiy turlariga misollar keltiring. 3.TMNning funksional modeli haqida gapirib bering. 4.TMNning axborot modeli haqida gapirib bering. 5..TMNning fizik modeli haqida gapirib bering.
Download 154,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish