Tuxum mahsulotlari
Muzlatilgan tuxum mahsulotlariga tuxum melanji (oqi bilan sarig’ining
aralashmasi),
muzlatilgan oq qismi va muzlatilgan sariq qismlari kiradi. Bu tuxum
mahsulotlarini
ishlab chiqarish uchun birinchi va ikkinchi kategoriyadan past
bo’lmagan oshxonabop
tuxumlar ishlatiladi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlari olish uchun ohak
eritmasida
saqlangan va biror nuqsonga ega bo’lgan tuxumlar ishlatilmaydi.
Muzlatilgan tuxum melanjini olish uchun tuxum saralanadi, dezinfeksiya
qilinadi,
sindiriladi. Oqi va sarig’i aralashtiriladi, suzgichdan o’tkaziladi, 62-650
S da
pasterizasiya qilinadi va sovutiladi. So’ngra tayyor massa oq tunuka
bankalarga
joylanib –18÷-200 S da banka ichidagi harorat –60 S bo’lguncha
muzlatiladi. Melanj
faqat umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladi, sotuvga
chiqarilmaydi.
Melanjning harorati –60 S dan yuqori bo’lmasligi keraq Tuxumlarning
oq va sariq
qismlarining tarkibi deyarlik o’zgarmaydi. Lekin, oqlik qismi muzdan
tushirilganda
oqsil o’ziga suvni singdirish qobiliyatini yo’qotganligi sababli suyuq
konsistensiyani
beradi. Juda ham past haroratda muzlatilganda esa, sariq qismi
jelatinsimon
konsistensiyaga o’tib, qaytarilmaydigan qattiq konsistensiyani egallaydi.
Muzlatilgan melanj zarg’aldoq rangli, muzdan tushirilgandan so’ngra
esa rangi oqsariqdan to och-pushti rangacha bo’ladi. Konsistensiyasi
muzlagan holda qattiq,
muzdan tushirilgandan keyin esa suyuq holatda bo’ladi.
Tuxumning aralashma-talqoni och-sariq rangli. Hamma qismlarida bir
jinsli, tuxum
talqonining rangi och-sariq, butun massasi bir xil, konsistensiyasi
kukunsimon, ta`mi
va hidi quritilgan tuxumga xos, begona hidlarsiz va ta`mlarsiz bo’lishi
keraq Namiqqan,
sirti shilimshiqlangan, mog’orlagan, begona ta`m va hidlarga ega
bo’lgan, rangi
butunlay o’zgargan tuxum talqonlarini sotishga ruxsat etilmaydi.
Tuxum talqonining sifatini aniqlashda ularning suvda eruvchanligi
muhim ko’rsatkich
hisoblanadi. Changlatish usuli bilan olingan oliy navli tuxum
talqonining eruvchanligi
85 % dan, birinchi naviniki esa 70 % dan kam bo’lmasligi keraq
Plyonka usuli bilan
quritilgan tuxum kukunining oliy navida bu ko’rsatkich80 % dan,
birinchi navida esa
60 % dan kam bo’lmasligi me`yoriy xujjatlarda qayd etilgan.
Changlatish usuli bilan olingan tuxum talqonining namligi 9 % dan,
nordonligi esa oliy
navida 100 T dan, birinchi navida esa 160 T dan ortiq bo’lmasligi keraq
Oqsil moddalar
miqdori esa quruq moddaga hisoblanganda 45 % dan, yog’lar esa 35 %
dan kam
bo’lmasligi ko’rsatilgan.
Shuningdeq quruq quymoqlar ham ishlab chiqariladi. Ularning tuxum
talqonidan farqi
shundaki, qaymoqlar olishda tuxumga tabiiy sut yoki yog’i olingan sut
qo’shiladi.
Tuxum talqoni 100 va 200 g briket holida faner barabanlarga 50 kg
gacha, germetik oq
tunuka bankalarga 10 kg gacha qilib joylanadi.
Tuxum talqonining kafolatlangan saqlash muddati 100 S dan –20 S
gacha havoning
nisbiy namligi 65-70 % bo’lgan sharoitda germetik bo’lmagan idishlarda
6 oygacha,
germetik idishlarda esa 12 oygacha qilib belgilanadi.